• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ishonish qiyin, ammo ba’zida siyosatchilar ham o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Yakuniga yetayotgan Merkel davri — fotosuratlarda

    Germaniyada 26-sentabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, uning yakunlariga ko‘ra, Angela Merkel kansler lavozimini tark etadi. U mag‘lubiyatsiz ketmoqda: u hukumat rahbarligini o‘z ixtiyori bilan topshirishga qaror qildi, ushbu lavozimda 16 yil ishlab, bu borada ustozi Gelmut Kolning rekordini yangiladi. Jahon siyosatidagi eng katta ta’sirga ega ayol bilan xayrlashish bir necha oy davom etishi mumkin, chunki yangi hukmron koalitsiyani tuzish bo‘yicha muzokaralar cho‘zilishi kutilmoqda. Shunga qaramay, Merkel davri nihoyalab bormoqda. Meduza uning faoliyatidagi muhim bosqichlar aks etgan fotosuratlarni jamladi.

    Angela Kasner (turmushga chiqqach Merkel familiyasini olgan) Himmelpfortdagi lagerda ovqat pishirmoqda. Leypsig universitetida fizika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan Merkel 1973-yilning iyulida oliygohni tugatgandan so‘ng do‘stlari bilan shu lagerga kelgan. Merkel mamlakat g‘arbidagi Gamburgda tug‘ilgan bo‘lsa-da, Sharqiy Germaniyada o‘sgan.

    Foto: AFP

    Merkel qizg‘in siyosiy faoliyatini Germaniya Demokratik Respublikasining so‘nggi yillarida boshlagan va “Demokratik yutuqlar” guruhiga qo‘shilgan. Germaniya birlashgandan ko‘p o‘tmay, Merkel Ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha federal vaziri etib tayinlandi. Shu tariqa u Sharqiy Germaniyaning umumgerman tuzilmasidagi ilk vakillardan biriga aylandi. Merkel 1991-yil 18-yanvarda Bundestagda qasamyod qildi. O‘sha paytda parlament majlislari hali G‘arbiy Germaniya poytaxti Bonnda o‘tkazilardi.

    Merkelning siyosiy karyerasi tez rivojlandi: 1991-yil dekabrda u Xristian demokratik ittifoqida kansler Gelmut Kolning o‘rinbosariga aylandi. Uni istehzo bilan — “Kolyaning qizi” deb atashardi.

    Foto: LETA

    Vaqt o‘tishi bilan Merkelning mehnatsevarligi tillarga tushdi. 1992-yil 3-fevralda u uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olganiga qaramay, Xristian demokratik ittifoqi prezidiumining yig‘ilishida qatnashdi.

    Foto: AP Photo

    Ayollar va yoshlar ishlari vazirligi kichik muassasa edi, 1994-yilda Merkel kattaroq vazirlikni o‘z qo‘liga oldi — u atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri etib tayinlandi. Yangi yil arafasida vazirlik uning ishtirokida reklama e’lon qildi: Merkel sovg‘a o‘raydigan qog‘ozni qayta ishlatish uchun qanday tayyorlash mumkinligini ko‘rsatgan. Bundan maqsad yog‘ochni tejash va o‘rmonlarning kesilishini kamaytirish edi.

    Foto: ullstein bild

    1996-yil fevral oyida Merkel Chernobil AESga tashrif buyurdi. Zavoddagi falokat nemis jamiyatida katta taassurot qoldirgan, bu hodisa “Yashillar” harakatining xalq orasida mashhur bo‘lishi, shuningdek, atom energiyasidan voz kechish haqida jiddiy munozaralarning boshlanishiga yordam berdi. Merkel kansler bo‘lgach, Fukusima avariyasidan keyin, bu jarayonni kuchaytirib kelmoqda.

    Foto: Getty Images

    1998-yilgi saylovlarda xristian -demokratlar mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Merkel Germaniya hukumatini tark etdi, lekin Bundestag a’zosi bo‘lib qoldi va Xristian-demokratlar ittifoqining bosh kotibiga (aslida partiya ishining rahbari) aylandi. Ushbu fotosurat 2000-yil mart oyida Boltiqbo‘yida olingan.

    Xristian-demokratlar ittifoqining to‘laqonli yetakchisi Angela Merkel 2005-yil 18-sentabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ovoz bermoqda. Ushbu saylovdagi g‘alaba natijasida u mamlakat hukumatini boshqardi va keyingi 16 yil davomida kansler bo‘lib qoldi.

