Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni hisoblanadi. YuNISEF shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlarning ulushi 43,5 foizni, o‘g‘il bolalarniki 30 foizni tashkil qiladi.

Aniqlanishicha, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon internetdan foydalanmagan.

“Bu ularning ta’lim olish va mehnat bozoridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Qizlarning iste’dodlari ochilishi uchun ularga raqamli dunyo borasida savodxonlik va bu makonda zo‘ravonlik xavfidan xoli bo‘lgan xavfsizlik zarur”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22,1 milliondan oshgan. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 million kishini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Olimjon Umarov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovga internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga oshirish topshirig‘ini bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi