• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Yuventus” Ronalduni olib kelib xato qilgandi. Turin klubi Krishtianu sabab o‘z uslubini yo‘qotib qo‘ygani haqida

    “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri 27-avgust kuni Krishtianu Ronalduning ketishini e’lon qildi va o‘sha kuni klubning bir dona aksiyasi 0,78 yevro ko‘rsatkichda yopildi — bu bir kun oldingidan 1,23 foizga ko‘proq. Fond birjasi Krishning Turindan ketishini shafqatsiz baholadi. Uch yil oldin uning “Yuventus”ga kelishi (aksiyalarning 6 foizga oshishi) foydali bo‘lgandi, ketish ham shunday bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rossiyalik tahlilchi Andrey Kleshchenok Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyatiga nazar soldi.

    Ronaldu “Yuventus”ning jamoaviy o‘yinini “sindirdi” va gollari bilan bu kamchilikni yopa olmadi.

    Uch yil avval bu darajadagi yulduzning Turinga kelishi katta sensatsiya bo‘lgandi. Italiya chempioni hali “mahalliy mashina” maqomidan uzoqlashmagan va doimiy grandlarning finallarda qatnashishidan charchagan neytral muxlislarning simpatiyasiga sabab bo‘lgandi. Ronalduning xarid qilinishi jamoa darajasini ham o‘zgartirgandi. “Yuventus” “klub” so‘zining yoniga “super” so‘zini qo‘sha oldi.

    O‘yin rejasida jamoaning maqsadi aniq edi: kuchli jamoaga hal qiluvchi darajadagi dozani qo‘shish va yagona zabt etilmagan cho‘qqi — Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish. Biroq bu amalga oshmadi. “Yuventus” ikki marta pley-offning dastlabki bosqichidayoq musobaqani tark etdi va ichki chempionat dominatori maqomini yo‘qotdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Transferni muvaffaqiyatsiz deb atash uchun negativ sabablar yetarlicha edi hamda bu yoqimsiz yorliq bilan uni Ian Rash va Marselo Salas qatorida “Yuventus” tarixining chang bosgan qismiga yuborish ham mumkin edi. Ammo barchasi oddiy emas. Ronaldu shaxsiyatiga munosabat klubning boshqa futbolchilariga bo‘lgan munosabatdan farq qiladi. Jamoa o‘ylagan maqsadiga erisha olmagan bo‘lsa-da, Ronalduning shaxsiy statistikalari yomon emas.

    Portugaliyalik futbolchining natijalari unga ishonch bildirish uchun tayanch bo‘ladi. 101 ta gol klubning pasayishda ayblayotganlarga javob bo‘la oladi, yana Ronalduni to‘purarlik ko‘rsatkichlari bilan katta foyda bermaganlikda ayblab bo‘lmaydi.

    Bu paytda savolning umumiy va aniq javobi — Ronalduning jamoaga ta’siri. Uning darajasi sokin top-klubni impulsiv va tizimsiz jamoaga aylantirdi. Har doim sinchkov bo‘lgan “Yuventus” kutilmaganda 5 yil ichida jamoaga 11 ta sovrin olib kelgan murabbiyni iste’foga chiqardi, uning o‘rniga jamoani o‘ziga moslab olishi uchun uzoq vaqt talab qiladigan murabbiyni olib keldi. Oradan bir yil o‘tib, murabbiylik faoliyatini endi boshlagan mutaxassisga imkon berish uchun uni ham iste’foga chiqardi. Anyelli 3 yilda 3 nafar murabbiy almashtirdi, bu Ronaldu kelguniga qadar oxirgi 8 yildagidan ham ko‘p edi. Bunday hodisalar kamda-kam tasodif tufayli yuz beradi.

    Portugaliyalikning jamoa murabbiylarining muvaffaqiyatsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri ko‘p muhokama qilindi. Individual mavsumlar bir-biridan farq qiladi. Ronaldu Allegri qo‘l ostida ajoyib o‘yin namoyish etdi, Pirloning murabbiylik davrining birinchi yarim yilligida yomon natijalar qayd etmadi, Sarri davrida esa uning omadsiz natijalari boshlandi: tezkor qayta to‘p oshirishlar, bo‘sh hududlarsiz to‘pga egalik qilishlar fikr va texnika yetishmasligiga olib keldi. Taktik jihatdan chegaralangan to‘purar ikkala fazani ham buzdi — to‘p bilan va to‘psiz: Allegrining total himoyasini e’tiborsiz qoldirdi, Sarrining yuqori bosimi va Pirloning qarama-qarshi pressingini, Sarrining qattiq hujumkor tizimini va Maksning oldindan aytib bo‘lmaydigan moslashuvchanligini yo‘qqa chiqardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ronalduning kamchiliklarini butun Italiya futboli muhokama qildi. Sarri portugaliyalikning Dibala bilan kelishib o‘ynamasligidan shikoyat qildi: “Ron bilan ishlash osonmas. U xalqaro brend, uning shaxsiy qiziqishlari jamoa bilan mos kelmasligi mumkin”.