    Foto: EPA

    Germaniya Federativ Respublikasining birinchi ayol kansleriga aylangan Angela Merkelning portreti Berlindagi KanzlerEck (“Kansler burchagi”) mehmonxonasida avvalgi hukumat rahbarlarining portretlari yoniga ilinmoqda. 2005-yil 23-noyabr.

    Angela Merkel, Vladimir Putin va labrador Konni “Bocharov Ruchey” qarorgohida, 2007-yil 21- yanvar. Kansler itlarni yoqtirmaydi. Ikki rahbar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar hech qachon iliqlashmagan: Qrim Rossiyaga qo‘shib olingandan so‘ng, Amerika matbuoti xabarida yozilishicha, Merkel Obamaga Rossiya prezidenti “butunlay boshqa dunyoda yashayotganini” aytgan.

    Foto: “TASS”

    Merkel siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri mamlakatni xavfli va qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan bosqichma-bosqich voz kechishiga qaratilgan energetik burilish (Energiewende) edi. 2010-yil 18-avgustda u Krempindagi shamol elektrostansiyasiga tashrif buyurdi. “Yashil energiya”ga yirik hajmdagi sarmoyalar kiritilganiga qaramay, Germaniya hukumati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarning hammasiga erisha olmadi. Shu sababli Merkel hukumati uchun “Shimoliy oqim 2” quvurini qurib bitkazish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Loyiha atom energiyasidan voz kechish va ko‘mir qazib olish oqibatida ko‘rilgan zararni qoplashi kerak edi.

    Yillar davomida Merkel Germaniyaning eng sevimli siyosatchisiga aylandi. Uning o‘z farzandlari yo‘q, lekin nemis gazetalarida uni “onajon” (Mutti) deb atashadi. Suratda u Germaniya shimolidagi o‘zini saylagan Marlou okrugidagi bog‘da to‘tiqushlarni ovqatlantirmoqda. 2012-yil 17-aprel

    Foto: DPA

    Mavzuga doir: Merkel iste’fosidan avval Qushlar parkiga tashrif buyurib, to‘tiqushlarni ovqatlantirdi (foto)

    Chapdan o‘ngga: Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kameron, AQSh prezidenti Barak Obama, Angela Merkel va Yevrokomissiya raisi Xose Manuel Barrosa 2012-yil 19-maydagi “Chelsi” — “Bavariya” Chempionlar ligasi finalini tomosha qilmoqda. Unda Angliya penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi.

    Foto: Reuters

    Aytishlaricha, Angela Merkel va Barak Obama o‘rtasida alohida hamfikrlik bor edi. Surat 2015-yil iyun oyida Bavariya Alplarida bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida ikki siyosatchining uchrashuvidan olingan.

    2015-yildagi migratsion inqiroz Angela Merkel uchun eng og‘ir sinovlardan biri bo‘ldi. 25-avgustda Merkel hukumati Germaniyadan boshpana olish qoidalarining yengillashtirilishini e’lon qildi, ertasi kuni esa kansler mamlakat sharqidagi Xaydenau lageriga tashrif buyurdi. Keyingi oylarda mamlakatga Yaqin Sharqdan bir necha million qochqin keldi. Merkelning siyosatini o‘nglar ham, so‘llar ham tanqid qildi, natijada “Germaniya uchun muqobil” o‘nglar populistining mashhurligi oshdi.

    Angela Merkel Kil shahridagi harbiy-dengiz bazasiga tashrifi chog‘ida. 2016-yil 19-yanvar

    Angela Merkel Kil shahridagi harbiy-dengiz bazasiga tashrifi chog‘ida. 2016-yil 19-yanvar
    Foto: Reuters

    Maxsus ko‘zoynak taqqan Angela Merkel astronavtlarni tayyorlash bo‘yicha Yevropa markaziga tashrifi chog‘ida. Keln, 2016 yil 18 –may

    Maxsus ko‘zoynak taqqan Angela Merkel astronavtlarni tayyorlash bo‘yicha Yevropa markaziga tashrifi chog‘ida. Keln, 2016 yil 18 –may
    Foto: Getty Images

    Agar Merkel Barak Obama bilan juda iliq munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, Donald Tramp kanslerning asosiy raqiblaridan biriga aylandi. Tramp uni bir tarafdan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etib, boshqa tarafdan “Shimoliy oqim 2” quvurini qurayotgani va NATO oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmayotgani uchun tanqid qildi. 2018-yilda Kvebekdagi G7 sammitidan oldin, Tramp Qrimni Rossiya hududi deb bilishi haqida bir nechta shov-shuvli bayonotlar berdi, uchrashuvni esa qo‘shma bayonotga imzo chekmasdan tark etdi.

