• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Johilona taassubg‘a misol

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Johilona taassubg‘a misol

    Buxoro shahrining o‘ramlarina1 ushbu mazmunda bir e’lon yopishrilg‘an edi: “Yangi chiqg‘an jadidlar bolalarimizning e’tiqodlarini buzalar, munlar hunarlarinda hech kim bolasini o‘qutmasin, o‘qutsa shul kishini o‘ldirajakmiz, jadidlar jivlashub2 o‘lturmasunlar, agarda jivlashub o‘tursalar, biz onlarning boshlarini kesarmiz, jadidlar namoz birla ro‘zani, zakotni o‘tamaylar, munlar kofirlar, qonlari halol” (Bu e’lonla bir hadisda3 yozilg‘an).

    Boshqa mamlakatlarda munday ma’nosiz, imlosi buzuq, axmoqliq alomati bo‘lg‘an e’lonlar, yozuvlarning ahamiyatlari bo‘lmasa-da, Buxoro kabi o‘runda afkori umumiyaning mundan mutaassir bo‘luvi mumkin. Shul sababli munday johilona taassubg‘a qarshi iltifot etmay qoluv bizning uchun mumkin tugul4.

    Yozuv yoza bilmay turib, shu shiy e’lon yozuvlarig‘a “jadid”larning maslaklari nindi5 narsadan iborat ekanligini biddirurg‘a hojat bor.

    Buxorolilarning tijorat, axloq va ilm, sanoat va hunar, maishat jihatlarinda butunlay ortda qolg‘anliqlarini “e’lon” yozuchilar bilmasalar-da, boshqalar bilalar. Tijorat maydonlarinda, tahsil madrasalarinda, axloq to‘g‘ivlarinda6 o‘z ishlarining qoidasini va zibarini7 bir yahudiy qadar biluvchi ongli kishimiz yo‘q. Dunyoning telefon va teleg‘rof hamda temur yo‘llar kabi fanniy mo‘jizalarini ko‘rub-da shunlarning sirlarini o‘granurg‘a tirishuchi odamimiz yo‘q. Hatto madrasalarimizdan chiqub-da bir jamoatning kofirligini e’lon etuchilarimiz-da durust yoza bilmaylar.

    Shu holni yaratub, bundan rizo bo‘lub turuchi birg‘ina musulmonda bo‘lmasa kerak. Mana shu shiy8 ravishda bo‘lg‘an ijtimoiy xastaliklarimizg‘a davo izlovchilar “jadid”lardir.

    Jadidlar “millatimiz, xalqimizning bu darajada tuban qoluvlarini, shu shiy martabada yomon kunlarg‘a tushularini nodonlig‘lari sabab bo‘ldi, bizning uchun o‘quv, ilm va ma’rifatg‘a yopishuv(imiz) lozim. Vatanimiz, mamlakatimiz va millatimiz ilm nuri birla yoqtursun, din ham dunyo ilmlari birla jihozlansun. Bu hol endi bizning uchun farz bo‘ldi, eski maktablarda sakkiz yillar o‘qub-da. Eron xalqlarining ichkilik va ishq kabi safohatlarindan iborat bo‘lg‘an adabiyotdan boshqani bilmovchi bolalarimiz yangi maktablarga kirub din ham dunyo uchun foyda beraturg‘an lozim narsalarni o‘qisunlar, hisob va yozuv bilsunlar, to‘rt gurli fan o‘qir uchun madrasalarimizda o‘n sakkiz yil yotuvi shogirdlarimiz o‘n ikki yil madrasani-da tamom shartina yetishdurub o‘n besh fan o‘rgansunlar, madrasadan chiqub-da boshqalarni akfor9 qilush tugul, balki musulmon qilub e’lon yozuchilarimizning imlolarini kishi kuldurmak darajada buzuq bo‘lmasun, savdolarimiz hunar va sanoatimiz, ekunchilik10 ishlarimiz bukungi kabi zabun holda turmasun, balki tuzalsun yaxshilansun!” deylar. Muni “jadid”lar shuytib ravishda so‘ylaylar va shu shiy yo‘lda yuriylar.

    Ushbu maqsadlarimizg‘a erishur uchun biz “jadid”lar Buxoroda maktablar ochdiq, lekin Buxoro hukumati neqdi falsafag‘a ko‘radur11 bizning maktablarimizning davomini musoada12 qilmadi, yashatmadi. Shul kunday berli biz maktabsiz qolduq.

