• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy nima uchun elektr energiyasini qat’iy tejash rejimiga o‘tdi va buni qanday amalga oshirmoqda?

    Xitoyda elektr energiyasining ortiqcha iste’moliga qarshi kurash boshlandi, deb yozadi Bloomberg.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Birinchi navbatda, chora-tadbirlar sanoatda elektr tokidan haddan ko‘p foydalanishga qarshi qaratilgan. Alyuminiy eritishdan tortib, soya dukkaklariga ishlov berishgacha bo‘lgan turli sohalardagi korxonalar elektr sarfini qisqartirishga, ba’zi hollarda esa ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur qilinmoqda.

    Atmosfera va iste’mol

    Keskin choralar uchun asosiy sabablar energiyaga nisbatan o‘sib borayotgan talab, shuningdek, elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i narxining balandlashishi bo‘ldi. Pekinning atmosferaga ajraladigan chiqindilarni kamaytirish rejalari ham bunga o‘z hissasini qo‘shdi.

    Eng katta bosim Szyansu, Chjeszyan va Guandun kabi sanoat bazasi kuchli bo‘lgan provinsiyalarga o‘tkazilmoqda. Jami olganda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) hududlarining yarmi energiya sarflash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni oshirdi va endi shoshilinch choralar ko‘rishga majbur.

    Bozor e’tibori Evergrande inqirozi va ko‘chmas mulk bozoriga misli ko‘rilmagan bosimga qaratilgan bir paytda, yetkazib berish tomonidan boshqa bir katta miqyosli shok-effekt e’tibordan chetda qoldi”, — deyiladi Nomura Holdings tahlilchilari memorandumida.

    Elektr energiyasi tanqisligi bir qator omillar oqibatida yuzaga keldi. Ulardan biri iqtisodiyot qayta tiklanishi bilan parallel tarzda ham maishiy, ham sanoat iste’molchilari tomonidan o‘sib borayotgan talab sharoitida yetkazib berishning cheklangani bo‘ldi.

    Boshqa bir sabab esa elektr stansiyalari atmosferaga ajratadigan chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha qat’iy choralardir. Ularning asosiy maqsadi 2022-yilgi qishki Olimpiadaga qadar Pekin osmonidagi tumanni yo‘q qilib, shu bilan XXRning atrof-muhit tozaligi va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash tarafdori ekanini ko‘rsatishdan iborat edi.

    Narx tangligining oshishi

    Ko‘mirni ichki ishlab chiqarishga qo‘yilgan cheklovlar hamda uning eng yirik ishlab chiqaruvchi — Avstraliyadan yetkazib berilishiga qo‘yilgan embargo allaqachon ko‘mir fyucherslari kotirovkalarining keskin o‘sishiga olib keldi. Tabiiy gaz narxlari ham ko‘tarilib ketdi.

    Energiya tashuvchilar qimmatlashishi oqibatida bu yil qishda ham fuqarolar, ham biznes uchun yoqilg‘ining keskin tanqisligi kuzatilishi kutilmoqda, hatto cheklangan taqsimot yuzaga kelishi ham mumkin.

    Shanxi Jinzheng Energy bosh konsultanti Szen Xaoning so‘zlariga ko‘ra, bu yil energetika tarmog‘ining talabni qondirish uchun ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatini cheklagan hukumat choralari asosiy risk omiliga aylangan.

    Xitoy elektr tarmoqlari avval ham sovuq oylarda yetkazib berishni qisqartirgan, iste’molchilar esa tanqislikni dizel generatorlar hisobiga qoplagan bo‘lsa-da, bu yil, kuzatuvchilar fikricha, vaziyat ayniqsa keskinlashishi mumkin.

    Elektr toki tugadi

    Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyatdan kelib chiqqan ilk ta’sirlar korxonalarda ham, maishiy hayotda ham sezilishni boshlagan. Masalan, alyuminiy zavodlari ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘ldi, bu esa metal narxining rekord darajada oshib ketishi sabablaridan biri bo‘ldi.

