• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning eng nufuzli universitetini tashlab ketib, kompyuter olami dahosi va dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylangan Bill Geyts

    Saxiy va quvnoq inson Bill Geyts butun dunyoga shaxsiy kompyuterlardan qanday foydalanishni o‘rgatdi hamda bir necha yil jahonning eng boy insonlari ro‘yxatida yetakchilik qildi. Katta boylik to‘plash oson ish emas, albatta, ammo uni saqlab qolish va ko‘paytirish yanada qiyinroq. “Daryo” insoniyat tarixidagi eng muvaffaqiyatli ishbilarmonlardan biri hisoblanuvchi milliarder Bill Geyts muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiladi.

    Yoshlik

    Bill Geyts 1955-yil 28-oktabr kuni AQShning Vashington shtatida joylashgan Sietl shahrida tavallud topadi. Uning otasi Uilyam Henri Geyts advokat, onasi Meri Maksvell Geyts bir necha yirik kompaniyalarning direktorlar kengashida ishlagan ishbilarmon edi. Ota-onasining familiyalaridan ham bilish mumkinki bo‘lajak daho bir necha millat: nemis, shotland va ingliz qoniga ega bo‘lgan.

    Bill Geytsning kompyuterga bo‘lgan qiziqishi bolalikdan boshlanadi. U o‘qigan maktab — “Leyksayd” Sietldagi eng imtiyozli ta’lim muassasasi edi. Maktabning ota-onalar qo‘mitasi bolalar uchun o‘sha davrlardagi kamyob texnika hisoblanmish kompyuter terminalini sotib oladi. Shundan so‘ng informatikaga qiziquvchi Bill kompyuter bilan ko‘proq shug‘ullanishi uchun matematika darslaridan ozod qilinadi.

    Yosh Bill Geyts

    Yosh Bill Geyts
    Foto: CNBC

    Keyinroq Bill va do‘stlari pulli kompyuter klublarida kichik hakerlik amaliyotlarini qila boshlashadi. Ular pulga olinuvchi kompyuter vaqtlarini tuganmas qilib qo‘yadi. Hayron bo‘lgan klub egalari buning sababiga qiziqqanida yoshlarning kompyuter vaqtini cho‘zuvchi dastur yozgani ayon bo‘ladi. Yosh hakerlar klubdan haydab yuboriladi, ammo ular tushkunlikka tushmaydi. Ular klubga kompyuterlardagi zaifliklarni topib berish xizmatini taklif qiladi.

    O‘rta maktabdagi yillarda Bill kelajakdagi hamkori Pol Allen bilan do‘stlashadi. Ular birgalikda ko‘cha harakatini tartibga soluvchi va transport muhandislari uchun hisobotlar tayyorlovchi dastur yaratadi hamda dasturni tarqatish uchun Traf-o-Data deb nomlangan kompaniya tuzadi. Bu dastur uning mualliflarga yigirma ming dollar daromad keltiradi.

    Dunyoning eng nufuzli universitetidan ketish

    Maktab davridayoq dasturlash bo‘yicha bir necha nufuzli joylarda ishlagan Bill Geyts 1973-yil dunyoning eng nufuzli oliygohi hisoblanuvchi Harvard universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kiradi. Bill bu yerda dasturiy ta’minot bo‘yicha yangi bilimlarni olmoqchi edi, ammo keyinroq u fan nazariyasidan ko‘ra amaliyotga ko‘proq qiziqa boshlaydi va darslarni ko‘p qoldiruvchi tartibsiz talabaga aylanadi. Do‘sti Allen bilan yangi ishni boshlagan Geyts ota-onasining qattiq xafa bo‘lishiga qaramay ikkinchi kursligida jahonning eng obro‘li oliygohi Harvardni tark etadi.

    Microsoft

    Oliy ma’lumotning yo‘qligi Billning muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi. 1975-yili Billning do‘sti Pol Allen Micro Instrumentation and Telemetry Systems (MITS) kompaniyasi yangi avlod Altair 8800 kompyuterlarini ishlab chiqara boshlaganidan xabar topadi. Do‘stlar bu kompyuterlarni boshqaruvchi BASIC dasturini yaratmoqchi edi. Yosh Bill kompaniya bilan hamkorlik qilish uchun tashkilot boshqaruvchisi Ed Robertsga qo‘ng‘iroq qiladi. Ed bilan suhbatdan ko‘p o‘tmay do‘stlar kompaniyaning dasturiy hamkoriga aylanadi.

