• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek-tojik chegarasida nimalar bo‘lgan edi?

    2001-yil 28-fevralda Tojikistonning “Leninobod haqiqati” gazetasida H.Meliboyev imzosi bilan “Ehtiyot bo‘ling, azizlar!” deb nomlangan kattagina maqola e’lon qilinadi. U quyidagicha boshlanadi:

    “Tojikiston va O‘zbekiston jumhuriyatlari orasidagi chegara mintaqalaridan tarqalayotgan xabarlar: mina portlashlari oqibatida halok bo‘lganlar va yarador bo‘layotganlarning kulfatli ro‘yxati o‘sib bormoqda. Isfara, Asht, Panjakent, O‘ratepa, G‘onchi yana Isfara... Birgina Isfara rayonida keyingi yarim yilda besh yoki olti marta fojia yuz berdi. Bir necha kishi — ayollar, bolalar, yigitlar halok, o‘nlab odamlar yarador bo‘ldi. Nega shunday bo‘lmoqda? Kim aybdor bunga?”.

    Tojikiston tog‘laridagi “Ehtiyot bo‘ling, mina!” deb yozilgan peshlavha.

    Tojikiston tog‘laridagi “Ehtiyot bo‘ling, mina!” deb yozilgan peshlavha.
    Foto: “Drive2.ru”

    Bu yerda gap 1990-yillarda Shimoliy Tojikistonning Isfara, Konibodom, Asht va Panjakent tumanlarining O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlari minalashtirilishi va u keltirgan insoniy kulfatlar haqida ketmoqda. Aslida chegarani minalashtirishga o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida Tojikistonda kechgan siyosiy notinchliklar sabab edi. Biroq siyosiy vaziyat tinchib, hayot o‘z yo‘liga tushib ketgandan keyin ham deyarli 20 yildan ortiq vaqt mobaynida bu yerlar “o‘lim hududi” maqomini o‘zgartirmadi. Nega?

    Chunki siyosat shunday edi. Et bilan tirnoq bo‘lib kelgan ikki xalqni nafaqat sovuq siyosiy munosabatlar, balki minalar bir-biridan nari qilib turardi. Rasmiy ma’lumotlarga qo‘ra, o‘zbek-tojik chegarasida 200 dan ortiq tojikistonlik minadan jabrlangan. Ota-onalar farzand dog‘ida kuygan, go‘daklar ota yo ona mehridan mosuvo bo‘lgan...

    Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham chegaradagi minalarni eslab, “Tojikiston bilan chegaralar masalasida uch soat o‘tirib, 20 yilda hal bo‘lmagan masalalarning 99,9 foizini birdaniga hal qildik”, dedi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda 2016-yilgi o‘zgarishlardan so‘ng, bu masala kun tartibiga jiddiy qo‘yildi va hududlar minalardan tozalandi. Quyida yaqinlari, jigari, farzandlari minada portlab halok bo‘lgan yuzlab tojikistonliklardan biri Esonali Mamajonovning armonli xotirasi bilan tanishish mumkin.

    Jigarbandim jonsiz edi...

    — O‘sha kuni tunda xabar kelganidan so‘ng, biz 10 kishidan ortiq yaqinlarimiz bilan ularni qidirib toqqa yo‘l olganimizda hali qalbimizda umid uchqunlari so‘nmagan edi, — deya hikoya qiladi tog‘ga ovga deb chiqib ketib, portlashda halok bo‘lgan Sayfulla Mamajonovning otasi Esonali Mamajonov. — Zora, tirik bo‘lsa, deb o‘ylardim. Soat tungi 12 lar, juda sovuq edi. Bunaqa mahalda tog‘da biron narsa qidirib topish qiyin ekanligini yaxshi bilasiz. Xayriyat, mina portlagan yerda tosh chiroq yoniq qoldirilgan ekan. Uzoqdanoq o‘sha nurga ko‘zimiz tushishi bilan o‘sha yoqqa qarab oshiqdik. Bunaqa lahzalarda odamning ichidan nima o‘tayotganini o‘zi ham bilmas ekan. Chiroqning yorug‘ida qaradim... jigarbandim jonsiz edi. O‘zimni uning ustiga otarkanman, uni bu yerga yetaklab kelgan falokat haqida qanchalik kuyunib o‘ylamay, endi foydasi yo‘q edi.