    Mundan so‘ng: “Maktab yo‘li birla bo‘lmasa boshqa bir yo‘l birla tirishub qarayliq!” deb tijorat yo‘lina kirdik va Buxoro hukumatidan ruxsat olub bir kitobchiluk shirkati va bir ko‘moch narsasi shirkati13 tuzuvdik.

    Kitobxonamizda gazit va jurnallar birla birlikta hadis va tafsir hamda dars kitoblari kelturub eski madrasalarning shogirdlarika uch yuz haq birla dars kitoblari sotdiramiz. Ko‘moch shirkati dahi yuz mollarini uch yuz baho birla sotub foydasini(ng) ko‘bisi “jadid” bo‘lmag‘an shirkatlar orasinda taqsim eto‘b turadir. Demak, bizning ijtihodimizdan14 “jadid” bo‘lmag‘an va “jadid”larni yarotmay turg‘an odamlar foydalanalar.

    Endi “jadid”lik maslakinda bo‘lg‘anlarning o‘z hollarini-da bir oz ta’ruf qilaylik:

    Bu “jadid”larning ko‘braklari eski madrasalarda, darslarini eng yaxshi ravishda tamom etuchilar bo‘lub oralarinda bu kunda zo‘r mudarrislar va olimlar bor. Munlar tafsir va hadis darslari o‘qutalar, o‘qutmag‘anlarida dars o‘qituv lozim bo‘lg‘anda o‘qituvg‘a mahtaddirlar. Munlar yuzlar birla hadisi shariflarini xatosiz yodlag‘anlar va durust onglaylar. Endi Payg‘ambardan rivoyat etilaturg‘an bir hadisni-da durust yoza bilmag‘an, imlo hunarindan-da mahrum odamlar chiqsunlar-da shu shunday odamlarni akfor etsunlar, akfor birlagina qanoat etmay, qonlari halol bo‘luv birla fatvo bersunlar. Shu shiymi insof? Bumi musulmonliq?

    U otish o‘ynovchilar15, aroqi ichuchilar va butun amrlarini fisq-u fujur yo‘lida yozdiruchilar Buxoroda oz tugul. Milyo‘nlar Sirla insonlarning qonlarini suv kabi oquzib turuchi va g‘oz minglar birla bolalarini, xotunlarini yetim va kishisiz qoldiruchi bu kungi zo‘r suqishdan ibrat-la hamma kayf va safo majlislari qurub musulmon bolalarini o‘ynatuchilar-da ko‘b. Shu shiyday xalqlar ozg‘ina-da taqti’ qilinmag‘anlari holda islom va musulmonlarning taraqqiysi uchun tortishuchilar akfor qilinsunlar, qonlari muboh ko‘rilsun! Diyonat shu shiymi? Bumi odamchilik?!

    Qur’oni karim musulmonlig‘ni da’vo qilib salom beruchilarni akfor qiludan man etadir. Musulmonlarni akfor qiluchilar bilsunlarki, “Musulmon kishilarini akfor qiluchilar agarda shul kishi kofir bo‘lmasa, o‘zlari kofir bo‘lurlar” mazmunida hadisi shariflar Buxoriy16 birla Muslim17 sahihlarinda bor.

    E’lonchi afandilar, fitna qo‘zg‘atuchi o‘rninda Qur’on birla Hadis o‘qub shunday oliy so‘zlarni o‘rgansalar va bilg‘an narsalarini durust yozarg‘a tirishsalar yaxshiroq va musulmoncharoq bo‘lur edi.

    Bu maqolani yozuvimiz o‘limdan qo‘rquvdan tugul. Biz o‘lumdan qo‘rqmaymiz. Haq yo‘lda o‘ldiriluv va o‘luv botilliq18 uzrinda yashovdan yaxshiroq. Xayrliroq. Biz muni Qur’oni karimda o‘qub shung‘a ayon keturganmiz. Balki muni yozuvdan maqsadimiz buxorolilarni insofg‘a da’vat etuv hamda hukumatimizning diqqatini jalb qiluvdir. Hukumatimiz munday masaladan sukut etmasun, balki bu ishni taftish va tadqiq qilsun edi. Agarda ayb bizda bo‘lsa, teyishli jazoni bersun, yo‘qsa shunday e’lon yozuchilarni topub maydong‘a chiqarsun. “Onlarg‘a teyishli jazo bersun edi” demaymiz. Jazo bermasun, balki tanbeh va nasihat qilsun.

