Yupqa xamir va pishloqdan tayyorlanadigan gruzincha xachapuri hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- xamirturush — 1/2 choy qoshiq;
- sut — 150 ml;
- shakar — 1 osh qoshiq;
- un — 250 gramm;
- tuz — bir chimdim;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- Imeretin pishlog‘i — 300 gramm;
- sariyog‘ — 2 osh qoshiq.
- Xamirturush sutning yarmi, shakar va 1 osh qoshiq un bilan aralashtiriladi. Xamir o‘ralib, 10 daqiqaga iliq joyda qoldiriladi.
- Ustidan un, tuz va sutning qolgan qismi qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi.
- Yog‘ qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra xamir dumaloq shaklga keltirilib, sochiq bilan o‘raladi. 60—90 daqiqaga iliq joyda qoldiriladi.
- Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sariyog‘ning yarmi bilan aralashtiriladi. Pech oldindan 200 darajaga qizdiriladi.
- Xamir 4—5 millimetr qalinlikda yoyiladi va ikki xamir orasiga pishloqli nachinka solinadi. Xamir cheti bir-biriga chimchilab yopishtiriladi.
- Pergament qog‘oz solingan pishiriq varag‘iga xachapurilar joylashtiriladi. Usti qizargunga qadar 15—20 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor bo‘lgach, yuzasiga sariyog‘ surtib, dasturxonga tortiladi.
Izoh (0)