• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maslaku maqsaddan shammai izhor

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Maslaku maqsaddan shammai izhor 1

    Bu yo‘llarni qoralag‘uchining ota-bobosi hazrati Odam atodan tortib, gohi dehqon, gohi mardikor, gohi sarjinchi, qisqasi shulki, zodagonlar ta’biricha, “Biri bit, biti sirka” bo‘lmay kelgan o‘nqovsizlar2 sinfidandir. Ammo men bo‘lsam mustamlakachilar kaltagini yeb, kaltak zarbi bilan ko‘zim moshdek ochilib (urub qoling aylanay pochcha!) alqissa, ota kasbim bog‘dorliq bo‘lsa ham, zamonaning zayli, to‘g‘risi, mo‘dasi bilan otimni muharrir, o‘zimni ziyoli, Sharqni mazlum, Angliyani zolim, batinka kiyishni madaniyat, guruppabozliqni salohiyat, dinni taassub va moddani tabiiyotdan hisoblab kelmakdadirman. Shunchalik fazl-u kamolni sanag‘andan so‘ng o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lsa kerakki, faqir uncha-muncha kafshi ko‘chada qolgan alvir-shalvirlardan emasdirman. “Rang ko‘r, hol so‘r”, degan ekan mashoyixlar.

    Bu endi, maslaki sharif3.

    Ba’zi bir yaratilg‘ancha qolg‘an o‘rtoqlarim maydonda bo‘lmasalar edi, o‘zimni shunchalik keng maslagimga yarasha maqsadimni ham ochiqdan ochiq so‘zlab berar edim. Lekin gap shundoq bo‘lsa ham, bu o‘rinda faqat sizgagina yuragimni ochib solmoqchiman. (Biroq so‘z shu yerda qolsin, zinhor so‘zni chuvaltirib, temirchilik qilib yurmang, o‘rtoq, zinhor!) Durust, oyoq olishimni ko‘rgach, dushman sinfning “Notavon ko‘ngilga qo‘tur tog‘ora”, deyishida shubha yo‘q. Modomiki, manim maqsadimga, ya’ni orzu-havasimga zamin bor ekan va zamon musoid4 ekan, nega man do‘sti-dushmanning ta’nasidan-to‘vvasidan hurkib turay? Modomiki, manim hammaslak va hammaqsadim bo‘lg‘an o‘rtoqlarim o‘z g‘oyai omollarini5 fe’lan va amalan isbot qilmoqda ekanlar, nega man mulohaza daryosida cho‘milay?

    Birlab emas, yuzlab o‘rtoqlarim rasmiy bo‘lmasa-yu, dumaloq-yassi ravishda xotunni ikki qilmoqda ekanlar, tokay man bir xotun bilan aziz umrimni barbod beray?

    To‘qquzlab emas, to‘qquz yuzlab ishchi o‘rtoqlarim og‘ilda otliq, dalada qo‘shliq, cho‘bonda qo‘yliq bo‘lib qolg‘an ekanlar, man tokay yag‘ir eshakka ham ega bo‘lmay?

    Ba’zi biravlarim Buxoro va Xo‘tan degan joylardan ipak gilamlar keltirganlarida va Maskov, Leningrad degan shaharlardan royal degan mablag‘lar, oynai jahonnoma degan lash-lushlar oldirtirg‘anlarida, tokay man otam marhumdan qolg‘an eski po‘stakda umur kechiray. Xotunginam royal o‘rniga charx yigirsin va man oyna topolmay aftimni tiniq suvdan ko‘ray?

    Do‘stlarim, oq uy ola bargohlar solib ayshu ishrat qurg‘anlarida, tokay man har soat sajdaga moyil turg‘an chorcho‘pning orasida “La havla…” o‘qub kun kechiray?

    Do‘stlarimdan bittasi ikki ming chervonska tushirib, shohona bir imorat qilg‘an ekan, o‘tkan kun fotihaga borib keldim. Nafsilamrga qarag‘anda, Toshkandda o‘zining oliy binolar solishi bilan mashhur bo‘lg‘an To‘xtajonboy va Orifxo‘ja eshonlarni bir cho‘qishda qochiraturg‘an bino bo‘libdir. Hordiq chiqarg‘andan so‘ng “Ko‘cha tomonga isiriq bog‘lab qo‘y, mehmonxonangdan oshna-og‘aynini uzma, dasturxoningni kalu ko‘rdan ayama!”, dedim. Oshnamning yaxshi niyat bilan qilg‘an imoratini ba’zi bir maorifsiragan muttahamlar, “Maktab uchun muvofiq bino bo‘libdir, ot aylanib qozig‘ini topar!” deb ivir-shivir qilar ekanlar. Ko‘chaga chiqg‘an edim, imoratni tomosha qilg‘uchilardan bo‘lg‘an bir tiyiqsiz shoir:

    Vaqtoki aftodahol eding, yelkangda apkashing,

    Sut o‘rniga suv sotish kasb erdi sanga yakkashing.

