Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan Behzod Musayevning birinchi buyrug‘i avvalgi vazir qo‘llagan intizomiy jazo choralarini olib tashlash haqida bo‘ldi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Behzod Musayev 11-noyabrda imzolagan buyruqda “shu kungacha sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan qo‘llangan barcha intizomiy jazo choralari muddatidan ilgari olib tashlansin” deyilgan.

Foto: “Xabar.uz”

Foto: “Xabar.uz”

11-noyabr kuni sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev lavozimidan ozod etilgani va u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga o‘tishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyulida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda davolangan vaqtida Behzod Musayevga uning vazifasini bajarish yuklatilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...