• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ekologik tahdidlar bilan kelajakda ko‘p yuzlashamiz” — mutaxassislar O‘zbekistonda havo ifloslanishining sabab va oqibatlari haqida

    Sirdaryo viloyatida 4-noyabr, payshanba kuni boshlangan chang bo‘roni shu kunning o‘zida kechga borib Toshkentga yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi, mashinalar harakati sekinlashdi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilgani qayd etildi. So‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmagani aytildi. Mazkur tabiat hodisasi O‘zbekiston ham iqlim o‘zgarishi ta’siridan xoli hudud emasligini isbotladi. “Daryo” muxbiri mamlakatda havo ifloslanishining sabablari, oqibatlari va oldini olish choralari yuzasidan mutaxassislar fikriga qiziqdi.

    Yiliga 2 million tonna zararli moddalar

    Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi sanoat korxonalarida olti mingdan ortiq chang-gaz tozalash uskunalari mavjud. Shundan 60 foizdan ortig‘i 10 yildan ziyod muddatda foydalanishda bo‘lib, hozirgi kunda ular har tomonlama eskirgan. Uskunalarning eskirish ko‘rsatkichi, ayniqsa, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida juda yuqori bo‘lib turibdi.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Odilbek Kamilbekovning qayd etishicha, respublikada hozirda atmosfera havosini ifloslantiruvchi yirik korxonalar soni 1 ming 339 tani tashkil etadi.

    “Yurtimizdagi mavjud korxona va tashkilotlarda yiliga salkam 6,5 million tonna tashlanmalar hosil bo‘ladi. Uning 5,6 million tonnasi chang-tozalash uskunalariga yo‘naltiriladi. Shundan 5,5 million tonnasi ushlab qolinadi va zararsizlantiriladi. Ulardan 4,6 million tonnasi utilizatsiya qilinadi.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Odilbek Kamilbekov

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Odilbek Kamilbekov
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    2020-yil hisobotiga ko‘ra, atmosferaga tashlanmalar Toshkent (642,4 ming tonna), Qashqadaryo (212,6 ming tonna), Farg‘ona (161,0 ming tonna) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (324,2 ming tonna) yuqoriligicha qolmoqda.

    Bundan tashqari, har yili 2 million tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar: qattiq hamda gazsimon va suyuq moddalar atmosferaga tarqaladi. Jami zararli moddalarning 55–60 foizi yoki 1,3 million tonnasi avtotransport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Shuni alohida qayd etish kerakki, transport vositalari dvigatellarining chiqindi gazlarida suv bug‘laridan tashqari 200 dan ortiq kimyoviy birikma va elementlar topilgan.

    Qisqa qilib aytganda, ifloslantiruvchi moddalarning yuqoriligi sababi — ishlab chiqarishning o‘sishi hamda sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarining ma’nan eskirganligidadir”, — deydi Odilbek Kamilbekov.

    “Atmosferadagi 12 ta modda nazorat qilinadi”

    Gidrometeorologiya xizmati markazi meteorologi Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 25 ta shahardagi 65 ta statsionar kuzatuv punktlarida amalga oshiriladi.

    Atmosfera ifloslanishini avtomatik kuzatish stansiyasi

    Atmosfera ifloslanishini avtomatik kuzatish stansiyasi
    Foto: “O‘zgidromet” axborot xizmati

    “Aholi zich va sanoat korxonalari ko‘p hududlarda kuzatuv punktlari tashkil qilinadi. Toshkent shahrida atmosfera havosi kuzatuvlari shaharning 8 ta tumanida joylashgan 13 ta kuzatuv punktida olib boriladi. Shahar xususiyatlarini e’tiborga olib, havo ifloslanishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida bu punktlar turli funksional zonalarda, ya’ni turar joy, sanoat, avtomobil yo‘llari oldida joylashgan.

    Respublikadagi barcha mavjud statsionar kuzatuv punktlarida yakshanbadan tashqari har kuni soat 7:00, 13:00, 19:00 da havo namunalari olinadi.

    Kuzatuv punktlarida xalqaro talablar bo‘yicha atmosfera havosidagi 12 ta ifloslantiruvchi modda nazorat qilinadi. Yurtimizda atmosfera havosi sifatini monitoring qilish davomida, asosan, to‘rtta ifloslantiruvchi modda: chang (qattiq muallaq zarrachalar), oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi va azot oksidi o‘rganiladi. Atmosferaning ifloslanish darajasi markazning 17 ta laboratoriyasida tahlil qilinadi”, — deya ta’kidladi Erkin Abdulahatov.