    Ajabo, bu ko‘rdig‘im taraqqo-turuq nadir?

    Ajabo, bu shohona qasiru ravoq nadir?!

    deb ta’na toshini otmoqchi bo‘ladir. Burjuaziya ideolo‘giyasi bilan sug‘orilg‘an bu shoirni yaxshilab koyidim va “Tovshingni o‘chir, haromi!”, dedim.

    Bas, sanga o‘rtoq, ma’lum bo‘lg‘an bo‘lsa kerakki, bu maqolam bilan nima demakchiman. Xudoyg‘a shukr, manda ham o‘g‘ul-qiz bor, bas, manda ham orzu-havas bor, lekin tole’ degan muttaham yo‘q.

    Man boshda:

    Qalam guftoki, man shohi jahonam,

    Qalamkashro ba davlat merasonam.6

    baytiga ishonib yozg‘uchilik kasbiga kirishkan va har soat tepa tuynukdan tushib kelaturgan davlatni kutkan edim. Lekin endi yetti yildirki, na davlatdan xabar bor, na qornim to‘yib tomoq yegan kunimni eslay olaman. Etagim etagimga yetkan bo‘lsa, Toshpo‘lat tajangning haqqu hurmati! “Qalam guftoki…”ning shoiri to‘ng‘uz qo‘psa-chi, mani yetti yildan beri bekorga sarson va sargardon qildi, harom tukimga turmayturg‘an xashpara7 maxsimlar yorug‘ dunyo orzu-havasining arshi a’losigacha borib yetkanlarida, man qo‘tir itning keyingi oyoqi ham bo‘lolmadim. Kecha uyda o‘lturib, o‘tkan samarasiz kunlarimga vovaylo o‘qur va nafsimga anvo’i sarzanishlar8 berar edim. Nihoyat boshimg‘a bir savol keldi:

    Modomiki, dunyog‘a kelib orzu-havas kechirmakchiman, modomiki, ipak gilamlarda, shohona binolarda sayru guliston etmak asli g‘oyai omolimdir. Bas, endi nima qilay?

    Albatta, birinchi galda eski shiorim bo‘lg‘an “Qalam guftoki…”ni churuk lattaga tugib, toqchag‘a tashlashim kerak edi, tashladim va qalamimni qars etdirib ikkiga bo‘ldim, shuning ila barakasiz yozg‘uchilik kasbim bilan vidolashdim. Ammo murodu maqsadga tezroq yetishmak uchun vosita bo‘lg‘an yangi kasb saylash masalasida miyam suyila boshladi.

    Yangi kasbim uchun dehqonchiliqni chog‘lab boqdim. Lekin bu kasb, xususan, shu zamonda epaqaliq hunarga o‘xshab ko‘rinmadi. Shundoqki, basharti dehqonchiliq qilg‘animda bir yilda bir yuz put hosil olsam, bir put bug‘doy sakson tiyin bo‘lsa, mundan o‘ttuz puti kapsanga9, ya’ni po‘stdumbaga chiqib ketsa10, sotib puliga noxotsho‘rak olib yesam… “Yo‘q”, dedim: san manga to‘g‘ri kelmas ekansan, dedim.

    So‘ngra paxta ekishni jo‘plab ko‘rdim. Basharti ikki botmon yerga paxta eksam, paxtam bo‘ldi, deb turg‘animda, chelaklab qoru yomg‘urni quyib bersa-da, birinchi so‘rt paxtam ikkinchi uchunchiga tushib, ya’ni besh so‘mim yarmiga qolib, orzu-havasgina emas, uyimdagi eski po‘stagim bilan boshqa qaqir-ququrlarim ham paxtaning yamog‘iga ketsa… “La havla”… o‘qub, dehqonchiliq to‘g‘risida tavba-tazarru’ qildim.

