• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q”

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “Yoshlik” jurnalining 1989-yildagi sonlarida ziyolilar, shoir va yozuvchilar, tarjimonlar bilan suhbatlar chop etiladi. Ushbu suhbatlarda ma’rifat, madaniyat, erk, yurt mustaqilligi kabi mavzular qatorida o‘zbek tili va uni davlat tiliga aylantirishdek muhim masalalar xususida ham fikr yuritiladi. Oradan 30 yildan ko‘proq vaqt o‘tsa-da, berilgan savolga javoblar hamon ahamiyatini yo‘qotgan emas. Quyida jurnalning 1989-yil 4–5-sonlarida e’lon qilingan Jamol Kamol va Pirimqul Qodirovning til xususidagi mulohazalarini keltiramiz.

    “Yoshlik” jurnali: Keyingi paytda til va xalqimiz tarixi muammolari kun tartibiga keskinroq qilib qo‘yilmoqda. Bu albatta bejiz emas. Yillar davomida bu muammolardan ko‘z yumib keldik. Kamchiliklarimizni xaspo‘shladik. Ana shu loqaydlik ham madaniy saviyamizga bir ko‘zgu emasmi?

    Jamol Kamol: To‘g‘ri. Til — xalqning nomusi, tarix — uning qomusi, deb bekorga aytishmagan. Uzoq yillar davomida hamma xalqlar qo‘shilib, bitta xalqqa aylanadi, barcha tillar birikib, bitta umumiy til paydo bo‘ladi, degan soxta doktrina hukm surdi. Holbuki, dunyoning cheksizligi — uning cheksiz rang-barangligidadir. Rang-baranglik — hayot alomati, yakranglik — zavol belgisi. Tabiat qonunlariga zid borib, hammamizni bir qolipga tiqishtirmoqchi bo‘lishdi. Nega? Chunki byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q. Uning uchun buyruqqa shay bo‘lib turgan million-million omma va o‘sha omma ustidan hukmronlik qilish gashti bor… Shundoq ekan, hammaning qo‘shilib-qorishib ketgani yaxshi — hukm yuritish osonroq bo‘ladi…

    Mash’um stalinizm hukmronligi yillarida barcha xalqlar jabr-u jafo chekdi. Bundan zahmatkash o‘zbek xalqi ham benasib qolmadi. Biz bir ming uch yuz yillik alifbomizdan ayrildik (Uni sizniki emas, arabniki deyishdi. Mantiqni qarang: bizga o‘n uch asr xizmat qildi-yu, bizniki bo‘lmay, faqat arabniki bo‘ladimi?) Bobolarimiz qo‘li bilan bitilgan minglab, o‘ng minglab kitoblarimiz olovga otildi, yerga ko‘mildi. Yuzlab tarixiy obidalarimiz buzib tashlandi. Buyuk tarix, qadimiy madaniyat yaratgan xalqni to‘qson sakkiz foiz besavod edi, deb e’lon qilishdi. Agar shu gap rost bo‘lsa, shaharlarimizdagi yuzlab madrasalarda kimlar o‘qigan? Birgina Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yuz mingga yaqin qo‘lyozma va kitoblarni kimlar yozib, kimlar mutolaa etgan? Lekin biz uyalmasdan, ashula qilib aytib yuraverdik:

    Kim edik tarixda bizlar — nomi yo‘q, qashshoq, gado…

    Ha-da, nomi yo‘q, qashshoq, gadoda tarix va madaniyat ne qilsin!.. Bizga shunday deb uqtirildi va shunga ishontirmoqchi bo‘lishdi, e’tiroz etganlarning holiga maymunlar yig‘ladi. Yurtimizning sevimli yozuvchi va shoirlari, atoqli davlat va jamoat arboblari qamaldi, otildi, surgunga haydaldi. Turg‘unlik yillari siyosati bu jarohatlarni davolamadi, battar chuqurlashtirdi. Ana shu mahrumiyatlar orasida xalqimizning yuragiga tosh bo‘lib cho‘kkan narsa — tilimizning doimiy kamsitilishi bo‘ldi. Yuqorida aytilgan soxta doktrina ta’siri ostida o‘zbek tilining harakat doirasi cheklab qo‘yildi, hukumat idoralari, boshqaruv organlaridan siqib chiqarildi, maktablarda o‘zbek tili dars soatlari keskin qisqartirildi, oliy o‘quv yurtlarida, filologiya fakultetlarini hisobga olmaganda, nazardan chetda qoldirildi. Tilga e’tibor — elga e’tibor, deydi xalqimiz. Til kamsitilgan joyda tarix ham tahqirlanadi, deydi Karl Marks.

