O‘zbekiston 2021-yilning avgust oyida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki 8 oyida O‘zbekiston xorijdan qiymati 117,4 million dollarga teng bo‘lgan 1,6 million dona mobil telefon import qilgan. Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 million donaga oshgan.

O‘zbekiston 12 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidgilar:

  • Xitoy — 63 million dollar;
  • Vyetnam — 41,4 million dollar;
  • Hindiston — 5,9 million dollar;
  • Qozog‘iston — 5,5 million dollar;
  • BAA — 960 ming dollar;
  • Germaniya — 647 ming dollar;
  • Koreya — 60 ming dollar;
  • Rossiya — 18 ming dollar.

Avvalroq O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 million nafardan oshgani, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda 4 pog‘onaga ko‘tarilib, 120-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.