Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida qurilayotgan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga ko‘maklashish, yoshlarga hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi, mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.
Markaz “Do‘stlik” kanali bo‘yida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, so‘lim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, favvoralar barpo etilgan. O‘rindiqlar yoniga kitob javonlari ham qo‘yilgan.
Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.
Davlat rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Izoh (0)