    Allegri esa Sky Sport efirida: “Jamoadoshlari Ronaldu tashlab ketadigan zonalarni to‘ldirishi lozim. Bir yil ichida bechora Manjukich butun faoliyati davomidagidan ko‘proq masofa bosib o‘tdi”.

    Kassano o‘z odatiga ko‘ra keskin tanqid qildi: “Turinliklar oxirgi 20-30 yilda Italiyada eng yaxshi futbolni namoyish etayotgan murabbiyni iste’foga chiqardi. Uning bittagina muammosi bor edi — u ham bo‘lsa Krishtianu Ronaldu. Sarri va Pirlo bilan ham shu hol yuz berdi. O‘tgan mavsumda “Yuve” rahbarlarining Sarri Ronaldu va bir-ikki futbolchi bilan til topisha olmagani uchun jahli chiqqandi. Klub nima qildi? Yana bir futbol o‘ynashni xohlaydigan murabbiyni olib keldi, Ronalduni esa jamoada qoldirdi. U alohida bir uslubga moslashmagan. Ronaldu rekordlarini yangilashda davom etishi kerak, buning uchun siz unga to‘p uzatib berishga majbursiz. Ronaldu to‘rt yil oldingi futbolchi emas”.

    “Real”da taktik jihatdan kamchiliklarini Ronaldu yuzlab gollari bilan yopardi. “Yuventus”da ham u doimiy va ko‘plab gol urardi, lekin o‘zining madridcha versiyasidan kamroq. U go‘yoki jamoani yetaklayotgandek tuyulardi. Aslida esa unday emasdi.

    Yuqorida keltirilgan savol — nega uning to‘purarlik natijalari taktik negativni keltirib chiqardi — Krishning Italiyadagi faoliyatidan kelib chiqib ikki dalil ko‘zga tashlanadi.

    Birinchisi — uch mavsumda 101 ta gol. Ronaldu har mavsumda o‘rtacha 30 ta gol urdi. Lekin 29 foiz gollar penalti hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Muvaffaqiyatining deyarli uchdan biri yangi qoida tufayli urilgan. (Bu yerda bir narsani aytish mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu “Yuventus”dagi eng yaxshi penalti ijrochisi emas, shuning uchun uning aniqligi jamoaga hech narsa bermadi — usiz ham o‘n bir metrlik jarimalar kam bo‘lmasdi).

    Penaltilarni hisobga olmasa, Ronaldu bir mavsumda o‘rtacha 24 ta gol urgan — eng kam gol urgan mavsumida 22 ta, eng ko‘pi — 27 ta. Krishtianu “Yuventus”ning avvalgi to‘purarlaridan ko‘p gol urmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ronalduning oxirgi ikki yilda Pirlo va Sarri qo‘l ostida o‘zgargan Italiya futbolida o‘ynaganini yodga olish foydasiz, shunday “fora” bilan ham u avvalgi hujumchilardan yaxshiroq natija ko‘rsata olmagan. Iguain va Dibala hujumda kelishib o‘ynay olardi va jamoaning ko‘plab hujumlar uyushtirishini ta’minlardi. Lekin aynan Ronaldu tufayli Gonsalo sotib yuborildi, Dibala chetga surildi. Ronaldu shularga qaramasdan jamoaga katta foyda keltira olmadi. Argentinalik futbolchilar ikki mavsumda penaltilarsiz 87 ta gol urgandi.

    Ronaldu to‘psiz o‘ynash uslubini shunchaki buzib qo‘ydi. Dibala 90 daqiqalik o‘yin davomida o‘rtacha 15,6 marta pressing uyushtirgan. Iguain esa 13,3 marta. Krishtianu ikki barobar kamroq — 7,23 marta. U hujumni yakunlashga kuch saqlab qolish maqsadida to‘pni olib qo‘yishga urinmasdi.