    Soya yog‘i ishlab chiqaradigan zavodlar hamda Apple va Tesla uchun detallar yetkazib beruvchi bir nechta korxonalar ham ishlab chiqarishni to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi. Faoliyatini qisqartirishi yoki to‘xtatib qo‘yishi haqida elektronikadan tortib, to‘qimachilikkacha bo‘lgan sohalardagi bir qator kompaniyalar ham ma’lum qildi.

    Szyansu provinsiyasida po‘lat ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatini to‘xtatib, bir qator shaharlarda ko‘cha chiroqlarini o‘chira boshladi. Shuningdek, qo‘shni Chjeszyanda katta miqdorda energiya sarflovchi 160 dan ortiq korxonalar to‘xtab qoldi.

    Bundan tashqari, axborot agentliklari ma’lumotlariga qaraganda, aynan ajralmalarni qisqartirish uchun va elektr toki sarflanishiga qarshi kurash Xitoy hukumatiga mamlakatda kriptovalyuta aylanmasini deyarli taqiqlash uchun sabablardan biri bo‘lgan.

    Shundan keyin bitkoin kursi uch soatdan kam vaqt ichida 45 ming dollardan 41 ming dollargacha tushib ketdi, ammo keyinroq sal ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

    Domino effekti

    Tahlilchilar energetika inqirozi Xitoy, ehtimol, butun dunyo iqtisodiyotida kutilayotgan umumiy inqirozning bir qismiga aylanishidan xavfsiramoqda.

    “Elektr yetkazib berishning qisqarishi to‘lqin hosil qilib, jahon bozorlariga zarba beradi, — dedi tahlilchi Tin Lyu Bloomberg’ga. — Tez orada ular to‘qimachilik buyumlari va o‘yinchoqlardan tortib, uskunalar detallarigacha bo‘lgan narsalarni yetkazib berishda yetishmovchilikni his qiladi”.

    Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani singari Xitoyda ham asosiy muammolardan biri atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi dilemma (ikkilanish) bo‘ldi. 2021-yil uchun YaIM o‘sishi bo‘yicha yillik maqsad 6 foizga teng, aslida esa o‘sish birinchi yarim yillikda 12,7 foizni tashkil qildi.

    Macquarie Group kompaniyasining Xitoy bo‘yicha tahlilchisi Larri Xu ishonch bildirishicha, XXR hukumati ekologiya uchun iqtisodiyotni qurbon qilishga qaror qilgan.

    “YaIM o‘sishi bo‘yicha 6 foizdan yuqori maqsadga oson erishish mumkin, ammo havoga ajralmalar bo‘yicha vazifalarni hal qilish unchalik oson emas — ayniqsa, birinchi yarim yillikdagi o‘sishni hisobga olganda”, — deya izohladi u.

    03.10.2021, 13:35   Izoh (0)   30418
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ozodlik tunneli” operatsiyasi. Isroil qamoqxonasidan qochishni uddalagan falastinlik olti nafar mahbus haqida

    03.10.2021, 12:13

    Ishonish qiyin, ammo ba’zida siyosatchilar ham o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Yakuniga yetayotgan Merkel davri — fotosuratlarda

    03.10.2021, 10:16

    Filippin prezidenti Rodrigo Duterte saylovlardan keyin siyosatdan ketadi

    03.10.2021, 09:03

    BMT Bosh Assambleyasining rahbari 2023-yilgacha dunyo aholisini COVID-19 ga qarshi emlashga erishish zarurligini aytdi

    02.10.2021, 19:17

    “Vijdonning ovozi past va sokin eshitiladigan joyda odam hech qachon baqirmaydi”. Vatani ozodligi yo‘lida tinimsiz kurashgan, ammo hech qachon qo‘liga qurol olmaga...

    02.10.2021, 15:02

    AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Vashingtondagi uyini 1,85 mln dollarga sotdi

    02.10.2021, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.