Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov “Kapitalbank” ustav fondidagi ulushini 50 foizga oshirdi. Bu haqda fond birjasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, birjadan tashqari bitim 29-oktabr kuni tuzildi. Aksiyador aksiyalar umumiy sonining 34,1 foizi — 112,49 million oddiy bank aksiyalarini sotib oldi. Bunga qadar u 52,43 million aksiyaga egalik kelgan.
2019-yilda asosiy aksiyadori Oybek Tursunov bo‘lgan kompaniya ilk bor “Kapitalbank”ning 40,13 million, ya’ni 31 foiz aksiyalarini sotib olgandi. O‘sha yili ushbu bitim bank sektoridagi eng yirik bitimlardan biri bo‘lgan.
Oybek Tursunov, shuningdek, 2020-yilda Uzcard ustav fondining 75 foiz aksiyalarini sotib olgandi. Biroq keyinchalik 51 foizlik boshqaruv paketi Milliy bankka, yana 6 foizdan aksiyalar boshqa to‘rtta — “Sanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Ipotekabank” va “Aloqabank”ka o‘tkazilgan.
Izoh (0)