Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram’dagi jonli efirida xonanda Imron to‘yiga aytmagani uchun undan o‘pkalagan va “rafiqasi rashk qilgani tufayli” yangi klipiga boshqa qizni izlayotgani haqida fikr bildirgan edi.
Xonanda Imron Durdona Qurbonova uchun alohida murojaat yo‘llab, to‘yi karantinda bo‘lgani uchun ko‘pchilikni chaqira olmaganini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, yangi klipiga boshqa aktrisani izlayotganiga ayolining uni Durdonadan rashk qilgani sabab bo‘lmaganiga ham alohida to‘xtaldi.
“Uylanganidan keyin ayoli qo‘ymagandir, degan ma’noda gapiribsiz. Qisqasi, bizda unaqa emas. Meni bilasiz. Ijod bilan hayotni aralashtirib yuboradigan odam emasman. Balkim siz turmushga chiqsangiz, Xudo xohlasa, turmush o‘rtog‘ingiz sizdan ruxsat olib, biron ish qilar. Lekin bizning oilada unaqa emas. Bundan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Xohlagan paytiz uyga kelib, kelinning qo‘lidan bir piyola choy ichib ketishingiz mumkin. Mehmon uchun eshigimiz har doim ochiq. Aytganingizdek, chiroyli ko‘ylaklaringizni kiyib, uyga kelib, choy ichib ketavering. Sizni yaxshi ko‘ramiz, har doim ko‘rsak xursand bo‘lamiz”, — deydi Imron.
Izoh (0)