• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yevropa Chempionlar Ligasi guruhlaridagi vaziyat: 4 jamoa muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari 2 va 3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turdan keyin “Yuventus”, “Bavariya”, “Liverpul” va “Manchester Siti” keyingi bosqich yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi. “PSJ”, “Barselona” va “Real” keyingi turda ushbu vazifani bajarishi mumkin. “Chelsi” esa keyingi ikki turda 1 ochko qo‘lga kiritsa ham, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. “Daryo” Chempionlar Ligasi guruhlaridagi ayni vaqtdagi holat haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    A guruhi

    “Manchester Siti” 9 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib turibdi va pley-off yo‘llanmasini deyarli hal qilgan. Ikkinchi o‘rinda ketayotgan “PSJ”ning ochkolari soni 8 ta. 5-tur doirasidagi “Manchester Siti” va “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin katta ehtimol bilan guruh peshqadami nomini aniqlab beradi. “Bryugge” esa 4 ochko bilan Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi uchinchi o‘rinda joylashgan. Guruh autsayderi “Leypsig” (1) esa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyatni yo‘qotdi va 3-o‘rin uchun kurash olib boradi.

    B guruhi

    “Liverpul” 12 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Yurgen Klopp shogirdlari oxirgi ikki turda “Atletiko” ustidan ishonchli g‘alabalar qayd etdi va pley-off yo‘llanmasidan tashqari birinchi o‘rin masalasini ham hal qildi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Portu” hisobida 5 ochko mavjud. Keyingi ikki turda g‘alaba qayd etsa, Portugaliya jamoasi guruhdan chiqa oladi. Uchinchi o‘rindagi “Atletiko”da esa 4 ochko bor. “Milan” jamoasi 1 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy olgan. “Rossonerilar” nazariy jihatdan pley-offga yo‘l olish imkoniyati saqlanib qolmoqda, biroq bu qolgan jamoalarning natijalariga ham bog‘liq bo‘ladi.

    С guruhi

    “Ayaks” C guruhida 12 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi va pley-off bosqichini rasman hal qildi. Ikkinchi o‘rindagi “Sporting” va uchinchi o‘rindagi “Borussiya D” bir xil 6 ochkodan jamg‘argan, ular ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib boradi. To‘rtinchi o‘rindagi “Beshiktosh” ortda qolgan 4 ta turda ham mag‘lub bo‘ldi va 3-o‘rin masalasini ham katta so‘roq ostida qoldirdi.

    D guruhi

    “Real” ochkolari sonini 9 taga yetkazib, keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarini oshirdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Inter”da 7 ochko mavjud va birinchi o‘rin uchun madridliklar bilan bahs olib boradi. Uchinchi o‘rinda turgan “Sherif”da ham pley-off uchun imkoniyat mavjud. Moldova jamoasi hisobida 6 ochko bor. Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasi 4 turdan so‘ng 1 ochko bilan guruh autsayderi bo‘lib turibdi. “Shaxtyor” keyingi turlarda Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi.

    E guruhi

    E guruhida Myunxenning “Bavariya” jamoasi 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qildi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona” hisobida esa 6 ochko mavjud. Kataloniyaliklar keyingi turda “Benfika” ustidan g‘alaba qozona olsa, keyingi bosqichga chiqqan ikkinchi jamoaga aylanadi. Uchinchi o‘rindagi “Benfika”da esa 4 ochko mavjud. Kiyevning “Dinamo”si 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy olgan.

    F guruhi

    F guruhida “Vilyarreal” 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Manchester Yunayted”da ham xuddi shuncha ochko mavjud, ammo Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rindan joy olgan. Italiyaning “Atalanta” jamoasi 5 ochko bilan uchinchi o‘rinda, 3 ochko jamg‘argan “Yang Boys” esa 4-pog‘onada bormoqda. Ushbu guruhda har bir jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.

    G guruhi

    Kurash qizg‘in kechayotgan G guruhida “Zalsburg” 7 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lill” jamoasida esa 5 ochko mavjud. “Volfsburg” ham 5 ochko jamg‘ardi va uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi 3 ochko bilan autsayderga aylandi. Nazariy jihatdan har bir jamoada pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyat mavjud.

    H guruhi

    H guruhida “Yuventus” 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi va pley-offga chiqish vazifasini muddatidan avval hal qildi. Ikkinchi o‘rinda “Chelsi” bormoqda va Tomas Tuxel shogirdlari 9 ochko jamg‘ardi. Keyingi turlarda qo‘lga kiritilgan har qanday ochko londonliklarni keyingi bosqichga olib chiqadi. Uchinchi o‘rinda borayotgan “Zenit” hisobida 3 ochko bor va ular Yevropa Ligasi uchun yo‘llanma beruvchi o‘rinda qolish uchun kurash olib boradi. Bu uchun unga 4 turdan so‘ng birorta ochko jamg‘ara olmagan “Malmyo” xalaqit qilishi mumkin.

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    04.11.2021, 21:03   Izoh (0)   18995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “OKMK” 90+4-daqiqada g‘alabani ilib ketdi, “Bunyodkor” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

    04.11.2021, 20:30

    JCh—2021. Abdumalik Halokov jang qilmasdan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    04.11.2021, 18:11

    JCh—2021. 4-noyabr kuni ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

    04.11.2021, 13:31

    YChL. Yaxshiboyev asosiy tarkibda tushgan o‘yinda “Sherif” “Inter”ga yutqazdi, “Liverpul” va “Man Siti”da g‘alaba, “PSJ” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiq...

    04.11.2021, 03:22

    YChL. Karim Benzemaning dubli “Real”ga g‘alaba keltirdi, “Milan” mavsumdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi

    04.11.2021, 00:52

    Qalbaki hujjat bilan o‘qishga kirgan sportchilar, “PSJ”ning rekordini takrorlagan “Bavariya” va Sulsherni ortda qoldirgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    03.11.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46

    Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.