    “Onlarg‘a jazo bermasun” degan so‘zimni vijdonim, iymonim birla yozdim. Chunki shul odamlar-da, saodatlari va taraqqiylari uchun tortishaturg‘an millatimizning kishilaridir. Modomiki, biz bu millatning baxtiyor bo‘luvini orzu qilamiz, e’lon yozub yobishdiruchilarning saodatlari-da bizning uchun matlubdir. Bizning maslakimiz muhabbat va ma’rifat hamda marhamatga bino qilinadir.

    Durust, agarda bu to‘g‘rida biz gunohli tugul esak, hukumat taftish etub shul e’lon yobishdiruchilarni topsun, ammo jazo bermasun, balki nasihat yo‘lindan onlarg‘a Siz munday fitnalar qo‘zg‘atib yurmangiz! Munday yo‘q ishlar birla shug‘ullanuv o‘rnig‘a maktabga qirub yozuv o‘rganingiz. Imlongizni tuzatingiz, mundan shu ilmlari komil odamlar huzurina borub tafsir va hadis o‘qungiz desun…

    Abdurauf Fitrat,Tanlangan asarlar, 3-tom. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2003-yil


    Izohlar

    1 o‘ramlarina — Buxoro shahrini o‘rab turuvchi devorlar, qo‘rg‘on nazarda tutiladi. Maqola dastlab tatar lahjasida e’lon etilgani uchun unda tatarcha so‘z va grammatik belgilar ko‘pdir.

    2 jivlashib — qarshilik bildirish.

    3Bu e’lonning ostiga bir hadis ham yozilgan bo‘lib, uning so‘zlari keltirilmagan. Bizningcha, Fitratning “Munozara” asarida keltirilgan hadislardan biri shunga mazmunan mos keladi.

    4 tugul — emas. Bu yerda: mumkin emas.

    5 ninday — nima, qanday narsa.

    6 to‘g‘uvlarinda — yaratish, tarbiya bermoq. Bu yerda: axloq, tarbiyalarida.

    7 zibar — bezak, ziynat.

    8 shiy — shu, shunday.

    9 akfor — kufr qilmoq, ko‘plikda: kofirlar.

    10 ekunchilik — dehqonlik.

    11 ninday falsafaga qo‘radir — qanday falsafaga asoslanadi.

    12 musoida — “musoid” yordam beruvchi. Bu yerda: yordam bermadi ma’nosida.

    13 ko‘moch narsasi shirkati — Buxoroda jadidlar tomonidan ochilgan tijorat shirkatlaridan biri.

    14 ijtihod — tirishish, say’-harakat.

    15 otish o‘ynovchi — qimorboz. Bu yerda: oshiqotuvchi.

    16 Buxoriy — asli ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810—870). “Al-jomi’ as-sahih” kitobidagi hadislar nazarda tutiladi.

    17 Muslim — Muslim an-Nishopuriy mashhur muhaddis nazarda tutiladi.

    18 botillik — nohaq, asossiz. Bu yerda: behuda.

    Mavzuga doir:

    • Abdulla Qodiriy: Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?
    • Cho‘lpon: Istiqbol uchun kurash
    • Fitrat: Musulmonlar, g‘ofil qolmang!
    • Abdulla Qodiriy: Maslaku maqsaddan shammai izhor
    • Ruhimiz o‘lmasun

    06.10.2021, 23:57   Izoh (0)   32642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari

    06.10.2021, 23:55

    O‘zbekistonda 2017—2021-yillarda olib borilgan islohotlar haqida veb-sayt ishga tushirildi. Asosiy ma’lumotlar

    06.10.2021, 23:27

    Toshkentda YTH yuzaga keltirib, voqea joyidan qochib ketgan Spark haydovchisining shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda

    06.10.2021, 22:17

    Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    06.10.2021, 21:27

    “Narxoz”ning sobiq prorektori qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti munosabat bildirdi

    06.10.2021, 21:11

    Til mavqeyi — el mavqeyi

    06.10.2021, 21:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.