• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    JSST 15 yil ichida birinchi marta havo sifati bo‘yicha tavsiyalarini kuchaytirdi. Havo ifloslanishidan yiliga 7 mln kishi vafot etadi. Bu chekish oqibatidagi o‘lim darajasiga yaqindir

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi “Havo sifati bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tamoyillar”ni e’lon qildi, unda odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining maksimal darajalari baholanadi. Ushbu hujjat 2005-yildan buyon yangilanmagan edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tavsiyalarni ishlab chiqishda mualliflar havo ifloslanishining inson sog‘lig‘iga ta’siri haqidagi 500 dan ortiq ilmiy maqolalarni o‘rganib chiqdi. Asosiy xulosa shundan iboratki, ifloslantiruvchi moddalarning avval hisoblanganidan ko‘ra ancha kamroq konsentratsiyasida ham zarar yetadi. Tadqiqot yakunlariga ko‘ra JSST asosiy ifloslantiruvchilar bo‘yicha deyarli barcha maksimal qiymatlarni tuzatib, havo sifati bo‘yicha yangi maqsadli ko‘rsatkichlarni taklif qildi.

    Ma’ruzada ifloslanishning barcha turlaridan, avvalo, qattiq zarrachalar haqida boradi, bular — mayda zarralardan (PM₂,₅, diametr — 2,5 mikrometrdan kamroq) va yirik zarralar (PM₁₀, diametr — 10 mikrometrdan kamroq)dan iborat chang. Taqqoslash uchun, odam sochining diametri taxminan 50—100 mikrometrga teng. Bu qurilish maydonlarida, avtomobil trassalarida va sanoat korxonalarida, ko‘mir yoqilganida hosil bo‘ladigan eng mayda changdir. Zarralar tarkibiga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin.

    O‘zining yangi tavsiyalarida JSST PM₂,₅ zarralarning havodagi konsentratsiyasining o‘rtacha bir yillik xavfsiz darajasini ikki marta, PM₁₀ zarralarinikini esa chorak marta pasaytirdi. Bundan tashqari, atmosferaga, xususan, dizel dvigatellari orqali chiqariladigan azot oksidining havoda yo‘l qo‘yiladigan darajasi to‘rt marta pasaytirildi.

    Havo ifloslanishidan har yili millionlab odamlar vafot etadi, ayniqsa, kambag‘al mamlakatlarda

    JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili havo ifloslanishi butun dunyo bo‘ylab yetti milliondan ortiq kishining barvaqt o‘limiga olib keladi (buni chekish oqibatidagi o‘limlar soniga qiyoslash mumkin). JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, ifloslanish butun dunyoda odamlar salomatligiga xavf soladi, ammo daromad darajasi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar aholisi eng ko‘p azob chekadi.

    Bolalarda havo ifloslanishi oqibatida o‘pkalar rivojlanishi va ishlashida buzilishlar, nafas yo‘llari infeksiyalari, astma kuchayishi kelib chiqishi mumkin, deyiladi tashkilot saytida. Kattalarda havo ifloslanishidan kelib chiqadigan o‘limlarning eng ko‘p tarqalgan sabablari orasida yurak ishemik kasalligi va insult bor.

    Eng mayda qattiq zarrachalar o‘pkaga va qonga chuqur kirib borib, respirator va yurak va qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Yer aholisining 90 foizdan ortig‘i ushbu zarralar konsentratsiyasi tavsiya etilgan darajadan oshadigan hududlarda istiqomat qilgan.

    JSST mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ehtimoliy ssenariylar ekspress-tahlili natijalariga ko‘ra, butun dunyoda ifloslanishning hozirgi darajasini tavsiya etilgan darajagacha kamaytirish hisobiga PM₂,₅, zarrachalarining ta’siri bilan bog‘liq o‘limlarning deyarli 80 foizining oldini olish mumkin bo‘lardi.