    Odamzod o‘z umri davomida kasb etgan, inson huquqlari deklaratsiyasi tomonidan qayd qilinib, jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan umumbashariy huquqlar, qadriyatlar bor. Ulardan eng muhimi — dunyodagi har bir xalqning o‘z yeriga suverenligi, har bir tilning o‘z tarixiy territoriyasida e’tibor va nufuzga molikligi, qonuniyligi huquqidir. Bu huquqlar SSSR Konstitutsiyasida ham qisman aks etgan. Shunga ko‘ra, Armanistonda — arman tilining, Gruziyada — gruzin tilining, Ozarboyjonda — ozarboyjon tilining, Estoniyada — eston tilining, Latviyada — latish, Litvada — litva tilining davlat tili, deb e’lon etilishi mutlaqo tabiiy va qonuniydir. Biz buni chin yurakdan olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz., Shuningdek, Rossiyada — rus tili, Ukrainada — ukrain, Belorussiyada — belorus va boshqa respublikalarda ham milliy tillarning davlat tili deb e’lon etilishiga astoydil tarafdormiz. Zero, teng huquqli respublikalar ittifoqi avvalo teng huquqli tillar statusiga suyanmog‘i darkor. Shundagina haqiqiy internatsionalizm, milliy siyosat prinsiplari so‘zda emas, amalda qaror topadi, adolat tantana qiladi. Men ana shu nuqtayi nazardan o‘zbek tilining O‘zbekiston SSRning davlat tili, deb e’lon etilishini mutlaqo zarur, deb hisoblayman. Bu tarixiy adolatning tiklanishi, respublikada qayta qurishning jiddiy g‘alabasi o‘laroq, jamiyatning obro‘siga obro‘ qo‘shgan bo‘lur edi.

    O‘zbekistonda o‘zbek tilining davlat tili deb e’lon etilishi rus tilining nufuzini pasaytirmaydi. Rus tili Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Ozarboyjon, Latviya, Litva, Estoniyada bo‘lgani kabi bizda ham millatlararo til bo‘lib qolaveradi. Ba’zilar rus tilining ham O‘zbekiston SSRning davlat tili deb e’lon etilishini taklif qilmoqdalar. Bu chuqur o‘ylanmagan, bir yoqlama fikr. Butun dunyo bizni kuzatib turibdi. Hali Rossiyaning o‘zida davlat tili deb e’lon etilmagan rus tili O‘zbekistonda davlat tili deb e’lon etilsa, ustimizdan kulishmaydimi? Keyin, mazkur masalada allaqachon qaror qabul qilib bo‘lgan armanlar, gruzinlar, ozarboyjonlar, moldavanlar, latishlar, litvaliklar, estonlarni anoyi sanab, o‘zimizni oqil hisoblashimiz insofdan emas.

    Respublikamizda yashayotgan halol va oqko‘ngil, madaniy saviyasi yuksak rus kishilari buni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi, deb umid qilaman. Bir xalq ikkinchi xalqni kamsitar ekan, bu bilan avvalo o‘z qadr-qimmatini yerga urishini ular yaxshi bilishadi. Maqsadimiz — tenglik va birlik. Tenglik bo‘lmagan joyda birlik bo‘lmaydi, birlik bo‘lmagan joyda insonlar ham, xalqlar ham baxtli bo‘lolmaydilar, baxtsizlik va falokat ro‘y beradi. Tilni yaratgan tabiat, xalqni yaratgan xoliq ularni teng qilib yaratgan. Ana shu oliy haqiqatga bo‘ysunaylik. Har bir til o‘z yeri, o‘z qo‘rg‘onida mag‘rur jaranglasin.

    Suhbatni N. Muhammadiyev olib bordi.“Yoshlik”  jurnali, 1989-yil, 4-son

    Pirimqul Qodirov (chapda) va Jamol Kamol.

    Pirimqul Qodirov (chapda) va Jamol Kamol.
    Foto: “Yoshlik” jurnali 1989-yil 4–5-sonlar

    “Yoshlik” jurnali: Ona tilimiz, unga davlat tili mavqeyi berilishi lozimligi haqidagi da’vatlarga qanday qaraysiz?

    Pirimqul Qodirov: Adabiyotning asosiy quroli — til. Shuning uchun ham til hamisha bizning diqqat markazimizda. Ayniqsa, turg‘unlik davrida — 60—70-yillarda tilimizga e’tibor susaydi, shunda men bir necha ilmiy ishlar qilgan edim: “Til va dil”, “Xalq tili va realizm” degan kitoblarim o‘sha paytda chiqqan. Xalq boshidan kechirgan tarixiy hodisalar tilda jamlanib boradi. Shuning uchun har bir xalqning ona tili vatanining ma’naviy timsoli hisoblanadi. Demak, tilidan ayrilgan xalq ma’naviy Vatanidan judo bo‘ladi.