    “Yerning mustahkamligi pasayib bormoqda”

    Meteorolog Abdulahatovning qayd etishicha, shaharlashish jarayonlarining tezlashishi ham havo ifloslanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

    “Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida avval hech kuzatilmagan holat: chang-qum bo‘ron bilan bog‘liq xavf ro‘y bermoqda. Masalan, Chorvoqdagi baland tog‘li Chimyon meteorologik stansiyasida 2021-yil birinchi marta chang-bo‘ron holati kuzatildi. Oldin mazkur tog‘da deyarli bunday manzara bo‘lmagan.

    Dunyoda global iqlim o‘zgarishi ta’sirida yaylov maydonlarining qisqarib, o‘simlik dunyosi kamayishi oqibatida yerning mustahkamligi pasayib ketmoqda. Cho‘llashish, tuproq degredatsiyasi, uzoq muddatli yog‘ingarchiliksiz sabab quruq kunlari biroz kuchli esgan shamolga ham chang ko‘tarilishi kuzatilyapti. Ilgari ildiz, o‘simlik qoplama borligi uchun yer sirti biroz mustahkam bo‘lgan. Keyingi paytlarda esa iqlim isishi, cho‘llashish yuzaga kelishi natijasida chang bilan bog‘liq qator muammolar tug‘ilmoqda.

    Chang ham tabiiy, ham antropogen omil tufayli yuzaga keladi. Uglerod oksidi, azot kabilar inson ta’sirida, ya’ni sanoat korxonalari, avtomashinalardan chiqayotgan zararli moddalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shaharlashish jarayonlarining tezlashishi ham havo ifloslanishini sezilarli darajada kuchaytiradi” — dedi u.

    “Tabiatga dushmandek muomala qilyapmiz”

    Garvard universiteti doktoranti va ilmiy tadqiqotchisi, ekofaol Botir Qobilovga ko‘ra chang-to‘zon ko‘tarilishiga daraxtlar kesilishi asosiy sabab emas.

    “Chang-to‘zonning ko‘tarilishiga daraxtlarning kesilishini asosiy sabab sifatida ko‘rsata olmayman. Lekin nafaqat daraxtlarni qaqshatqich ravishda kesish, balki umuman tabiat, atrof-muhitga nopisand muomala qilishimiz natijasida mana shunday tabiat hodisalari kuzatilaveradi.

    Garvard universiteti doktoranti Botir Qobilov (o‘ngda)

    Garvard universiteti doktoranti Botir Qobilov (o‘ngda)
    Foto: Spot / Yevgeniy Sorochin

    Shu kunlarda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan holatda shahar ekotizimi chang va tuproqlarni o‘z ichiga “yutib” yuborishi, shahar aholisi uchun tabiiy filtr rolini bajarishi kerak edi. Tabiiy filtr va changlarni yumshatuvchi omillar ichiga daraxtlar, yashil bog‘lar va, albatta, suv havzalari kiradi.

    Lekin biz oxirgi paytlarda tabiatga ham, daraxtlarga ham, ko‘llarimizga ham xuddi dushman kabi muomala qilyapmiz. Mamlakat bo‘ylab, xususan, shaharlarimizda daraxtlarni keskin ravishda kesib yuboryapmiz, bog‘larni yo‘q qilib, mavjud ko‘llarni qurityapmiz va ular o‘rnida qurilish ishlarini amalga oshiryapmiz.

    Ko‘pchilik daraxt ekishni birinchi o‘rinda qilinishi kerak bo‘lgan ish deb aytadi. Bu fikrga biroz qo‘shilmayman. Chunki daraxt ekish bilan ish bitmaydi. Chap qo‘l daraxtni kesayotgan yoki uni kestirishga imzo chekayotgan bir paytda, o‘ng qo‘l bilan daraxt ekish orqali ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi, nazarimda.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonda daraxt ekish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Shu paytgacha har yili millionlab daraxtlar ekilyapti, ammo vaqt o‘tib, ko‘pi qurib ketmoqda. Axir ularni parvarish qilish, sug‘orish ham kerak-ku. Shuning uchun daraxt ekish bahonasida budjet pullarini isrof qilinishidan xavotirdaman. Mavjud daraxtlarni kesishni bas qilsak, ularga e’tibor qaratsak, shuning o‘zi juda katta yutuq bo‘lardi”.

    “Har bir daraxtning g‘amxo‘ri bo‘lishi kerak”

    Qobilov yechim sifatida o‘z takliflarini bildirar ekan, fuqarolar amaldorlardan ijobiy harakat kutishi noto‘g‘ri ekanligini aytdi.

