• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Maroqand neft bazasidagi talon-tarojliklar ortidan 11 nafar xodim ishdan olindi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, moliyaviy va komplayens nazoratni kuchaytirish, korrupsiya va talon-torojliklarga qarshi kurashish, ularning kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olish, pirovard natijada, tizimda moliyaviy barqarorlikka erishishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.

    Navbatdagi shunday tadbirlardan biri, “Maroqand neft bazasi” MChJ (keyingi o‘rinlarda jamiyat deb yuritiladi) va uning filiallarida o‘tkazildi. O‘rganish davomida jamiyatning mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasligi, moliyaviy qonunchilikka rioya etilmasligi hamda tashkilotning moliyaviy holatiga befarqligi oqibatida jiddiy moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

    Masalan, jamiyat va uning filiallariga Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan vaqtinchalik mas’ul saqlashga topshirilgan jami 23 milliard 339 million so‘mlik 3 219,0 tonna avtobenzin mahsulotlariga “xo‘jasizlarcha” munosabatda bo‘lib, belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotib olinmasdan iste’molchilarga yuklab, jo‘natib yuborilgan.

    Buning natijasida, yuzaga kelgan narx tafovutlari orqali jamiyatga jami 2 milliard 666 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tovar-moddiy qiymatliklar, asosiy vositalar va neft mahsulotlaridan jami 844,5 million so‘m miqdorida kamomadlar aniqlandi.

    Ta’kidlash joizki, ayrim mas’ullar tomonidan neft mahsulotlarining hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i sig‘imlarining kalibrovka jadvallari atayin o‘zgartirilib, kamomadlar yashirib kelingan.

    Jumladan, Bulung‘ur filialining mas’ullari tomonidan 2020-yil 15-avgustdan 2021-yil 31-iyulgacha bo‘lgan davrdagi 2 000 kub metr sig‘imda saqlanib kelayotgan Ai-80 K2-L avtobenzin mahsuloti o‘lchash jarayonlarida, mahsulotning ma’lum balandligi (santimetr) bo‘yicha hajm (litr) qoldiqlari noto‘g‘ri ko‘rsatilib kelinganligi natijasida, hisobot davri yakunlariga ko‘ra, o‘tkazib kelingan xatlovlar xatolik bilan o‘tkazilgan. Natijada 145 785 litrdan 750 918 litrgacha nomutanosibliklar xatlovlarda yashirib kelingan.

    Neft mahsulotlarining saqlanishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda jamiyatning Bulung‘ur filialida olib borilgan xatlovlar natijasida 308,6 million so‘mlik 41 296 kg Ai-80 K2-L avtobenzini ortiqcha ekanligi aniqlandi.

    Bundan tashqari, neft mahsulotlarini asossiz ravishda hisobdan chiqarish va ish haqidan bo‘lgan qarzdorliklar bo‘yicha jami 453,4 million so‘m miqdorida moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi.

    Jamiyat filiallari avtoxo‘jaligining mexaniklari va haydovchilari tomonidan jami 148,6 million so‘mlik 24223 litr neft mahsulotlari asossiz ravishda hisobdan chiqarilgan. Masalan, jamiyat avtoxo‘jaligi mexanigi va haydovchilari o‘rtasidagi kelishuv natijasida, aslida gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanishda bo‘lgan yuk avtomashinasiga haqiqatda bajarilmagan qatnovlar bo‘yicha yo‘l varaqalari rasmiylashtirilib, jami 18933 litr 117,1 million so‘mlik benzin yoqilg‘isi mahsuloti noqonuniy hisobdan chiqarilgan.

    Jamiyat va uning filiallarining 2021-yilning 1-sentabr holatiga 33 milliard 384 million so‘m bo‘lib, shundan muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzdorligi 19 milliard 843 million so‘mni hamda bugungi kunda undirish “umidsiz” (korxonalar yopilishi, da’vo muddatlarining o‘tishi va hokazo) bo‘lgan qarzdorlik summasi 14 milliard 234 million so‘mni tashkil etmoqda.

    O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan holatlarni bartaraf etish, xatolikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, istiqbolda bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida amaliy takliflar va tavsiyalar berildi. Aniqlangan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish maqsadida ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

    O‘tkazilgan o‘rganishlar aniqlangan xato, kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari va neft baza jamoasi ishtirokida “Maroqand neft bazasi” MChJda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

    Yig‘ilish davomida xato hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami “Maroqand neft bazasi” MChJning 11 nafar mas’ul mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 6 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, shuningdek, xatoliklarni bartaraf qilish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, tegishli huquqiy baho berish va talon-tarojliklarni kamaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    20.09.2021, 16:30   Izoh (0)   10990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda har yili viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizning to‘lov-kontraktini to‘lab beradi

    20.09.2021, 16:24

    Toshkentda Chirchiq daryosi bo‘yidagi yerlar sotuvga qo‘yilishi boshlandi

    20.09.2021, 16:10

    YHXBB “Xalq so‘zi”ning 36 yoshli muxbiri halok bo‘lgan avtohalokat haqida ma’lumot berdi

    20.09.2021, 15:44

    Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida nutq so‘zlaydi

    20.09.2021, 15:15

    Xorazmda “Xalq so‘zi”ning 36 yoshli muxbiri avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi

    20.09.2021, 14:30

    O‘zbekistonda hafta oxiriga borib harorat yana ko‘tariladi

    20.09.2021, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.