• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Foto: Prezident topshirig‘iga ko‘ra daraxt ekayotgan farg‘onalik hokimlar

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

    Shuningdek, bundan buyon ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari mas’ul bo‘lishi ta’kidlanib, 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga hokimlar bilan birga, har bir hududning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni ko‘paytirish va yetkazib berish vazifasi qo‘yilgan edi.

    Yig‘ilishda, shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘onada 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda esa 14 million tupdan ko‘chat ekilishi aytilgan.

    Shundan so‘ng, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi “Dolzarb 40 kunlik” doirasida O‘zbekiston viloyatlarida qaysi turdagi daraxtlar ekilishi bo‘yicha ma’lumot bergan. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston hududlarida ekish uchun kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavloniya, terak, akatsiya, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, qrim qarag‘ayi va virgin archasi kabi 27 turdagi daraxt ko‘chatlari taklif etilgan.

    9-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

    Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” dasturi bo‘yicha ko‘chat ekish ishlari haligacha boshlanmagani uchun 12 ta tuman hokimi – Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Do‘stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G‘uzor, Kitob tumanlari hokimlari qat’iy ogohlantirilganini ma’lum qilgan.

    Daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinishi munosabati bilan “Daryo” Farg‘ona viloyatidagi shahar-tumanlar hokimlari tomonidan qanday ko‘chatlar ekilgani haqida ma’lumot to‘pladi.

    Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov

    Qo‘qon hokimi Ma’rufjon Usmonov 3-noyabr kuni shaharning Turkiston ko‘chasi va Furqat bog‘ida o‘tkazilgan ommaviy ko‘kalamzorlashtirish tadbirida kashtan va lola daraxtlarini ekkan.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida kuz va bahor mavsumlarida kashtan, lola, lipa, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavlovniya, terak, zarang kabi 1 million tupdan ziyod daraxt ekilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar 32 ming tup ko‘chat ekilgan.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizbek Ermatov

    Ta’kidlanishicha, Qo‘qon shahrida 3 ming yildan ziyod umr ko‘radigan sekvoya ko‘chatlari ham ekiladi. Buning uchun O‘rda maydonida maxsus yer maydoni ajratiladi. Sekvoya ko‘chatlarini keltirishga hissa qo‘shganlarning ismi daraxtlarga yozib qo‘yiladi.

    Marg‘ilon shahar hokimi Adhamjon Ziyavitdinov

    Marg‘ilon hokimi Adhamjon Ziyavitdinov 4-noyabr kuni shahar markazidagi Davlat soliq inspeksiyasi binosi oldidagi maydonda kashtan va virgin archasini ekkan.

    Foto: Abdumannop Erkinov

    Foto: Abdumannop Erkinov

    Foto: Abdumannop Erkinov

    Foto: Abdumannop Erkinov

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining ma’lum qilishicha, shaharda kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavloniya kabi 750 ming tupdan ortiq daraxt ekilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha 31 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgan.

    O‘zbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yuldashev

    O‘zbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yuldashev 3-noyabr kuni “Kichik Oqmachit” mahallasida yo‘l bo‘yi va aholi xonadonlarida virgin archasi hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekkan.

    Foto: Dilshodjon Jabborov

    Foto: Dilshodjon Jabborov

    Foto: Dilshodjon Jabborov

    Foto: Dilshodjon Jabborov

    Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz-qish mavsumida 236 ming tup, 2022-yilning bahor oylarida esa 394 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtga qadar 34 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekilgan.

    Dang‘ara tumani hokimi Shuhratjon Tojihakimov

    Dang‘ara hokimi Shuhratjon Tojihakimov 5-noyabr kuni tuman markazidagi Sanoat ko‘chasida yapon saforasi va pavloniya daraxtlarini ekkan.

    Foto: Umidjon Usmonov

    Foto: Umidjon Usmonov

    Foto: Umidjon Usmonov

    Foto: Umidjon Usmonov

    Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 663 ming tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Shu kunga qadar 32 ming tupdan ortiq pavloniya, kashtan, virgin archasi, tut kabi daraxt ko‘chatlari ekilgan.

    Quva tumani hokimi Halimjon Umarov

    Quva tumani hokimi Halimjon Umarov 3-noyabr kuni Ahmad Farg‘oniy majmuasida mushmula va virgin archasi ekkan.

