• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden uchinchi dozani oldi, Turkmanistonga faqat emlanganlar kiritiladi, Rossiya yangi vaksinasini sinashni boshladi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 232 800 601 kishiga yetdi, shularning 4 765 604 nafari vafot etgan. Shuningdek, jahon bo‘yicha 6,152 milliarddan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksinalar qo‘llanilgan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (43,2 million), Hindiston (33,7 million), Braziliya (21,3 million), Buyuk Britaniya (7,7 million) va Rossiya (7,3 million) eng oldinda bormoqda.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Bayden koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini oldi

    AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi — buster dozasini oldi. Vaksinatsiya jarayoni Baydenning Twitter’dagi sahifasi orqali bevosita translyatsiya qilindi.

    “Hozir men COVID-19 ga qarshi buster ukolni olaman va kimga tavsiya etilgan bo‘lsa, barchani xuddi shunday qilishga da’vat etaman”, — deb yozdi 78 yoshli AQSh prezidenti emlanishdan avval.

    Shuningdek, Bayden o‘z murojaatida qayd etishicha, Pfizer vaksinasi bilan to‘liq emlangan amerikaliklarning ko‘pchiligi yarim yildan keyin u kabi qayta emlanishi mumkin. Xususan, ushbu tavsiya semizlik va diabet kabi surunkali kasalliklari bo‘lgan 18 yoshdan oshgan fuqarolarga (shu jumladan, 64 yoshdan kattalarga) hamda tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va sotuvchilar kabi odamlar bilan eng ko‘p muloqot qiluvchilarga tegishlidir. Ushbu guruh 60 million amerikalikni o‘z ichiga oladi, dedi Bayden.

    Mavzuga doir: Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)

    Turkmanistonga faqat emlangan xorijliklar kiritiladi

    Turkmaniston Kasalliklar tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha favqulodda komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakat hududiga kirayotgan barcha chet elliklar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
    • PZR-testdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma (amal qilish muddati 72 soat);
    • COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangani haqidagi sertifikat yoki koronavirusga qarshi antitanalar borligi haqida ma’lumotnoma (IgM, IgG).
    Ayni vaqtda sertifikat vaksinaning birinchi dozasidan keyin 42 kun o‘tganidan keyin haqiqiy deb hisoblanadi. Salomatligi bilan bog‘liq holda vaksinatsiya mumkin bo‘lmagan taqdirda tegishli tibbiy hujjat ko‘rsatilishi kerak.

    Ushbu yangilik 28-sentabr kuni Rossiyaning Ashxoboddagi elchixonasi saytiga joylashtirilgan. Davlat axborot agentligi komissiya majlisi haqida xabar bermagan. 26-sentabrdan boshlab mamlakatda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy tantanalar bo‘lib o‘tmoqda.

    Mavzuga doir: Turkmaniston fuqarolari JSSTga murojaat qilib, hukumatga koronavirusni tan oldirishni so‘radi

    Rossiyada COVID-19 ga qarshi yangi vaksina sinovlari boshlandi

    Rossiyada koronavirusga qarshi yangi vaksina — “Betuvaks-Kov-2” sinovlari boshlandi.

    Dori vositalari davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ushbu vaksinani klinik sinovlardan o‘tkazishga 27-sentabr kuni ruxsat berilgan. U koronavirus “profilaktikasi uchun rekombinant vaksina”dir.

    Vaksina Moskvadagi “Betuvaks” MChJ ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan. Yangi tibbiyot texnologiyalari instituti suspenziya ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

    “Betuvaks” klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi bosqichlari 2022-yil avgusti oxirigacha davom etishi taxmin qilinmoqda. Tadqiqotlarda 170 kishi qatnashadi. Sinovlardan maqsad “Betuvaks-kov-2”ni voyaga yetgan sog‘lom ko‘ngillilarda xavfsizlik, qabul qilinishi va immunitet hosil qilishi nuqtai nazaridan tekshirishdan iborat.

    Shu paytgacha Rossiyada koronavirusga qarshi beshta vaksina ro‘yxatga olingan, bular — “Sputnik V” va “Sputnik Layt”, “EpiVakKorona” va “EpiVakKorona-N” hamda “KoviVak” preparatlari.

    Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi beshinchi vaksina — “EpiVakKorona-N” ro‘yxatga olindi

    COVID-19 pandemiyasi qachon tugaydi?

    Koronavirus pandemiyasi yaqin kelajakda o‘z nihoyasiga yetmaydi. Ma’lum bir holatlarda kasallanish darajasi pasayib, virus mavsumiy bo‘lib qolsa-da, u yo‘qolib ketishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda “Rospotrebnadzor” Epidemiologiya markaziy instituti shifokorlari Eduard Shunkov va Vadim Pokrovskiy ma’lum qildi.

