• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Elbrus cho‘qqisiga safar tashkilotchisi hibsga olindi. Tergovdan so‘ng u aybiga iqror bo‘ldi

    Rossiya Tergov qo‘mitasining Kabarda-Bolqoriya Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi Elbrus tog‘iga safar tashkilotchisini hibsga olganini ma’lum qildi. Safar davomida Rossiyaning turli hududlaridan kelgan besh nafar sayyoh halok bo‘lgandi. Baza nashrining aniqlik kiritishicha, qo‘lga olingan shaxs — Pyatigorsk okrugidagi Elbrus.Guide kompaniyasining egasi va katta yo‘lboshchisi sankt-peterburglik tadbirkor Denis Alimov. 27-sentabr kuni gumonlanuvchining o‘zi Kabarda-Bolqoriya poytaxti Nalchikda hibsga olinganini aytdi.

    Elbursda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish jarayoni, 24-sentabr, 2021-yil

    Elbursda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish jarayoni, 24-sentabr, 2021-yil
    Foto: Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi

    “Alimov ikki oyga hibsga olindi”, — deya xabar berdi “Interfaks” Rossiya Tergov qo‘mitasining Kabarda-Bolqoriya bo‘yicha boshqarmasiga tayanib.

    Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, safar ishtirokchilarining vafotidan keyin boshlangan jinoyat ishi yuzasidan Alimov xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha so‘roq qilingan. Baza ma’lumotlariga ko‘ra, u tog‘ga chiqishni rejalashtirishda go‘yoki oy va ob-havo hisobida adashganini aytgan. Tergov qo‘mitasi “safar tashkilotchisi iqrornoma yozib murojaat qilgani va batafsil ko‘rsatmalar berganini” aytdi, shundan so‘ng tergovchilar uni hibsga olishga qaror qilgan. Tergov qo‘mitasi uni hibsga olish uchun sudga ariza bergan.

    Elbrusga chiqish paytida sayyohlar halok bo‘lgach, Denis Alimov birinchi jabrlangan ayolni pastga tushirib ketgan gidning gaplariga asoslanib, jurnalistlarga tog‘da nima bo‘lganini batafsil aytib berdi. Tog‘ga uyushtirilgan safarda 19 kishi ishtirok etgan, ulardan to‘rt nafari professional alpinistlar bo‘lgan. 23-sentabrga o‘tar kechasi, Alimovning so‘zlariga ko‘ra, guruh Elbrus biqiniga qarab yo‘l olgan. “Biz tun bo‘yi yurdik, chunki ob-havo yaxshi edi. Juda zo‘r bo‘lmasa-da, u keyingi besh kun uchun ma’qul variant edi”, — dedi u.

    Guruh Elbrus biqinining tepasida joylashgan yassilikka 23-sentabr kuni ertalab soat 10 larda yetib keldi, Alimovning so‘zlariga ko‘ra, bu “kech” edi. U yerda safar ishtirokchilaridan birining mazasi qochgan, shundan so‘ng gidlar pastroqda ahvoli yaxshilanishiga umid qilib, ayolni tog‘ beliga tushirishga qaror qilgan. Ertalab soat 11 larda gidlardan biri Igor Dankov va ayol pastga tushishni boshladi. Bu vaqtda ob-havo yomonlashgan: kuchli shamol esib, kuchli qor yog‘gan, buning natijasida atrofni ko‘rish darajasi yarim metrga tushib ketgan. Pastda turist ayolning ahvoli yomonlashib, u hushini yo‘qotgan va gidning qo‘lida vafot etgan. “Gid unga nashatir hidlatgan, choy ichirgan. Ammo hech narsa yordam bermagan”, — dedi Alimov.

    Gid marhum ayolning jasadi yoniga belgi qo‘yib, so‘ng bir necha soat davomida guruhning qaytishini kutgan. Igor Dankov qutqaruvchilar bilan ratsiya orqali bog‘lanishga uringan, lekin falokat signali qabul qilinmagan. Gid guruh yo‘ldan adashgan deb qarorga kelib, tog‘dan tusha boshlagan.

    Alimov gidning harakatlarini to‘g‘ri deb atadi. Kechqurun soat 5 larda gid aloqaga chiqqan, u koordinator bilan bog‘lanib, guruh yo‘qolgani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar berishni so‘ragan.

    Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, guruhning qolgan a’zolari ob-havo yomonlashganda tog‘dan tusha boshlagan: bo‘ron boshlanib, havo harorati -20 darajagacha tushib ketgan va shamol tezligi sekundiga 40—70 metrgacha ko‘tarilgan. Alpinistlar to‘da bo‘lib tushgan, lekin to‘satdan sayyohlardan biri yiqilib, oyog‘ini sindirib olgan, bu esa harakatlanishni murakkablashtirgan. Alimovning aytishicha, bu halokatga sabab bo‘lgan: “Jarohatlangan oyoq tekshirilayotgan paytda qolgan ishtirokchilar muzlay boshlagan”. Tushish paytida ikki kishi hushidan ketib, vafot etgan. Uch gid guruhni uch qismga ajratib, pastga tushishni boshlagan. Guruhlardan birida yana ikki kishi vafot etgan, ular 3900 metr balandlikdagi chang‘i liftiga zambilda olib ketilgan. Qolgan sayyohlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi gidlari yoki qutqaruvchilari bilan pastga tushgan.

    Avvalroq Tergov qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, safarning besh ishtirokchisi o‘limiga qattiq sovuq urishi sabab bo‘lganini aytgandi. Tog‘da qutqarilgan yana 14 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Safarda qatnashgan gidlar qattiq muzlab qoldi, dedi Denis Alimov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki gid haliyam kasalxonada, qolgan ikki nafari uyiga qaytgan. “Ularga hali hech qanaqa ayblov e’lon qilinmagan”, — dedi u.

    Ma’lumot uchun: Alpinizmda “ob-havo oynasi” degan atama bor, bu musson yomg‘irlari yaqinlashishi oldidan toqqa chiqish prinsipial jihatdan mumkin bo‘ladigan yaxshi ob-havoli kunlar.

    Mavzuga doir: Elbrusdagi fojia. Cho‘qqiga chiqish chog‘ida besh alpinist halok bo‘ldi, 14 nafari qutqarildi

    29.09.2021, 21:27   Izoh (0)   21856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya prezidentiga tuxum otgan shaxs ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

    29.09.2021, 20:34

    Rossiyalik muxolifatchi Navalniyning zaharlanishi haqidagi surishtiruv Amerikaning “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

    29.09.2021, 19:58

    Gurbanguli Berdimuhamedov “Jasur turkman” medali bilan taqdirlandi

    29.09.2021, 19:09

    Shimoliy Koreya mamlakat tarixida birinchi marta gipertovushli raketa uchirdi

    29.09.2021, 18:32

    AQSh Rossiya o‘zining Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanishni taklif qilganini tasdiqladi

    29.09.2021, 17:40

    Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi va u yana dunyoning eng boy odamiga aylandi

    29.09.2021, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.