    Foto: To‘lanboy Holmatov

    Foto: To‘lanboy Holmatov

    Foto: To‘lanboy Holmatov

    Foto: To‘lanboy Holmatov

    Ma’lum qilinishicha, Quva tumanida har yili o‘rtacha 50 milliondan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari yetishtiriladi. Joriy yil kuz va 2022-yil bahor oylarida tumanda 1 million tup mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 200 ming tupga yaqin ko‘chat ekilgan.

    So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev

    So‘x hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 6-noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasi hududida “yashil makon” tashkil etish ishlarida qatnashgan. Tuman hokimi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan virgin archalarini ekkan.

    Foto: Anvarjon Jo‘rayev

    Foto: Anvarjon Jo‘rayev

    Foto: Anvarjon Jo‘rayev

    Foto: Anvarjon Jo‘rayev

    Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida 220 ming tup, 2022-yilning bahor oylarida esa 400 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtga qadar 31 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekilgan.

    Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliyev

    Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 3-noyabr kuni “Farovon” mahallasida pavloniya va virgin archalarini ekkan.

    Foto: Botirjon Shokirov

    Foto: Botirjon Shokirov

    Foto: Botirjon Shokirov

    Foto: Botirjon Shokirov

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining ma’lum qilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda joriy yil kuz-qish mavsumida 191 ming tupdan ziyod, 2022-yilning bahor mavsumida esa 220 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar 34 ming tupdan ziyod daraxt ekilgan.

    Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Navikov

    Qo‘shtepa hokimi Ilyos Navikov 4-noyabr kuni tuman markazidagi Baxmal ko‘chasida virgin archasi va mevali daraxtlar ekkan.

    Foto: Yorqinoy Qosimova

    Foto: Yorqinoy Qosimova

    Foto: Yorqinoy Qosimova

    Foto: Yorqinoy Qosimova

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining ma’lum qilishicha, tumanda kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, qayrag‘och, pavloniya tut kabi 636 ming tupdan ortiq daraxt ekilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha 41 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgan.

    Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minov

    Foto: Farg‘ona tumani hokimligi

    Foto: Farg‘ona tumani hokimligi

    Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minov 10-noyabr kuni bodom ko‘chati ekkan. Tumanda daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik”da 945 ming tup mevali va manzarali daraxt ekilishi rejalashtirilib, ayni vaqtga qadar 41 ming tup ko‘chat ekib bo‘lingan.

    Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov

    Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov 4-noyabr kuni Davlat soliq inspeksiyasi binosi oldidagi maydonda virgin archasi va pavloniya daraxti ekkan.

    Foto: Yozyovon tumani hokimligi

    Foto: Yozyovon tumani hokimligi

    Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov

    Oltiariq hokimi Xolmirza Niyozov 3-noyabr kuni tuman markazidagi O‘zbekiston ko‘chasida virgin archasi va yapon saforasi ekkan.

    Foto: Faxriddin Mahmudov

    Foto: Faxriddin Mahmudov

    Foto: Faxriddin Mahmudov

    Foto: Faxriddin Mahmudov

    Tumanda daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik”da 723 ming tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilib, ayni vaqtga qadar 31 ming tupi ekib bo‘lingan.

    Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov

    Furqat hokimi Jahongir Jumanov 5-noyabr kuni tuman markazidagi kichik xiyobonda virgin archasini ekkan.

    Foto: Furqat tumani

    Foto: Furqat tumani

    Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumida 15 million 291 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir:

    • “Shuncha yil ‘qog‘ozda’ ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi” — Shavkat Mirziyoyev
    • Ekoqo‘mita 10-dekabrgacha O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab qaysi turdagi daraxtlar ekilishi bo‘yicha ma’lumot berdi
    • “Changli ob-havo ‘Yashil makon’ dasturi qanchalik to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2021, 21:10   Izoh (0)   46178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartiriladi

    12.11.2021, 20:57

    O‘zbekistonda 2022-yilda Turkiy davlatlar sanoat haftaligi o‘tkaziladi

    12.11.2021, 20:26

    “Afg‘onistonni terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2021, 20:11

    O‘rta Chirchiqdagi bog‘chalarning xodimlariga oktabr oyi uchun to‘lanmagan ish haqi undirib berildi

    12.11.2021, 19:56

    Turkiyada “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi

    12.11.2021, 19:30

    O‘zbekistonda Damas sotib olish uchun navbatda turganlar 26 ming kishidan oshdi

    12.11.2021, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.