    JSSTning yangi tavsiyalarida havo ifloslanishining iqtisodiy oqibatlariga ham e’tibor qaratiladi, bular sog‘liqni saqlash xarajatlaridan tortib, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaga yetkazilgan zarardan kelib chiqadigan chiqimlargacha. 2013-yilda ifloslanish bilan bog‘liq kasalliklar oqibatidagi 5,5 millionta o‘lim jahon iqtisodiyotiga taxminan 225 milliard dollarlik yo‘qotilgan mehnat daromadlariga tushgan.

    Havo ifloslanishi — dunyoda o‘limning asosiy sabablaridan biri. U faqat yuqori qon bosimi, yuqori qand miqdori va chekishdan keyinda, xolos. Ushbu hisob-kitoblar JSSTning yangi ma’lumotlarini hisobga olmagan holda keltirilgan.

    JSST tavsiyalari majburiy yuridik kuchga ega emas

    “Havo sifati bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tamoyillar” dunyo mamlakatlari hukumatlariga qandaydir choralar ko‘rish majburiyatini yuklamaydi. Bu dolzarb ma’lumot bo‘lib, undan ifloslangan havoning salbiy ta’sirlarini baholash uchun foydalanish mumkin, dedi JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge. “Butun dunyodagi siyosatchilar uchun keyingi qadam — bu tamoyillarni odamlar salomatligi uchun nomaqbul bo‘lgan zararni kamaytirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda qo‘llash”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    O‘zining axborot byulletenida JSST havo sifatini yaxshilash bo‘yicha muvaffaqiyatli chora-tadbirlarga misollar keltirib o‘tadi. Ular orasida tozaroq transport va sanoat texnologiyalaridan foydalanish, energiya jihatdan samarador uy-joy qurish, havoga kamroq chiqindi ajratib chiqaradigan yonilg‘idan va yangilanuvchi manbalardan olinadigan energiyadan foydalanish, chiqindilar miqdorini kamaytirish, shuningdek, ularni utilizatsiya qilish usullarini rivojlantirish bor.

    Havo ifloslanishi muammosi, ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, global isish muammosi bilan chambarchas bog‘liq. Havoni ko‘pincha iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaradigan manbalar ifloslantiradi, dedi JSST tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha texnik rahbar Dorota Yarosinska. Asosan, qazib olinadigan yonilg‘ilarni yoqish haqida gap bormoqda. “Havo sifatini yaxshilashga urinishlar iqlim o‘zgarishlarini yumshatishda yordam beradi. Va, aksincha — iqlim o‘zgarishlarini yumshatishga urinishlar havo sifati oshishiga olib keladi”, — dedi Yarosinska.

    Mavzuga doir:

    • Markaziy Osiyoda qariyb 2,5 mln odam iqlim muhojiriga aylanishi mumkin
    • Islandiyada atmosferani karbonat angidrid gazidan tozalaydigan dunyodagi eng yirik zavod ishga tushdi. U qanday ishlaydi va havo ifloslanishi muammolariga yechim bo‘la oladimi?
    • Yer yuzidagi millionlab insonlar o‘limiga nima sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi
    • BMT dunyoda har yili 7 mln odam iflos havo oqibatida vafot etishini ma’lum qildi

    27.09.2021, 12:31   Izoh (0)   19966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganishni yangi jamoa bilan davom ettiradi

    27.09.2021, 12:16

    Erdo‘g‘on AQShni Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

    27.09.2021, 10:36

    Germaniyadagi parlament saylovining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi: sotsial-demokratlar g‘olib bo‘lmoqda

    27.09.2021, 09:37

    Islandiya parlamenti tarkibida birinchi marta ayollar erkaklardan ko‘proq bo‘ladi

    27.09.2021, 08:33

    NYT: Kapitoliyga hujum qilganlar orasida FQB informatori bo‘lgan

    26.09.2021, 23:01

    “Tolibon” Ashraf G‘ani Afg‘onistondan o‘g‘irlab ketgan pullar qaytarilishini talab qildi

    26.09.2021, 22:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.