O‘zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Nasaf” o‘yini so‘ngida ommaviy kelishmovchilik yuz berdi.
Jizzaxda o‘tgan uchrashuvning 90-daqiqasida maydon markazida “Nasaf” himoyachisi Umar Eshmurodov “So‘g‘diyona” hujumchisi Bahodir Nasimovni boshi bilan zarba berib, yiqitdi. Aynan ushbu narsa o‘yin yakunlangach, ommaviy tartibsizlikka sabab bo‘ldi. Eshmurodov, shuningdek, Jizzax klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev bilan tortishuvga borgan. Shundan so‘ng mahalliy muxlislar stadion tunneliga kirayotgan Eshmurodovga qarata turli buyumlarni uloqtirdi. Tartibni saqlash xodimlari ushbu holatda orani ochiq qilishga harakat qildi. Videodan ko‘rinishicha, kelishmovchilik stadion tunnelida ham davom etgan.
Uchrashuv 1:0 hisobida “Nasaf”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Qarshiliklarga g‘alaba keltirgan yagona golga Shohmalik Komilov mualliflik qildi.
Izoh (0)