• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashabbusi bilan tadbir Istanbuldan janubi-sharqda joylashgan hamda Turkiya uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Demokratiya va erkinlik orolida bo‘lib o‘tdi.

    Kengash majlisida, shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qatnashdi.

    Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqining avvalida O‘zbekiston Turkiy Kengash nomini “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb o‘zgartirish hamda Turkmanistonga tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi tarixiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu muhim qadamlar tashkilot faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, uning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini oshirishi qayd etildi.

    Hozirgi vaqtda dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlar, turli tahdid va xatarlar, pandemiya sinovlari, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va ekologiya bilan bog‘liq muammolar tashkilotga a’zo davlatlar oldiga yangi dolzarb vazifalarni qo‘yayotgani ta’kidlandi.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbari mamlakatlar hamkorligining ulkan salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va tashkilotni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari kengayishi uchun qulay va jozibador sharoitlar yaratish bosh ustuvor vazifa ekani ko‘rsatib o‘tildi.

    Oxirgi yillarda O‘zbekistonning qardosh mamlakatlar bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshgani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Tahlillarga ko‘ra, 2020-yilda Kengashga a’zo davlatlarning jami importi 420 milliard dollarga teng bo‘lgan, ular o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot yetkazib berish hajmi esa 21 milliard dollarni tashkil etgan.

    Shu bois, uchinchi davlatlarning mahsulotlarini tashkilotga a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar hisobidan qoplash eng dolzarb vazifa ekani qayd etildi.

    Bu borada mavjud imkoniyatlarni har tomonlama o‘rganish maqsadida Turkiy davlatlar savdo hamkorligi tadqiqot markazini tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu markaz savdo to‘siqlarini bartaraf etish, elektron tijoratni keng joriy qilish, eksport-import hajmini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti transport va tranzit sohalarini rivojlantirish hamkorlikning muhim yo‘nalishi ekani, Tashkilotdagi mamlakatlarning savdo-iqtisodiy sherikligi kengayishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Bugungi vaziyat Xitoydan Yevropagacha mamlakatlar hududlari orqali o‘tgan transqit’aviy transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish va yangilarini yaratishni taqozo etmoqda.

    Bu borada tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Turkiy davlatlar tashkilotining transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik dasturi”ni ishlab chiqish taklif qilindi.

    Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga chaqirdi. Bu borada qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun a’zo davlatlardagi ixtisoslashgan tashkilotlar negizida Injiniring va texnologiyalar markazlari tashkil etish taklifi bildirildi. Kelgusi yili O‘zbekiston Turkiy davlatlar sanoat haftaligini o‘tkazishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

    Kengashning mazkur sammiti uchun “Raqamli asrda yashil texnologiyalar va ‘aqlli’ shaharlar” mavzusi tanlanganini hisobga olib, Prezidentimiz “aqlli” shaharlarni yaratishda tajriba almashish va innovatsiyalarni transfer qilish maqsadida ekspertlar va IT-mutaxassislar uchun doimiy platformani tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Bu borada ilk qadam sifatida 2022-yilda ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi, uning Tashkilot mamlakatlariga ta’sirini yumshatish masalasi va Orol dengizining qurishi keltirib chiqarayotgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. Ekologik halokatlarning salbiy oqibatlarini yumshatish, ular tarqalishining oldini olish uchun Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha tuzilmasini tuzish, uning qarorgohini esa Orolbo‘yining ekologik fojiadan eng ko‘p jabr ko‘rgan tumanlaridan birida joylashtirish g‘oyasini ilgari surdi.

    O‘zbekiston Prezidenti turizmni rivojlantirish mavzusiga alohida urg‘u berib, “Turkiy dunyo turizmi” va “Tabarruk ziyorat” loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va etnosport musobaqalarini o‘tkazish, madaniy meros obyektlarini saqlash va tiklash masalalari, sohadagi hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini qamrab olgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif qildi.

    Davlat rahbari bu galgi sammit davomida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirib, tashkilotga a’zo mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq va tarjima qilish, ularning yagona elektron bazasini yaratish muhimligini ta’kidladi.

    Birgina O‘zbekiston fondlarida tashkilot mamlakatlarining mushtarak tarixi va madaniyatiga aloqador 200 mingdan ortiq noyob qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Shu munosabat bilan Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o‘rganish tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi.

    Yoshlar tashkilotga a’zo mamlakatlar aholisining katta qismini tashkil etayotgani, yosh avlodning xalqlarimiz hayoti va taqdiridagi, o‘zaro munosabatlarimiz rivojidagi o‘rni tobora ortib borayotgani qayd etildi.

    O‘zbekiston yetakchisi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kreativ g‘oya va loyihalarini rag‘batlantirish, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan ta’sirlardan asrab-avaylash barchamizning asosiy vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

    Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Uning doirasida birgalikda aniq chora-tadbirlardan iborat qo‘shma dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish, mazkur masalani navbatdagi sammit kun tartibining asosiy mavzusi etib belgilash taklif etildi.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida barchaning e’tibori markazida turgan Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyatga to‘xtaldi.

    “Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir.

    Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammit yakunida tashkilotga raislik Ozarbayjonga o‘tishi va Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi.

    Davlat rahbarlari 10 dan ortiq hujjat, sammitning yakuniy deklaratsiyasini, “Turkiy dunyo nigohi – 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boshqa qarorlarni imzoladilar.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun Istanbul shahriga keldi. U yerda davlat rahbari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi.

    Shuningdek, Prezident 12-noyabr kuni Istanbulda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan har ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Muloqotda Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

    Bundan tashqari, bugun sammit doirasida Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.

    12.11.2021, 22:13   Izoh (0)   26246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mufasa” nomi bilan tanilgan bloger unga turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan jurnalist ayolga kislota sepib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

    12.11.2021, 21:58

    Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak, ikki xotinining qotiliga aylandi. So‘nggi qotillik haqida erkakning 15 yoshli qizi xabar berdi

    12.11.2021, 21:27

    Foto: Prezident topshirig‘iga ko‘ra daraxt ekayotgan farg‘onalik hokimlar

    12.11.2021, 21:10

    Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartiriladi

    12.11.2021, 20:57

    O‘zbekistonda 2022-yilda Turkiy davlatlar sanoat haftaligi o‘tkaziladi

    12.11.2021, 20:26

    “Afg‘onistonni terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41

    Xitoy ko‘prik qurish uchun tog‘ni ikkiga bo‘ldi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 14:32

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.