    Qo‘llarni shu tarzda qovushtirish “Merkel jesti” deb atala boshladi.

    Foto: photothek.net

    Kanslerning bir rangda kostyum kiyishi ham o‘zgarmas qoidaga aylangandi

    Kanslerning bir rangda kostyum kiyishi ham o‘zgarmas qoidaga aylangandi
    Foto: EPA

    Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk xorijiy tashrifini 2019-yil 18-iyun kuni Berlinga uyushtirdi. Zelenskiyning maqsadlaridan biri Germaniyaning “Shimoliy oqim 2”dan voz kechishiga erishish edi — bu quvur orqali Ukraina Rossiya gazining tranzitidan oladigan daromadidan mahrum bo‘lardi. Lekin Zelenskiy o‘shanda ham, undan keyin ham maqsadiga erisha olmadi. Kansler lavozimidagi so‘nggi yillarda Merkel Ukraina sharqidagi nizoni hal qilishda u qadar faollik ko‘rsatmagan, lekin aynan uning diplomatik sa’y-harakatlari tufayli 2015-yil boshida Minsk kelishuvlari imzolandi, shundan so‘ng mintaqada faol harbiy harakatlar to‘xtatilgan.

    Pandemiya Merkel uchun ham siyosiy g‘alaba, ham sinov bo‘ldi. Dastlabki oylarda nemislar iqtisodiyotga yordam sifatida ko‘rilgan choralari bilan bir qatorda hukumat tomonidan qo‘yilgan qattiq cheklovlarni qo‘llab-quvvatladi, bu davrda ko‘plab siyosatchilar hatto Merkel o‘z lavozimini tark etmasdan beshinchi muddatga kanslerlikni davom ettirishi kerakligi haqida gapira boshlashdi. Ammo emlash kampaniyasi boshlanishi va cheklovlarning bosqichma-bosqich olib tashlanishi bilan tanqidlar sezilarli darajada oshdi. Merkelning o‘zi ushbu suratdagi kabi haligacha har qanday yopiq binoda niqobda yuradi. Surat 2021-yil 13-yanvarda Bundestag yig‘ilishi paytida olingan.

    Foto: Bildgehege

    Mavzuga doir: Angela Merkel — GDRda yashagan cherkov xodimining qizi, birinchi kansler ayol va Germaniyani defitsitdan qutqargan inson. Merkel boshqaruvining 16 yillik davri haqida

    03.10.2021, 10:16   Izoh (0)   41845
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filippin prezidenti Rodrigo Duterte saylovlardan keyin siyosatdan ketadi

    03.10.2021, 09:03

    BMT Bosh Assambleyasining rahbari 2023-yilgacha dunyo aholisini COVID-19 ga qarshi emlashga erishish zarurligini aytdi

    02.10.2021, 19:17

    “Vijdonning ovozi past va sokin eshitiladigan joyda odam hech qachon baqirmaydi”. Vatani ozodligi yo‘lida tinimsiz kurashgan, ammo hech qachon qo‘liga qurol olmaga...

    02.10.2021, 15:02

    AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Vashingtondagi uyini 1,85 mln dollarga sotdi

    02.10.2021, 14:46

    “Bu jiddiy diplomatik nizoga sabab bo‘lishi mumkin”. Ukraina Saakashvilining Gruziyada hibsga olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

    02.10.2021, 13:46

    Lukashenko Belarusga hujum qilingan taqdirda Rossiya bilan ittifoq tuzishini ma’lum qildi

    02.10.2021, 10:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada ISHID rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 19:52

    Avstraliyalik 38 yoshli ayol “hayotidagi eng yaxshi qaror”ni qabul qilib, qariyalar uyiga ko‘chib o‘tdi

    Qo‘ziqorin | 26 iyul, 19:29

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.