    “O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash uchun avvalambor qonun ustuvorligi zarur. Atrof-muhit davlat muhofazasida bo‘lishi lozim. Daraxtni kesish, aholiga tegishli bo‘lgan shahar bog‘lariga, ko‘llarga egalik qilib, beton quyishga hech kimning qonuniy ham, ma’naviy ham haqqi bo‘lmasligi kerak. Daraxtlar, ko‘llar, bog‘lar davlat budjetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul olib kelmas ekan, degan fikrda ularni yakson qilmasligimiz lozim.

    Kesilgan daraxtlar

    Kesilgan daraxtlar
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Amaldorlardan amaliy najot kutib, ‘Qachon bizga havoni yaxshilab berishar, qachon daraxtlarni chopishni to‘xtatishar yoki qachon tabiatni qo‘riqlashar ekan’, degan umid bilan yashash noto‘g‘ri. Agar har bir fuqaro daraxtlar, bog‘lar va yashil maydonlarning ahamiyatini tushunishni boshlamasa va ular uchun javobgarlikni his qilmasa, bu muammoni hal qilish mushkul bo‘ladi.

    Eng avvalo, shahardagi har bir daraxt o‘z pasportiga va xaritadagi joyiga ega bo‘lishi zarur. Aholi o‘z uylari (biznesi, maktabi va h.k.) yaqinida o‘sayotgan daraxtlarni ‘asrab olishi’ va ularni sug‘orish, to‘g‘ri parvarish qilish majburiyatini olishlari mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir daraxtning unga g‘amxo‘rlik qiladigan, ayniqsa, zanjirli benzoarrali odamlardan himoya qiladigan kishisi bo‘lishi kerak.

    Toshkent va uning aholisi Amir Temur maydonida yuz yillik daraxtlarning qanday kesilganini unutmagan va unutmaydi. Bir yoki bir nechta odamning buyrug‘i va istak-xohishi bilan bir necha avlodlar uchun toza havo va sog‘liqni ta’minlagan ekotizim buzilganda biz jim turmasligimiz, bunday ssenariylardan qochishimiz kerak”, — dedi tadqiqotchi.

    “Zamonaviy dunyodagisi ancha xavfli”

    Biologiya fanlari doktori (PhD) Baxtiyor Abdug‘afur hozirgi qum bo‘ronlarining avvalgilaridan ancha xavfli ekanligini ta’kidladi.

    “Qum bo‘ronlari ilgari ham vaqti-vaqti bilan bo‘lib turgan. Unutilgan. Lekin zamonaviy dunyodagisi ancha xavfli. Nega? Sababi bu chang-to‘zonlar orasida tuzlar ham uchadi, miqdori ham ancha yuqori. Qum-chang zararli bo‘lmasligi mumkin, lekin tuz uchsa yomon.

    Avvalo, o‘simlik va daraxtlarning bargini qoplaydi, zararlaydi, quritadi. Qishloq xo‘jaligi muhim soha hisoblangan O‘zbekiston uchun bu juda jiddiy holat. Bu safargisida omadimiz sal keldi. Bahor yoki yozda emas, kech kuzda, o‘simliklar uyquga hozirlik ko‘rayotgan bir vaqtda.

    Biolog olim Baxtiyor Abdug‘afur

    Biolog olim Baxtiyor Abdug‘afur
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Mazkur muammo olimlar tomonidan ancha yillar avval bashorat qilingan, ko‘plab ilmiy ishlar olib borilgan, ishlanmalar taklif etilgandi. Birinchisi, tuz uchadigan hududlarda o‘sha mintaqa o‘simliklarini ekish, ikkinchisi, tuzni uchmaydigan holatga o‘tkazish.

    Taxminan, o‘n-o‘n besh yillar avval cho‘l o‘simligini qumda o‘stirish, o‘sha o‘simlikni bakteriyalar bilan oziqlantirish biotexnologiyasi ishlab chiqilgan, lekin ishlanmalar laboratoriyada qolib ketaverdi.

    Tuzlar yoki og‘ir metallarni bakteriya polimerlari yordamida “qotirish” (yutish) ishlari ham olib borilgan. Bu jarayonda qo‘llanadigan biologik vositalarning fundamental natijalari ilmiy nashrlarda ham e’lon qilingan.