    Ikkinchi dalil — Ronaldu o‘rta chiziq tomonidan kerakli qo‘llab-quvvatlanmagan. “Real”dagi oxirgi mavsumida bir o‘yinda o‘rtacha 9,7 marta raqib jarima maydonida to‘pga tegingan. Turindagi eng yaxshi natijasi 7,5 martani tashkil etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Portugaliyalik futbolchining hujumdagi xavfliligini oshirish va kamchiliklarini to‘ldirish uchun haqiqatan ham sifatli yarim himoya chizig‘i yetishmadi. Bu yerda yana bir narsaga e’tibor qaratish kerak. Xuddi shunday holatda Dibala va Iguain ko‘proq gol urgan bo‘lardi. “Yuventus” Ronalduning faqat muhim pallalarda kerakli bo‘lishini bilgan holda xarid qilgan — muammoli zonalarni yopish o‘rniga ideal ishlab turgan chiziqni barbod qilgan.

    Ronalduning Italiyadagi uch mavsumi — u va klub menejmentining total muvaffaqiyatsizligi. U “Yuventus” uchun o‘zgarishni istamadi. Turin jamoasi esa u uchun bir necha bor o‘zgardi va o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Jamoa Dibala va Iguainning telepatik bog‘lamini yo‘qotdi, Allegrining moslangan taktikasini buzdi, Sarrining yuqori darajadagi rejasiga quloq solmadi — barchasi Iguaindan ortda qolgan (Gonsalo asosiy tarkibda tushgan mavsumlarida 26 ta gol urgan) futbolchi uchun qilindi.

    Agar “Yuventus”ga Ronaldusiz ham yaxshi bo‘lsa, nega usiz o‘tgan o‘yinlarda yomon natijalar qayd etdi, endi bunday bo‘lmasligiga kim kafolat beradi?

    Portugaliyalik futbolchisiz o‘tgan o‘yinlarda qoniqarsiz natijalar — Ronalduning kamchiliklarini yopish uchun yaxshi dalil bo‘la oladi.

    “Yuventus”ning Ronaldusiz ojizligi yaqqol ko‘rinardi. Ayniqsa, Pirlo davrida bu yaqqol sezilardi. Boshqa vaqtlarda bu uncha sezilmagan:
    1. Allegri qo‘l ostidagi birinchi mavsumda portugaliyalik 8 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi — “Yuventus” ularning 5 tasida g‘alaba qozondi va 3 tasida mag‘lub bo‘ldi. Unutmaslik lozim, mag‘lubiyatlarning bittasi turinliklar allaqachon chempionlik masalasi hal etgan, tarkibga yoshlar jalb etilgan o‘yinda sodir bo‘lgandi. Boshqa urinishlardan Ronaldusiz jamoa o‘rtacha har bir o‘yinda 2,14 ochko jamg‘argan. U bilan esa — 2,2. Ustunlik u tomonda, lekin ba’zi o‘yinlarda u zaxiradan maydonga tushgani, jamoa usiz ham natijaga erishib bo‘lganini unutmaslik lozim.
    2. Ikkinchi yili esa u 6 ta o‘yinda maydonga tushmadi. “Yuventus” 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va bitta, shu ham chempionatning oxirgi turida ikkinchi tarkib bilan mag‘lubiyatga uchragan. Sarri har bir o‘yinda o‘rtacha 2,6 ochko jamg‘argan. Ronaldu bilan esa bu ko‘rsatkich 2,15 ni tashkil qiladi. Mauritsio Krishtianusiz yaxshiroq harakat qilgan ekan.
    3. Pirlo davrida esa jamoa Ronaldusiz o‘rtacha 1,5 ball to‘plagan. Andrea butun o‘yinni Ronaldu atrofida qurardi. Shuning uchun hujumchi Pirlo davrida ko‘proq gol urgan. Ammo bu yarim mavsum davom etgan. Chempionlar Ligasidagi “Portu”ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Andrea uslubni o‘zgartirdi va bir futbolchiga bog‘lanib qolishni kamaytirdi. Bahorda turinliklar Ronaldusiz yaxshiroq o‘ynadi. Pirlo “Inter”ni mag‘lub etdi, Kubok bahsida “Atalanta” taslim etildi, “Bolonya” va “Latsio” ham Ronaldusiz mag‘lub etildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Umumiy olganda dalillar reallikdan sal uzoqlashtirildi. Uch yilning ko‘p qismida “Yuventus”  Krishtianuning yo‘qligini sezmadi ba’zida esa uning yo‘qligi o‘sishga ham olib keldi. Bu yaxshi alomat. Agar turinliklar Ronaldusiz harakat qilishni qisqa muddat ichida yaxshi eplagan bo‘lsa, u holda uzoq davr mobaynida ularni rivojlanish kutib turibdi — axir tizimni yo‘l-yo‘lakay o‘zgartirgandan ko‘ra, uni noldan qayta qurish osonroq.

