Markaziy bank 24-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,05 so‘mga pastlab, 10 670 so‘mni tashkil qildi. Yevro 18,09 so‘mga pastlab, 12 507,37 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,05 so‘mga pastlab, 10 679,05 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga ikkinchi kun pastladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning dastlabki 8 oyi davomida 1 AQSh dollari uchun so‘m almashuv kursi 10449–10683 so‘m oralig‘ida tebranib, yil boshidan beri 2 foizga qadrsizlandi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshdi
Izoh (0)