Daryo

Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)

Bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dag Emxoff kelasi hafta vaksina oladi

1 daqiqa o‘qish32 340 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Saylangan AQSh prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyuark shahar kasalxonasida koronavirusga qarshi emlandi, deb yozadi Meduza. Emlash jarayoni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi.

Foto: Reuters

Vaksinatsiyada Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanildi.

https://twitter.com/joshscampbell/status/1341117758126366720?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1341117758126366720%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fmeduza.io%2Fnews%2F2020%2F12%2F21%2Fdzho-bayden-sdelal-privivku-ot-koronavirusa-v-pryamom-efire

Bo‘lg‘usi birinchi xonim Jill Bayden ham 21-dekabr kuni emlandi. Bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dag Emxoff kelasi hafta vaksina oladi.

Amaldagi prezident Donald Tramp hozircha koronavirusga qarshi vaksina olgani yo‘q. Tramp ma’muriyati ma’lum qilishicha, Oq uy tibbiy xodimlari tomonidan ma’qullanganidan keyingina u emlanadi.

AQShda koronavirusga qarshi emlash 14-dekabr kuni — Pfizer va BioNTech vaksinasi ma’qullanganidan keyin ikki kun o‘tib boshlandi. 18-dekabr kuni esa Amerika hukumati Moderna kompaniyasining vaksinasini ham ma’qulladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar