Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 11 yoshli velosipedchi yuk avtomobili g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatiga tayanib “UzNews.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 21-oktabr kuni, taxminan, soat 11:00 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 2010-yilda tug‘ilgan bola velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 1963-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomobilining orqa g‘ildiraklari ostiga yiqilib tushgan.

YTH oqibatida bolakay voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda holat bo‘yicha tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.