Toshkent shahri “Olmazor” metro bekatida 13 yoshli qizga behayo harakatlari qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo” so‘roviga ko‘ra Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
IIV Transportda XTBB Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov olib borilmoqda.
Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘lga olingan shaxs ilgari Jinoyat kodeksining 166-(talonchilik), 169-(o‘g‘rilik) hamda 127-(voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangani aniqlangan.
Izoh (0)