Gollivud yulduzi Alek Bolduin suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgan fojiadan keyin uni ta’qib qilishdan charchamagan OAV vakillarining bir nechta savollariga javob berdi.
Aktyor va uning rafiqasi Xilari Tomas suratchilarning qarshisida to‘xtab, ular bilan gaplashib olishga qaror qilgan. Alekning aytishicha, paparatssichilarning o‘zini tutishi bolalarining ko‘z yoshiga sabab bo‘lgan hatto.
Ma’lum qilinishicha, Alek Santa-fe sherifining buyrug‘iga binoan fojia bilan bog‘liq ikir-chikirlarni muhokama qila olmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u suratga olish maydonchasida otilib ketgan o‘q tufayli vafot etgan operator Galina uning do‘sti bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Qayd qilinishicha, ularning o‘rtasidagi munosabat yaxshi bo‘lgan va shuning uchun ham aktyor operator ayolni “Zang” (Rust) filmini suratga olish ishlaridan keyin tushlikka taklif qilgan. Qolaversa, Bolduin Galinaning oila a’zolari bilan aloqada bo‘lib turganini ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ikki hamkasbini otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Operator vafot etgan, rejissorning esa ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinroq aktyor hamkasbining o‘limi bilan bog‘liq hodisaga ilk bor izoh bergan. Ko‘p o‘tmay Donald Trampning o‘g‘li “Qurol odamlarni o‘ldirmaydi, ularni Alek Bolduin o‘ldiradi” yozuvi tushirilgan kiyimlarni sotuvga chiqargan.
Izoh (0)