    Allegrining “Yuventus”i o‘ziga xos edi. Endi uning analogini yaratish mumkin

    “Yuventus” qanday bo‘lishini hozir aytish qiyin. Kamida qishgacha kutish kerak. Endi Maks o‘tgan galgidek butun Yevropani qo‘rqita oladigan jamoa tuzishda hech qanday to‘siqqa uchramaydi.

    “A Seriya qoyilmaqom ijrochini yo‘qotdi. Balki, eng zo‘rini. Lekin futbolni o‘n bir kishi o‘ynaydi. ‘Yuventus’ kuchsizlandimi? Agar siz futbolni individual sport turi desangiz, ha. Lekin uni jamoaviy o‘yin desak, bu transfer jamoaga yorqinroq kelajak va’da qiladi. Ronaldusiz qolganlar mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishiga to‘g‘ri keladi. Bu ‘Yuventus’ uchun yaxshi. Endi ularda futbolchilar rivojlanishi uchun hamma narsa bor, ular haqiqiy jamoaga aylanishi uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Faqat mana shu yo‘l bilan Yevrokuboklarda yetakchilik qilish mumkin”, — dedi Arrigo Sakki Ronalduning transferi haqida.

    Allegri — mukammal murabbiy. U Sakkiga o‘xshab italyancha fikrlashni ilgari surmadi, Gasperini singari ultrahujumkor uslub deb bosh qotirmadi, Sarri ruhida avangard suratini yaratmadi. Uning jamoasi boshqalarnikiga qaraganda oddiyroq ko‘rinadi.

    Ehtiyoj topqirlikni kuchaytiradi va Allegri buni boshqalardan ko‘ra ko‘proq biladi. Har yili u Marottadan tayanch yarim himoyachisi va “o‘ninchi raqam” so‘rar, evaziga navbatdagi yetakchisini yo‘qotardi, lekin matbuot anjumanida shikoyat qilishning o‘rniga, o‘sha vaziyatda g‘alaba qilishga o‘rgandi. Uning “Yuventus”i o‘yin davomida sxemani muntazam o‘zgartirib turardi, uch himoyachi to‘rt—besh himoyachiga o‘zgaradi yoki aksincha. Bu esa raqiblarga jumboqni keltirib chiqaradi. Futbolchilar ham o‘yin davomida rollarini o‘zgartirib turadi. Allegri Chempionlar Ligasi yarim finalini Sturaroni asosiy tarkibda tushurib yutib ketdi, chunki har bir bosqichda u pozitsion ustunlikni saqlab qoldi: jamoa ijrochilarning ustunligidan foydalanib, zaif jihatlarni yashira oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Maksning hikoyasi — mavsum boshida hech kimdan farq qilmaydigan, lekin yakunda muvaffaqiyatga erishishdir. U asosiy futbolchisini yo‘qotdi, jamoani qayta qurishi kerak. Har doimgidek. Avvallari murabbiy birinchi davrani tajriba sifatida o‘tkazib yuborardi va qishga yaqin yengilmas jamoani yaratardi, lekin bu safar qiyin bo‘ladi. Allegri plyajda juda ko‘p vaqt ushlanib qoldi. Italiya futboli o‘zgardi, sifatli va agressiv ko‘rinish oldi, endi uning asosiy e’tibor qaratadigan pozitsiyasi — himoyani tuzatish uchun ham ancha vaqt ketadi.

    Bu chaqiriq esa Ronaldu transferidan ham jiddiyroq. Lekin Allegrida Dibala va Kyeza, yana Lokatelli bor. Maksning navbatdagi kurashi mavsumning asosiy intrigalaridan biriga aylanishi mumkin.

    19.09.2021, 14:34   Izoh (0)   59731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Akrom Xo‘jayev va Javohir Esonqulovni ‘dubinka’ bilan urishgan. Jamoa sardori Asror G‘ofurov ularni ushlab turgan”. “Surxon” sobiq futbolchisi Javohir Esonqulovni...

    19.09.2021, 01:24

    A Seriya. “Inter” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

    18.09.2021, 23:28

    La Liga. “Atletiko M” o‘z maydonida “Atletik B”ni yenga olmadi

    18.09.2021, 22:44

    O‘zbekiston futzal terma jamoasi Misrni mag‘lub etib, ilk marta Jahon chempionatining pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    18.09.2021, 21:45

    APL. “Liverpul” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Manchester Siti” esa kutilmaganda ochko yo‘qotdi

    18.09.2021, 21:22

    Bundesliga. “Bavariya” musobaqa debyutanti darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

    18.09.2021, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.