Yigirma daqiqada tayyor bo‘ladigan taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 1 dona;
- sarimsoq piyoz — 3 dona;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- qaynatilgan yoki konservalangan no‘xat;
- maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
- maydalangan kashnich urug‘i — 1 choy qoshiq;
- qalampir — 1 dona;
- murch, tuz — 1 osh qoshiq;
- bulyon — 1 litr;
- laym.
- Maydalangan sarimsoqni yog‘ solingan tovada qovuring, keyin esa piyoz va no‘xat qo‘shing.
- Ziravorlar va tuz seping.
- Bulyon solib qaynab chiqishini kuting.
- Blenderda aralashtirib oling.
- Ajratilgan laym sharbatini taomga soling.
- Ustini ko‘katlar bilan bezang.
Izoh (0)