    Bu tuzli chang-to‘zonlar hali ko‘p o‘zini eslatadi. Qaysi faslda qo‘zg‘alishiga qarab xavf ko‘lami turlicha bo‘ladi. Agar bahor yoki yozning boshida bo‘lsa, unda iqtisodiy zarari juda katta bo‘ladi. Butun boshli dalalardagi o‘simliklar, daraxtlar xavf ostida qoladi. Jiddiy masala shuki, biz potensial tuz zaxirasi markazida joylashganmiz”, — dedi olim.

    “Kelajakda ko‘p yuzlashamiz”

    Biolog muammoning yechimi borligini bildirdi.

    “Yuqorida aytganimdek, muammo bir kunda yuzaga kelgani yo‘q. Yechimi bor, yana yangilari taklif etilishi mumkin bo‘lgan holda eskilarini nazardan chetda qoldirdik.

    Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Yechim ilmiy asoslangan. Birinchidan, bir yillik, arzon tushadigan o‘simlik qoplamini hosil qilish. O‘simliklar nomenklaturasi, cho‘lda oziqlantirish biotexnologiyasi mavjud. Ikkinchidan, o‘sha tuzlarni arzonga tushadigan biomateriallar (olish usuli ma’lum) bilan qotirish. Esdan chiqarmaylik, bu kabi ekologik tahdidlar bor va biz kelajakda ko‘p yuzlashamiz”, — dedi Baxtiyor Abdug‘afur.

    Qaysi hududlarda chang miqdori ko‘p oshadi?

    “O‘zgidromet” tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018–2020-yillar davomida transport vositalaridan ajralib chiqadigan zaharli moddalar miqdori 14 foizga, turg‘un manbalardan chiqadigan zaharli moddalar miqdori esa 62 foizga o‘sgan. Og‘ir metallar ishlab chiqarish va qurilishda ishlatiladigan gazlar ham shaharning ifloslanish darajasini oshirgan.

    Gidrometerologiya markazining monitoring xizmati rahbari Marina Plotsenning aytishicha, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga avtotransport ko‘payishi, qurilish, daraxtlar kesilishi va yo‘l cheti ishlariga yomon munosabatda bo‘lish kabi omillar sabab bo‘lmoqda.

    “Atmosferaga eng ko‘p zararli tashlanma chiqaruvchi hududlar Navoiy (dioksid azoti bo‘yicha) hamda Olmaliq (oltingugurt dioksidi bo‘yicha) shaharlari hisoblanadi. Nukus, Urganch, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlarida esa meteorologik sharoitlar hamda geografik joylashish hisobiga chang miqdorining oshishi ko‘p kuzatiladi.

    Havo ifloslanishining oldini olish va changlarni aholi salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish uchun shaharlardagi maysazorlarni o‘z vaqtida sug‘orish hamda yo‘llarga tez-tez suv sepib borish lozim. Zararli moddalardan o‘zini o‘zi tozalash qobiliyatiga ega daraxt va buta turlaridan foydalanib, parklar hamda mavzelarni yaratishga e’tibor qaratish zarur.

    Shuningdek, avtotransport vositalaridan chiqadigan chiqindilarni kamaytirish maqsadida ekologik toza transport turlarini keng joriy etish va tegishli infratuzilmani yaratish kerak. Energiyani tejaydigan qurilmalardan foydalanish, turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish yuzasidan aholining xabardorligini oshirish ham ijobiy natija beradi”, — dedi Marina Plotsen.

    “Ekotizim uchun dahshatli xavf-xatarlar tug‘dirishi mumkin”

    “Havo ifloslanishi dunyoda o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan 106 ta mamlakat ichida 2020-yilda 18-o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatda havoning ifloslanish darajasi JSST tavsiya etgan me’yordan uch baravar yuqori ekanligi aniqlangan. Birinchi uchlikni Bangladesh, Pokiston, Hindiston egallab kelmoqda.

    Ekojurnalist Nargis Qosimova

    Ekojurnalist Nargis Qosimova
    Foto: Shaxsiy arxividan

    Mazkur ko‘rsatkichdan bilish mumkinki, bugun yurtimizda toza havo masalasi juda dolzarb va bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Agar bu jiddiy muammoga qarshi kurashishga biroz kechiksak, kun sayin ifloslanayotgan havo ekotizim uchun dahshatli xavf-xatarlar tug‘dirishi mumkin. Toshkentda kuzatilgan hodisa ham iqlim o‘zgarishining bir ko‘rinishi.

    Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari an’anaviy avtomashinalardan voz kechib, elektromobillarga o‘tyapti. Masalan, Xitoy ham havoning o‘ta ifloslanishidan aziyat chekib, kasalliklar ko‘payishini ko‘rganidan keyin katta pul sarflansa ham tezkorlik bilan elektromobillarni ko‘paytirmoqda.