    Yoshlarning tilga e’tibori, tilimiz istiqboli uchun qayg‘urishi ezgu ish. Yoshlarimiz tiliga, xalqiga mehr bilan qarashar ekan, yon-atrofimizdagi boshqa xalqlar, ularning tiliga ham hurmat, mehr bilan qarash kerakligini ba’zan unutib qo‘yadilar. Rus tili — qardoshligimiz tili. Ona tilimiz biz uchun birinchi til bo‘lsa, rus tili ikkinchi til bo‘lishi kerak.

    Men tilda ham, ijtimoiy hayotda ham teng huquqlilik tarafdoriman. Deylik, paxtakorlarimiz mamlakat oldidagi burchlarini halol ado etib, SSSRning paxta mustaqilligini muttasil ta’min etib kelmoqdalar. Lekin paxtakorlar uchun boshqa regionlardan yetkazib berilishi kerak bo‘lgan go‘sht mahsulotlari so‘nggi yillarda juda kamayib ketdi. Agar tenghuquqlilik prinsipiga astoydil rioya qiladigan bo‘lsak, bizning paxtakorlarimiz go‘sht va boshqa mahsulotlar bo‘yicha shartnomani bajarmayotgan markaziy agrosanoat idoralariga, SSSR yengil sanoat ministrligiga paxtani kamroq berishi, masalan, uni million tonnaga kamaytirib, o‘rniga bir necha million tonna serdaromad oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishlari va shu tarzda oziq-ovqat ta’minotini ittifoqdagi o‘rtacha darajaga yetkazib olishlari mumkin edi. Bizda oziq-ovqat ta’minoti ittifoq darajasidan ikki barobar past ekanini olimlar raqamlar bilan isbot etmoqdalar. Paxtaning mehnati esa og‘ir. Parvarish yaxshi bo‘lmagandan so‘ng og‘ir mehnat sog‘liqni yemiradi. Kichiklikdan durust parvarish ko‘rmagan qizlar voyaga yetganda ko‘pincha sog‘lom farzand ko‘rmaydi, ayrim yigitlarimiz armiya xizmatiga yaramaydigan bo‘lib o‘sadi. Onalar kamqonliligi, bolalar o‘limi…

    Iqtisodiy notekislik odamlar taqdiriga mana shunday salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan paytda ayrim markaziy ministrliklar o‘z mahkamalarining manfaatlarini “umumxalq manfaatlari” deb lof uradilar.

    SSSR Yozuvchilar soyuzining bultur Moskvada bo‘lib o‘tgan va milliy munosabatlarni takomillashtirishga bag‘ishlangan plenumi ittifoqdosh respublikalar ona tillariga davlat maqomi berilishini qo‘llab-quvvatlab chiqqan edi. Xuddi shunday taklif va tavsiya tilshunos olimlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan butunittifoq kengashida ham qabul qilindi.

    Kelajakda respublikalarning xo‘jalik hisobiga o‘tishi, o‘zini o‘zi boshqarishi va daromadiga qarab haq olishi — suveren huquqlarni ekonomika va sotsial sohalarda amalga oshirish uchun zarur. Ona tilimizga davlat maqomi berilishi esa xalqimiz suveren HUQUQlarining ma’naviyat va madaniyat bobida amalga oshishi uchun kerak.

    Suhbatni Shokir Sodiq olib bordi.“Yoshlik” jurnali, 1989-yil, 5-son

    Mavzuga doir:

    • Tarqoq dard
    • Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz
    • Sharoit talabi. Til haqida mulohazalar
    • Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq
    • Til va el uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi
    • Til mavqeyi — el mavqeyi

    07.10.2021, 23:48   Izoh (0)   19822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda o‘zaro to‘qnashgan “Moskvich” va Nexia orasida qolib ketgan 11 yoshli qiz vafot etdi

    07.10.2021, 23:45

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari e’lon qilindi

    07.10.2021, 23:29

    Zangiotadagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida qancha bola davolanayotgani ma’lum qilindi

    07.10.2021, 23:13

    Qashqadaryoda piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan Nexia haydovchisi voqea joyidan yashirindi

    07.10.2021, 22:58

    Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi uchun uch milliard so‘m ajratildi

    07.10.2021, 22:44

    O‘zbekistonda 2020-yil qancha telefon ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    07.10.2021, 21:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.