    Olimlar mutatsiya salohiyati yuqori bo‘lgan virus shtammlari tarqalish chog‘ida o‘zini qanday tutishini tushunib olganidan keyin pandemiya tugaydigan aniq muddatni aytish mumkin bo‘ladi, dedi Shunkov. Uning ta’kidlashicha, normal hayotga qaytish bo‘yicha aniq bir muddatlarni aytish mumkin emas, chunki pandemiyaning kechishiga nafaqat shtammlarning o‘zgaruvchanligi, balki odamlarning jamiyatdagi xulqi, shuningdek, vaksinatsiyaning samaradorligi ham ta’sir qiladi.

    “Ko‘rib turibmizki, COVID-19 allaqachon ikki yildan buyon biz bilan birga. U raqobatga dosh bera olmasdan, kasallanish bo‘yicha boshqa O‘RVIlarga nisbatan yana birinchi o‘rinni olishi ehtimoli ham katta”, — dedi ekspert.

    Shunkovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirusning kuchsizroq shtammlari paydo bo‘lishi shunga olib kelishi mumkinki, infeksiya boshqa O‘RVIlar bilan raqobatlasha olmay qoladi va populyatsiyadan yo‘qolib ketadi. Ammo COVID-19 butunlay yo‘qolib ketmasdan, balki uning o‘lim darajasi va og‘ir kechish holatlari kamayishi ehtimolga yaqinroqdir, dedi u.

    Bir necha yillar davomida koronavirusga grippga o‘xshab mavsumiy xarakterga ega bo‘ladi va ba’zi mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan epidemiya bo‘lib turadi, deya uning fikriga qo‘shildi Pokrovskiy. Bu vaksinatsiyaning himoya effektining qancha davom etishiga bog‘liq, deya qo‘shimcha qildi u. Shuningdek, uning taxminiga ko‘ra, immuniteti pasaygan odamlar kuzda kasallanadi, bahorga kelib esa kasallanish darajasi pasayadi.

    Mavzuga doir: COVID-19 mavsumiy shamollashga aylanib qoladi, Eronda koronavirusdan o‘limlar bo‘yicha rekord qayd etildi. Koronaxabarlar

    Shuningdek:
    • Yaponiyada koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi 1-oktabrdan bekor qilinadi. Cheklovlar asta-sekinlik bilan olib tashlanadi, shuningdek, mamlakatda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun ko‘proq vaqtinchalik davolash muassasalari ochiladi hamda aholini emlash davom ettiriladi. Favqulodda vaziyat rejimi olti oydan ko‘proq davom etdi. Ayni paytda u mamlakatning 47 ta prefekturasidan 19 tasida amal qilmoqda.
    • AQShda joylashgan Pfizer farmatsevtika kompaniyasi COVID-19 ga chalingan odam bilan bevosita muloqot qilingan holatda virusni yuqtirishning oldini olish uchun mo‘ljallangan ichiladigan antivirus dorisini keng sinovdan o‘tkazish bosqichi boshlanganini e’lon qildi. U “Ritonavir” dorisining kichik dozasi bilan birgalikda qabul qilinadi.
    • Iordaniya valiahd shahzodasi Al Husayn ibn Abdulla koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi, shu sababli Iordaniya qiroli Abdulla II va uning rafiqasi qirolicha Raniya karantinga joylashtirildi. Mamlakatda emlanganlar uchun yakkalanish rejimi besh kunni tashkil etadi, qirol va qirolicha esa koronavirusga qarshi vaksina olgan.

    29.09.2021, 15:26   Izoh (0)   12639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kobul universiteti ayollarning ta’lim olishini taqiqladi, so‘nggi qirol davridagi konstitutsiya qayta tiklanadi, Kobul suvsiz qolishi mumkin. Afg‘oniston yangilikl...

    29.09.2021, 11:37

    OAV: Mafiyalar tahdidi tufayli Niderlandiya bosh vazirini qo‘riqlash kuchaytirildi

    29.09.2021, 08:43

    Gvineyada prezidentni qo‘lga olgan isyonchilar o‘tish davri xartiyasini qabul qildi

    29.09.2021, 08:10

    Janubiy Koreyada it go‘shti iste’mol qilishni taqiqlash taklif qilindi

    28.09.2021, 23:46

    KXDR AQSh va Janubiy Koreya xavfsizligini hech qachon buzmaslikka va’da berdi

    28.09.2021, 23:22

    AQSh sudi 40 yil avval prezident Ronald Reyganga o‘q uzgan 66 yoshli Jon Xinklini jazodan butunlay ozod etishga qaror qildi

    28.09.2021, 20:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.