Sabzavotlar va tovuq filesidan tayyorlanadigan yegulik pishloq qo‘shilganidan keyin yanada xushta’m bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
- qovoqcha — 4 dona;
- piyoz — 2 dona;
- pomidor —2 dona;
- zaytun — 8-10 dona;
- tovuq filesi — 350 g;
- tuz, murch;
- pishloq — 150 g;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq.
- Qovoqchani uzunasiga o‘rtasidan bo‘ling.
- Ichki qismini choy qoshiq yordamida o‘yib oling.
- Piyoz va pomidorni maydalang, zaytunni dumaloq shaklda kesib chiqing.
- Sabzavotlarni tovuq qiymasi bilan qo‘shib aralashtiring.
- Tuz va murch seping.
- Aralashmani qovoqchani ichiga solib chiqing, ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
- Yog‘ surtilgan idishga terib chiqing.
- 180-200 daraja qizigan pechda 35 daqiqa davomida pishirib oling.
Mavzuga doir:
- Baqlajondan ko‘rinishi tovusni esga soluvchi mazali yegulik tayyorlab ko‘ring
- Pomidor va qiyma qo‘shib mazali spagetti tayyorlaymiz
- Guruch qo‘shib pishiriladigan mazali tovuq go‘shti
- Qovoqcha va pomidorga pishloq qo‘shib mazali zapekanka tayyorlaymiz
- Qovoqcha va kunjut qo‘shib tovuq filesidan qovurma taom tayyorlaymiz
- Qiymaga anor sousi qo‘shib, baqlajondan antiqa yegulik tayyorlaymiz