Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida chorva mollarini talon-toroj qilgan sobiq MChJ direktorining kirdikorlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston qorako‘lchilik” MChJning Mirishkor tuman filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida MChJning sobiq rahbari Ch.X. o‘zining javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 604,7 million so‘mlik jami 2 429 bosh mayda shohli mollarni sotib yuborib, sotuvdan tushgan mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)