    O‘g‘lim Sayfullaning endi boshini ikki qilish niyatida edik. Voqea joyida Sayfulla bilan birga halok bo‘lgan Bahriddin Ismonaliyev edi. Farzandlari yetim, umr yo‘ldoshi beva qoldi. Urush maydonidan halok bo‘lgan sherigini yelkaga olgan askar kabi biz ularni yelkamizda ko‘tarib, 3 kilometr masofada pastgacha olib tushdik. Ekspertiza paytida ma’lum bo‘lishicha, “oskolka” badanga 15 santimetr chuqurlikda kirib ketgan ekan. Kimsasiz tog‘ bag‘rida yarim tunda og‘riqning zo‘ridan dodlab yotganlarning nolasini tasavvur etmaslikka harakat qilaman, xayolimga kelib qolgan mahalida esa ko‘zyoshlarimni tiyolmayman.

    Mana, oradan shuncha yil o‘tdi, ammo farzand dog‘i unutilmas, dard eskirmas ekan. Men 71 yoshdaman. Yaypandan uylanganman. To‘rt nafar o‘g‘il, bir nafar qiz o‘stirib, voyaga yetkazdik. Hammasi joyida edi. 2001-yil 6-fevralda sodir bo‘lgan voqea barcha oila a’zolarimiz qalbiga og‘ir jarohat solib ketdi. Turmush o‘rtog‘im shu voqeadan keyin ancha betob bo‘lib, o‘ziga kelolmadi. Hozir uning ko‘ngliga qarayman.

    Mana, hozir ham Yaypanga qarindoshlarinikiga ketgan. Chegaraning u tomoniga o‘tish xuddi qo‘shni qishloqqa borib kelishday gap bo‘lib qoldi. Hozir u kunlarni ko‘pchilik unutganday, bu bordi-keldilar, bemalolchiliklar o‘z-o‘zidan bo‘lgandek tuyuladi. Aslida unday emas. Shu chegaraning tog‘ zonasida qancha-qancha odamlarimiz minada portlab, o‘lib ketganini, farzandlar yetim, biz kabi ota-onalar farzand dog‘ida kuyib qolganini boshidan o‘tkazgan biladi. Shuning uchun men, ayolim dasturxon boshida doim ikki davlat o‘rtasida yo‘llarni ochib qo‘ygan O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev haqqiga duo qilamiz.

    Bugun chegaralarimiz minalardan to‘liq tozalangan. Farzandlarimiz, nabiralarimiz tog‘ga o‘tin-cho‘pmi yo sayru sayohatgami ketsa yurak hovuchlab o‘tirmaymiz. Axir, qaydadir bir odamning ko‘z yoshi behuda oqsa, uning uvoli barchaga taalluqli bo‘ladi, deyishadi-ku?! Shavkat Mirziyoyev oddiy xalqni, uning tashvishlarini yaxshi bilganlari uchun hammaga yaxshilik qilyapti. Shu bois, biz duolarimizda u kishining nomlarini ko‘p-ko‘p tilga olamiz, toki farzandlarimiz, kelgusi avlod ham bizni falokat-u tashvishlardan kim qutqarganini yaxshi bilsin, u kishidek insonparvar bo‘lib ulg‘aysin.

    28.09.2021, 21:04   Izoh (0)   30080
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “ZIL” kabinasi yonib ketdi

    28.09.2021, 20:44

    Qashqadaryoda ayol eri, qaynota va qaynog‘asi nohaq qamoqqa olinganini aytib, Prezidentdan yordam so‘radi. Ular qotillikda gumonlanmoqda

    28.09.2021, 20:13

    “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatida poyezd eshiklari ochilmay qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha izoh berildi

    28.09.2021, 19:11

    Navoiyda fuqaro kuyovini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

    28.09.2021, 18:26

    Tobelikning boshlanishi. Buxoro amirligini Chor Rossiyasi vassaliga aylantirgan Shahrisabz “do‘stlik” shartnomasi haqida

    28.09.2021, 18:12

    Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan 28-sentabr soat 22:00 gacha ayrim ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi

    28.09.2021, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.