    Savdogarchilik ham yonboshqa kelarlik ko‘rinmadi; “ur” deyishdan qichig‘an joying qayerda, deb nolo‘gini solib bersalar bormi, orzu-havas qiya-da, Xudoy ko‘rsatmasin. Tag‘in bu hunarning yovvoyi chiqimlari11 ham behisob, deb eshitkanim bor. So‘ngra hozirgi mo‘zabzab12 zamonada orzu-havasning eng a’lo darajasiga borib yetkan o‘rtoqlarning kasblarini tekshirib ko‘rdim: uyingga bug‘doy to‘laberg‘urlarning kunlari yo bir sarkor13 va yo bita-yarimta olaqarg‘axo‘janing14 o‘chog‘ining kulini olib, haligidek o‘g‘lining tuvagini to‘kkuchi inson aft, to‘ng‘uznamo, mag‘zava maxsim o‘rtoqlarim bo‘lib chiqdilar. Darhol man qaror berdim:

    Otingni sot, to‘ningni sot, shu ikkining biri bo‘l,

    Bo‘lolmasang, ayo baxtsiz, bu kuningdan ko‘ra unniqib o‘l!

    Balki siz: “Shu afti-angoring bilan sanga ham hemi?” deyarsiz va: “Yag‘ir eshagingni chuh de!” deb kularsiz. Yo‘q, man bu hunardan endi ortiq to‘ydim, bu so‘zimni Madikarimning oldida ham aytaman, Abdikarimning oldida ham. Modomiki, manim maqsadimga zamon musoid ekan va zamin bor ekan, man nega umidsizlanay?

    Shul kecha ko‘ribman bir yaxshi tush,

    Boshimda jig‘am, qo‘limda qush!..

    Siz hozirga “Ko‘knorini ko‘proq ichibsan”, dersiz va holimga kularsiz. Ammo bir yildan so‘ng uyimga bir mehmon bo‘lingiz-chi.

    Borishda o‘ng qo‘lda, kelishda chap qo‘lda shohona bir imorat. “Bu kimniki?” deb so‘rasangiz, albatta, faqirning ismim tantana bilan qiroat qilinur, darbozadan ichkariga kirsangiz bir gulzor, to‘rda xudda amiri Buxoroning arkidek oliy, mutantan bir zol; bu manim sizningdek go‘sxo‘rlarni qabul qilaturg‘an mehmonxonam, yetti zina orqaliq yuqorig‘a chiqsangiz, oldi romlik kayvoni ayvon; lekin hozir bo‘lingiz, esingizni yo‘qotib qarshidag‘i oynaga to‘qinib peshonangizni qashqa qilib qo‘ymang tag‘in!

    Bu oynani Masko‘v shahridan bir oshnam keltirib bergan, bahosini bilmasam ham lekin qimmat, deb eshitdim. Bu yoqqa kiring, buyoqqa; gilamning ustidan, ha-ha-ha, gilamni bosishg‘a hayf ko‘rdingizmi. To‘rga, to‘rga, ishkafning tegiga!

    — Yangi hovli muborak bo‘lsin?!

    — Qutluq bo‘lsin!

    Qo‘lingizni fotihaga ko‘targaningizda, ko‘zingiz devordagi shu baytka tushar:

    Zamonimiz zamon bo‘lsin,

    Manmanlari omon bo‘lsin!

    Julqunboy

    “Mushtum”, 1925 yil, 2-son, 20-yanvar, 2-3-betlar.


    Izohlar

    1Shammai izhor — ozgina arz

    2O‘nqov — imkon.

    3Maslaki sharif — sharafli yo‘l.

    4Musoid — muvofiq, uyg‘un, qulay.

    5G‘oyai omol — maqsad.

    6Qalam deydi, men shohman jahonga,Qalamkashni yetkizurman davlatga.Nizomiy Ganjaviy.

    7Xashpara — xashtpora, bir pul, arzimas.

    8Sarzanish — tanbeh; koyish.

    9Kapsan — xirmon ko‘tarilganda kambag‘allarga beriladigan ulush.

    11Chiqitga, ya’ni o‘sha vaqtdagi Yangi Iqtisodiy Siyosatga muvofiq dehqonlardan olinadigan solig‘larga, demoqchi.

    11Yovvoyi chiqim — turli nalog va poralar.

    12Mo‘zabzab — notinch, betayin.

    13Sarkor — xo‘jayin.

    14Olaqarg‘a — kelgindi.

    04.10.2021, 22:22   Izoh (0)   23006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish masalasi yuzasid...

    04.10.2021, 21:35

    Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq

    04.10.2021, 21:20

    Maktabgacha ta’lim vazirligi Samarqanddagi bog‘chada yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi

    04.10.2021, 21:14

    “Cho‘lpon otilmagan, u bolta bilan chopib o‘ldirilgan”. Akademik Naim Karimov 4-oktabr fojiasi haqida

    04.10.2021, 20:39

    Chirchiq shahar hokimligi o‘zbek tilida gapirish targ‘ib qilingan flayerlarda hech bir tilni kamsitish maqsad qilinmaganini ma’lum qildi

    04.10.2021, 20:37

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keldi

    04.10.2021, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.