“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:51, 16.10.2021 8986

Ko‘katlar qo‘shib tayyorlanadigan pishloqli buterbrod

Vaqt tig‘iz bo‘lganida ayni muddao bo‘lgan mazali yegulik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq — 100-120 g;
  • ko‘katlar;
  • tuxum — 2 dona;
  • baton yoki boshqa non — 4-5 bo‘lak;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni

  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring, ko‘katlarni maydalang.
  • Chaqilgan tuxumga pishloq, ko‘katlar qo‘shib aralashtiring.
  • Tuz va murch qo‘shing.
  • Nonni aralashmaga bulab oling.
  • 200 daraja qizigan pechda 10-12 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!