    Allen va Geyts dastlab o‘zlarining yangi dasturlovchi kompaniyalariga “Allen va Geyts” nomini qo‘yishni rejalashtiradi. Ammo keyinroq yuqori texnologiyalar bozoriga to‘g‘ri kelmasligi sabab bu nomdan voz kechilib, ish beruvchining nomi ham qatnashgan yangi nom tanlanadi — Micro-Soft (Microprocessors and Software). Bir yildan keyin chiziqcha olib tashlanib, Microsoft savdo belgisi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shu tariqa dunyo kompyuter sanoatida inqilob yasovchi kompaniya tashkil topadi.

    Foto: Google Images

    Tez orada MITS o‘z faoliyatini to‘xtatadi, ammo Microsoft bu vaqtda o‘zining yangi buyurtmachilariga ega bo‘lib ulgurgandi. Commodore, RadioShack va Stiv Jobsning Apple kompaniyalari Microsoft’ning hamkorlariga aylanadi.

    Yangi innovatsion tuzilmani rivojlantirish ishlari boshlanadi. Allen texnik masalalar bilan, Geyts esa shartnomalar, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish va boshqa biznes ishlari bilan shug‘ullanadi. Sa’y-harakatlar natijasida 1977-yili o‘sha davrdagi asosiy operatsion tizim bo‘lgan CP/M tizimining ilk raqobatchisi bo‘lmish Microsoft Fortran tizimi yaratiladi.

    Microsoft 1980-yilda kompyuter biznesining “akulasi” hisoblanuvchi IBM bilan kelishuv tuzishga erishadi. Allen va Geyts IBM’ning yangi kompyuterlariga kompaniyaning oldingi hamkori Digital Research’dan ko‘ra qulayroq tizimni taklif qiladi.

    Shartnomadan ko‘p o‘tmay Microsoft, 1990-yil o‘rtalariga qadar kompyuterlar uchun asosiy operatsion tizim bo‘lgan MS-DOS operatsion tizimini kompyuter bozoriga kiritadi.

    1985-yilda esa Allen va Geyts barcha raqobatchilaridan grafik dizayn jihatdan farq qiluvchi Windows tizimini yaratadi. Shunday qilib kompyuter sanoati tarixida Windows erasi boshlanadi. Yangi tizim 1993-yil uchinchi avlod Windows 3.1 ishlab chiqilgandan so‘ng tez ommalasha boshlaydi.

    Microsoft ancha rivojlanib fond bozoriga chiqadi. Kompaniya aksiyalari narxi keskin oshib, Bill Geyts bir necha oy ichida milliarderga aylanadi. Keyingi yillarda kompaniya o‘zining pozitsiyasini mustahkamlab boradi. Allen 1983-yilda sog‘ligidagi muammolar sabab lavozimidan ketadi, biroq kompaniya direktorlar kengashida qoladi.

    Apple’ning Macintosh tizimi bilan bo‘lgan raqobatida Bill Geyts Stiv Jobs kompaniyasidan ancha ilgarilab ketadi. 1988-yilga kelganda Microsoft allaqachon dunyodagi eng yirik kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Oradan o‘n yil o‘tib esa Bill Geyts sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqadi.

    Microsoftni tark etish

    Bill Geyts 2000-yili Microsoft bosh direktori lavozimidan ketadi, ammo direktorlar kengashidagi o‘rnini saqlab qoladi. 2020-yilda esa Geyts Microsoft’dagi faoliyatini deyarli butunlay yakunlab, direktorlar kengashi a’zoligidan ham chiqadi. Bugungi kunda tadbirkor kengash raisining maslahatchisi sifatida pul ishlab topadi. Microsoft’dan ketgandan so‘ng Bill asosan xayriya ishlari bilan shug‘ullana boshladi.

    Bill Geyts va Pol Allen

    Bill Geyts va Pol Allen
    Foto: CNBC

    Microsoft’dan tashqari Geyts Corbis (rasm, video va boshqa multimedia mahsulotlarini litsenziyalash bilan shug‘ullangan) va bgC3 (asosiy vazifasi tadqiqot hamda tahlillar) kompaniyalariga ham asos soladi.

