So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    AQShda afg‘on qochoqlari hujjatlarni taqdim etishdagi bojlarni to‘lashdan ozod etiladi

    09.11.2021, 13:42 8536

    AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi prezident Jo Baydenning administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan qochoqlar immigratsion hujjatlarni rasmiylashtirishda to‘lanadigan to‘lovlardan ozod etilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

    Foto: “Ridus.ru”

    Foto: “Ridus.ru”

    “Vazirlik 2021-yilning 30-iyulidan boshlab o‘tkazilgan gumanitar yordamlar sabab AQShga kirishiga ruxsat etilgan Afg‘oniston fuqarolariga immigratsion hujjatlarni olishda to‘lanadigan bojdan ozod etishini va ushbu jarayon soddalashtirilishini e’lon qiladi”, — deyiladi idora bayonotida.

    Unda ko‘rsatilishicha, qochoqlardan ishga joylashishda ariza taqdim etishda, shuningdek, grin-kartani — AQShda muqim yashash huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani olishda to‘lanadigan to‘lovlar undirilmaydi. ABC telekanalining ta’kidlashicha, hozirda yuqoridagi xizmatning birinchisi uchun 410 dollar miqdorida boj solingan, ikkinchisi uchun esa to‘lov 1225 dollargacha yetishi mumkin.

    The Washington Post gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, 17-avgustdan boshlab Qo‘shma Shtatlarga o‘z vaqtida Amerika qo‘shinlariga turli yordamlarni ko‘rsatgan 60 mingdan ortiq afg‘on evakuatsiya qilingan. 7-oktabr kuni Pentagon AQSh hukumati Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishni qayta yo‘lga qo‘yganini ma’lum qilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqa boshlagach, “Tolibon” respublikada keng ko‘lamli hujumlar boshladi. “Tolibon” Afg‘onistonda kuchayib borayotganiga qaramay, Jo Bayden mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqish rejasini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi.

    15-avgust kuni “Tolibon” jangarilari Kobulga kirdi va Afg‘onistonning butun hududini nazorat ostiga olganini e’lon qildi. Shu kuniyoq mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. Afg‘oniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi, aholidan qurol-yarog‘lar musodara qilindi.

    Keyinroq Bayden Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan nutq so‘zlab, Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi qaroridan afsuslanmasligini aytdi. “Biz afg‘onlarga o‘z kelajagini qurishi uchun hamma narsani berdik. Ammo ushbu kelajak uchun kurashish istagini bera olmaymiz”, — dedi Bayden.

    Mavzuga doir:

    • Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish jarayoni — suratlarda
    • “Tolibon” ta’qibidan qochib pushtunlarning haqoratlariga duchor bo‘layotgan Afg‘onistondan AQShga evakuatsiya qilingan qiz hikoyasi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sizlarning sa’y-harakatlaringiz bilan qadimiy an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek dehqonchilik maktabi rivojlanmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    Bugun, 20:18

    Polsha Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi — Senat

    Bugun, 19:55

    Toshkent xalqaro aeroportida qurilish va ​​rekonstruksiya ishlari boshlandi (foto)

    Bugun, 19:14

    Farg‘onada fuqaroning xonadonidan 79,2 ming dona pirotexnika vositalari topildi

    Bugun, 18:55

    “AQSH bilan adolatli dunyo qurib bo‘lmaydi” — Erdo‘g‘on

    Bugun, 18:30

    Andijonda 2,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

    Bugun, 18:10

    Karlo Anchelotti Vinisius va Kamavinganing qachon safga qaytishini aytib o‘tdi

    Bugun, 17:56

    Mao Szedun imzosi tushirilgan menyu chorak million dollarga sotildi

    Bugun, 17:50

    O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mas’ullari siyosiy muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishni muhokama qildi

    Bugun, 17:30

    Yelena Zelenskaya: “Agar dunyo Ukrainaga yordam berishdan charchasa, biz o‘limga mahkummiz”

    Bugun, 17:15

    Tavsiya etamiz

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi. Adliyaning viloyatdagi mas’ullari bunga FHDYO xodimlari aybdor demoqda

    13:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.