• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Muhammadqodir Abdullayevdan Bahodir Jalolovgacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakat delegatsiyasi yettita yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Shu Olimpiadalarda umumiy hisobda 10 ta oltin medal qo‘lga kiritildi. Qayd etib o‘tish joiz, bundan 21 yil avval aynan 1-oktabr sanasida Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni taqdim etgan edi. “Daryo” Olimpiadalarda O‘zbekiston uchun oltin medalni olib kelgan sportchilar haqida ma’lumot beradi.

    Sidney—2000 (1 ta oltin)

    Muhammadqodir Abdullayev

    Muhammadqodir Abdullayev
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    O‘zbekiston delegatsiyasi 1996-yilda Atlantada o‘tkazilgan Olimpiadada o‘z ishtirokini boshlagan. Sportchilar ilk Olimpiadasida 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan kifoyalangan. 2000-yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada esa bokschi Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi.

    Muhammadqodir Sidney Olimpiadasida -63,5 kg vazn toifasida medal uchun kurash olib bordi. Dastlabki bosqichda Migel Kottoni taslim etgan. Nimchorak finalda Belarus vakili Sergey Bukovskiyni, yarim finalda jazoirlik Muhammad Allaluni taslim etib, finalga chiqqan. Abdullayev final bosqichida AQSh vakili Rikardo Uilyamsni 27:20 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqandi.

    Afina—2004 (2 ta oltin)

    Foto: Anvar Ilyosov

    Gretsiyaning Afina shahrida 2004-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqa O‘zbekiston uchun uchinchi Olimpiada bo‘ldi. Erkin kurash bo‘yicha -120 kg vazn toifasi finalida Artur Taymazov eronlik Alirizo Rizoyiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Taymazov Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Yunon-rum kurashi bo‘yicha esa Aleksandr Dokturishvili -74 kg vazn toifasida finalga chiqdi va Finlyandiya vakili Marko Yuli-Hannuksela bilan oltin medal uchun kurash olib bordi. Aleksandr finalda g‘alaba qozonib, Afinadagi ikkinchi, umumiy hisobda esa uchinchi oltin medalni O‘zbekiston uchun taqdim etdi.

    Rio—2016 (4 ta oltin)

    Rio Olimpiadasi sovrindorlarining kutib olinishi

    Rio Olimpiadasi sovrindorlarining kutib olinishi
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Afinadagi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng 2008-yil Pekinda, 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medal qo‘lga kirita olmadi. 2016-yilda bo‘lib o‘tgan Riodagi Olimpiadada esa mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng ko‘p medal qo‘lga kiritildi. 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza bilan sportchilar o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qildi.

    Foto: Getty Images

    Og‘ir atletika bo‘yicha -105 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Ruslan Nuriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarishda 237 kg og‘irlikni bo‘ysundirib, Olimpiya rekordini o‘rnatdi.

    Foto: Getty Images

    Boks bo‘yicha -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov hal qiluvchi jangga qadar meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandesni mag‘lub etgandi. Finalda esa Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Hasanboyga raqiblik qildi. Do‘stmatov 3 ta raundda ham raqibiga imkon qoldirmadi va Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    -52 kg vazn toifasining final jangida Shahobiddin Zoirov rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga chiqdi. Birinchi raundda rossiyalik charm qo‘lqop ustasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, qolgan ikki raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibidan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shahobiddin Zoirov final jangiga qadar irlandiyalik Brendan Irvin, amerikalik Antonio Vargas, ozarbayjonlik Elvin Mamishzade, venesuelalik Yoel Rivas kabi sportchilarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Boksning -64 kg vazn toifasidagi musobaqada esa Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritgan. Fazliddin finalga qadar kongolik Malonga Zalamou, hindistonlik Manoj Kumar, amerikalik Gari Rassell, rossiyalik Vitaliy Dunaysev kabi sportchilarni turnirdan chiqarib yuborgandi. Hal qiluvchi bosqichda o‘zbekistonlik sportchiga Ozarbayjon vakili Kollaso Sotomayor raqiblik qildi. Uch raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Fazliddin g‘alaba qozondi va Olimpiada chempioniga aylandi.

    Tokio—2020 (3 ta oltin)

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga kechiktirildi. 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustigacha bo‘lgan muddatda o‘tgan o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin medalga ega chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Tokio Olimpiadasida birinchi oltin medalni taekvondochi Ulug‘bek Rashidov qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek finalda britaniyalik raqibi Bredli Sindenni mag‘lub etdi va chempionga aylandi. Shu tariqa u taekvondo bo‘yicha Olimpiadada chempion bo‘lgan ilk sportchi sifatida O‘zbekiston tarixiga kirdi.

    Foto: Getty Images

    Og‘ir atletikaning -109 kg vazn toifasi vakillari o‘rtasida kechgan musobaqada Akbar Jo‘rayev umumiy 430 kg vaznni bo‘ysundirdi. Bu bilan 21 yoshli Jo‘rayev birinchi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarish va ikki kurashda Olimpiya rekordini o‘rnatdi.

    Foto: Getty Images

    Boks bo‘yicha +91 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov final bahsida amerikalik Richard Torresni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Freyzer Klarkk ustidan g‘alaba qozongandi.

    O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi qatnashgan yettita Olimpiadada jami 36 ta medalga ega chiqqan — 10 ta oltin, 6 ta kumush va 20 ta bronza.

    Eng ko‘p medalni bokschilar keltirgan — 15 ta. Kurash vakillari 8 ta medalga (6 ta erkin kurash, 2 ta yunon-rum) ega chiqqan bo‘lsa, dzyudochilar O‘zbekistonga 7 ta medal keltirgan. Uchta medal og‘ir atletikachilar tomonidan qo‘lga kiritilgan, ikki medalga yengil atletikachilar ega chiqqan. Taekvondo bo‘yicha esa bitta medal qo‘lga kiritilgan.

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    01.10.2021, 20:23   Izoh (0)   50923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktabr oyidagi o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

    01.10.2021, 10:41

    Konferensiyalar Ligasi. “Roma” Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda Ukraina klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

    01.10.2021, 00:12

    Mukofotlangan futzalchilar, tarkibga birorta ham “Real” futbolchisini jalb qilmagan Ispaniya terma jamoasi va YChL 2-turi qahramonlari. Eng so‘nggi sport yangilikl...

    30.09.2021, 23:03

    Rim derbisidagi mag‘lubiyat, Yaxshiboyevning “Real”ga urgan goli va Ukrainaga ilk tashrif. Eldor Shomurodov ishtirokidagi matbuot anjumani

    30.09.2021, 18:09

    YChL. “Barselona” yana yirik hisobda yutqazdi, Ronalduning 95-daqiqadagi goli “Man Yunayted”ga g‘alaba keltirdi. “Yuventus” esa “Chelsi”dan ustun keldi

    30.09.2021, 02:27

    Jasur Yaxshiboyevning “Sherif”i raqamlarda: o‘zidan 64 karra qimmat “Real”ni yengdi va YChLdagi ikkita o‘yinda 4 yillik budjetiga teng pulni jamg‘arib qo‘ydi

    29.09.2021, 23:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.