O‘zbekistonda 2020-yilda 345 431 dona uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefon ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, telefon ishlab chiqarish hajmi 2019-yilga nisbatan 110 272 taga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekiston 2021-yilning 8 oyida xorijdan qiymati 117,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,6 million dona mobil telefon import qilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil yanvar—avgust oyida O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga 290 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan.
Bundan avval O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshgani hamda O‘zbekistonda sentabr oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,1 foizga qimmatlashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)