    Ijtimoiy faoliyat

    Bill xayriya ishlari uchun yangi jamg‘arma tashkil qiladi. Milliarder va uning rafiqasi dunyodagi eng yirik xayriya tashkiloti — “Bill va Melinda Geyts fondi” asoschilariga aylanadi. Fond millatidan qat’i nazar, barcha muhtojlarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash, shuningdek, qashshoq mamlakatlarda ochlikni yengish kabi muammolarga e’tibor qaratadi.

    Tadbirkor yer yuzida ekologik xavfsizlikni saqlashning qattiq tarafdorlaridan biri. U Mark Sukerberg bilan hamkorlikda toza energiya manbayini yaratish uchun xususiy sarmoyalarni izlash va jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi “Breakthrough Energy Coalition” jamg‘armasini tashkil qilgan. Shuningdek, milliarder “aqlli shahar” qurish, atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini kamaytirishga ta’sir ko‘rsatadigan muqobil energiya manbalarini yaratish kabi so‘nggi innovatsiyalarga sarmoya kiritmoqda. Bill Geyts so‘nggi yillarda faollashgan sun’iy go‘sht ishlab chiqarish loyihasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

    Koronavirus pandemiyasidan keyin Geyts vaksinatsiya jarayonini keng yoyishga da’vat qildi hamda o‘zi ham vaksina yaratish ustida ishlayotgan kompaniyalarga yirik sarmoya kiritdi. Hattoki milliarderni koronavirusni yaratishda ayblovchi fitna nazariyalari ham paydo bo‘ldi. Geyts bu ayblov rad etishning o‘zi ahmoqona ish deya hisoblashini bildirdi.

    Kitoblar

    Yoshligida juda sho‘x bo‘lgan, dunyoning eng nufuzli universitetini tashlab ketgan va oxir-oqibat dunyoning eng boy insoniga aylangan Bill Geyts hayoti ko‘pchilik uchun qiziq ekanligi, shubhasiz. Geytsning o‘z hayot qoidalari bayon etilgan “Oldinga yo‘l” (The Road Ahead ) asari 1995-yil nashr qilinadi. Tez orada bu kitob The New York Times’ning bestseller kitoblari ro‘yxatidan joy egallaydi.

    Hisobida yuz milliard dollardan ko‘p puli bo‘lsa-da gamburger uchun navbatda turgan Bill Geyts

    Hisobida yuz milliard dollardan ko‘p puli bo‘lsa-da gamburger uchun navbatda turgan Bill Geyts
    Foto: Facebook

    Milliarderning yana bir dunyoga mashhur kitoblaridan biri “Biznes: fikr tezligi” (Business @the Speed of Thought) asaridir. Yigirma besh tilga tarjima qilingan bu kitobda milliarder biznes muammolarini hal qilish uchun kompyuter texnologiyalaridan qanday foydalanish kerakligi haqida so‘z yuritadi.

    2021-yili pandemiyadan so‘ng Geyts yana ekologiya muammolariga qaytadi hamda “yashil mavzu”ga bag‘ishlangan “Iqlim falokatidan qanday qilib qochish mumkin” (How to Avoid a Climate Disaster) asarini yozadi.

    Shaxsiy hayot

    Bill Geytsning shaxsiy hayoti ko‘plab milliarderlarnikidan farqli ravishda yagona ayol bilan bog‘langandi. 2004-yilda Melinda French bilan turmush qurgan Geyts xotini bilan birgalikda faol xayriya ishlarini olib boradi. 2005-yili Times jurnali Bill va Melinda Geytsni “Yil odamlari” deb topadi. Oila birgalikda uch farzand katta qilgan. Afsuski, 2021-yilning bahorida bir necha yillik turmushdan keyin juftlik ajralishlarini e’lon qildi.

    Bill va Melinda Geyts

    Bill va Melinda Geyts
    Foto: The Economic Times

    Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Bill Geytsning boyligi 90 milliard dollarga yetgan va dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchilik qilgan. Keyingi yil esa bu o‘rinni undan Amazon sayti asoschisi Jeff Bezos tortib oladi. Bugungi kunda kompyuter olami dahosining boyligi 130 milliard dollar atrofida baholanadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    28.10.2021, 08:51   Izoh (0)   43602
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.