Bugun ertalab O‘zbekiston hududiga janubiy Uraldan salqin havo kirib keldi. Quruq, ammo salqin havo massasining kirib kirishi harorat fonining iqlimiy me’yorlargacha pasayishida aks etdi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 20-sentabr, kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29 darajani, shimolda 22-25 darajani, respublika janubida 32-35 darajani tashkil etadi. Respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Haftaning katta qismida respublika bo‘yicha asosan shunday quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Havo harorati kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari 26-31 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha sentabr oyi oxiri uchun xosdir.
Hafta oxiriga kelib antitsiklon periferiyasi Qozog‘iston hududiga chekina boshlaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va hafta oxiriga 32-35 darajani tashkil etadi.
24-sentabr, juma kuni respublika shimolida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 19-sentabr, yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib, quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqalishini, Yangi hafta boshida esa sovuq antisiklon ta’siri kuchayishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)