    O‘zbekistonda esa buning aksi, ya’ni benzin yoqilg‘isi bilan harakatlanadigan yangi-yangi rusumdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Biz ham elektromobillarga o‘tishimiz va ularning sonini oshirishimiz zarur.

    Bundan tashqari, yirik korxona va zavodlarga zamonaviy filtrlar o‘rnatish kerak. Ammo yuqori samarali chang-gaz tozalash uskunalari katta mablag‘ talab qilgani bois bu ish amalga oshirilmaydi. Lekin aholining katta-katta korxonalardan chiqayotgan zaharli moddalar bilan yashayotgani birovning ichini achishtirmaydi, amaldorlarni o‘ylantirmaydi. Daraxtlarning yoppasiga hatto moratoriy davrida ham ayamay kesilishi juda ayanchli manzara. Amaldorlarning maqsadi nima ekanini hech tushunmayman! Hududlarda yashil zonalar tashkil etish orqali ham tabiatga toza havo ulashish mumkin”, —  deydi ekojurnalist Nargis Qosimova.

    294 ta chang-gaz tozalash uskunasi modernizatsiya qilinadi

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili Odilbek Kamilbekov havoni ifloslantirish holatlariga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqida gapirarkan, u shunday dedi:

    “Yaqinda 2021–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi yirik sanoat korxonalarida chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Dastur bo‘yicha 53 ta korxonada 294 ta chang-gaz tozalash uskunasi modernizatsiya qilinadi. Korxonalar hududi va unga tutash joylarda chang-gazlarni o‘zida tutib qoluvchi yirik bargli daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, yoqilg‘i sifatini oshirish bo‘yicha Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ishlar boshlangan.

    Bundan tashqari, Transport vazirligi tomonidan qaror loyihasi ham ishlab chiqildi. Unda jamoat transporti jozibadorligini oshirish orqali shaxsiy avtomashinada kam harakatlanish yoki voz kechish chorasi kiritilgan. 2025-yilgacha elektrobuslarni tashkil qilish va ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Mazkur choralar ham atmosferaga zararli gazlar chiqarilishini kamaytirishga xizmat qiladi”, — dedi u.

    Har yili 7 million odam vafot etadi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekiston havo ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holati bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

    Chang bilan qoplangan shahar. Toshkent shahri Parkent ko‘chasidagi chorraha.

    Chang bilan qoplangan shahar. Toshkent shahri Parkent ko‘chasidagi chorraha.
    Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    JSST tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, har yili havo ifloslanishi butun dunyo bo‘ylab yetti milliondan ortiq kishining barvaqt o‘limiga olib keladi. JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, ifloslanish butun dunyoda odamlar salomatligiga xavf soladi, ammo daromad darajasi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar aholisi eng ko‘p azob chekadi.

    Bolalarda havo ifloslanishi oqibatida o‘pkalar rivojlanishi va ishlashida buzilishlar, nafas yo‘llari infeksiyalari, astma kuchayishi kelib chiqishi mumkin, deyiladi tashkilot saytida. Kattalarda havo ifloslanishidan kelib chiqadigan o‘limlarning eng ko‘p tarqalgan sabablari orasida yurak ishemik kasalligi va insult bor.

    Eng mayda qattiq zarrachalar o‘pkaga va qonga chuqur kirib borib, respirator va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Yer aholisining 90 foizdan ortig‘i ushbu zarralar konsentratsiyasi tavsiya etilgan darajadan oshadigan hududlarda istiqomat qilgan.

    Tadqiqotlarga ko‘ra, havosi eng iflos qit’alar deb Afrika va Osiyo hududlari topilgan. Mazkur ikki qit’ada havoning ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoridan besh baravar ko‘p.

    Havoning ifloslanish darajasi og‘ir bo‘lgan mamlakatlar sirasiga Shimoliy Afrika, Hindiston, Bangladesh, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari kirgan.

    Yevropa, AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Avstraliya va Afrika janubidagi davlatlarda oxirgi 10 yillikda bu boradagi vaziyat ancha yaxshilangan. Ushbu mamlakatlar atmosfera chang va toksinlarga qarshi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi yaxshi samara bergan.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • Video: Buxoro va Namangandagi chang bo‘ronlari
    • Video: Qarshi—Samarqand yo‘lidagi qum bo‘roni
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang bo‘ronlari haqida fikr bildirdi
    • “O‘zgidromet”: O‘zbekiston tarixida bunday chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmagan

    08.11.2021, 20:25   Izoh (0)   40657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.