• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni to‘xtatadi

    Jahon banki Doing Business (Biznes yuritish) reytingini tuzishni to‘xtatmoqchi, deb yozadi “Interfaks”.

    Foto: Sunnewsonline

    Foto: Sunnewsonline

    Jahon Banki xabarida aytilishicha, Doing Business taqdiri to‘g‘risidagi qaror avvalgi yillarda ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishi holatlarini o‘rganib chiqqan guruh menejmenti tomonidan qabul qilingan. “Jahon banki guruhining tadqiqotlariga nisbatan ishonch juda katta ahamiyatga ega”, — deyiladi relizda.

    So‘nggi marta reyting 2019-yilda e’lon qilingandi, keyin bir yillik tanaffus bo‘lgan: rahbariyat Doing Business reytingini tayyorlash jarayonida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan audit natijalari bilan tanishdi.

    O‘tgan yili Jahon banki reyting vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan, Doing Businnes’ni yopish rejalari haqida esa e’lon qilmagandi, aksincha, keyingi hisobot 2021-yilda chop etilishini va’da qilgan.

    “Doing Business to‘g‘risida hozirda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan, audit va tekshiruv natijalarini, shuningdek, bugun bankning direktorlar kengashi nomidan topshirilgan hisobotni o‘rganib chiqib, Jahon banki guruhi menejmenti Doing Business hisobotni chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi”, — deyiladi bayonotda. Jahon banki biznes va sarmoyaviy muhitni baholashda yangi yondashuv ustida ishlaydi.

    Jahon banki e’lon qilgan WilmerHale firmasining 16 sahifali hisobotida aytilishicha, yanvar oyida Jahon banki uni 2017- va 2019-yillar yakunlari bo‘yicha Doing Business’ni tayyorlash chog‘idagi qoidabuzarliklarni tekshirish uchun yollagan. Bu qoidabuzarliklar 2017-yilgi tahlilda Xitoyning reytingiga, 2019-yilgi reytingdagi Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining o‘rniga ta’sir ko‘rsatgan.

    Xususan, hujjatda ta’kidlanishicha, reytingda Xitoyni yuqoriga ko‘tarish zarurligi haqidagi ichki munozaralarda Kristalina Georgiyeva faol ishtirok etgan. Bu diskussiya Jahon bankining kapitalini ko‘paytirish (bunda Pekin muhim rol o‘ynagan) muhokamasi fonida bo‘lib o‘tgan.

    Georgiyeva hozirda Xalqaro valyuta fondining boshqaruvchi direktori, 2017-yilda esa Jahon banki guruhining ijrochi direktori bo‘lgan. Muhokamalar uzoq davom etgan, ularning doirasida Georgiyeva hatto Doing Business’ni yuritish uchun mas’ul xodimning uyiga ham tashrif buyurgan. (Georgiyevaning o‘zi WilmerHale bilan suhbatda bu uning faoliyatidagi yagona shunday hodisa ekanini aytgan). Oxir-oqibat Xitoyning reytingdagi o‘rni 85-dan 78-o‘ringa ko‘tarildi.

    Bir yil oldin Xitoyning reytingdagi o‘rni aynan shu yo‘nalishda, ya’ni guruhning yuqori menejerlari aralashuvi natijasida qilingan “tuzatishlar” bilan belgilangan, bu esa Xitoyning avvalgi reyting bilan salbiy taqqoslanishini oldini olgan.

    O‘zbekistonda Doing Business reytingiga katta e’tibor beriladi. Mamlakatning ushbu reytingda o‘rinini yaxshilash uchun 2018-yildan buyon oltita hujjat qabul qilingan. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning yozida Doing Business’da O‘zbekistonning reytingini oshirish to‘g‘risida qaror imzolagan edi. Moliya vaziri o‘rinbosari Odil Isoqov ushbu reyting bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilsa, xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam berishini aytgandi.

    Doing Business 2020 reytingida O‘zbekiston 190 ta davlat ichida 69-o‘rinni egallagandi. Mamlakat o‘tgan yilgi reytingga nisbatan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, Indoneziya va Lyuksemburgni ortda qoldirdi.

    Rossiya 2012-yilda reytingda atigi 120-o‘rinni egallaganidan so‘ng, Doing Business’dagi o‘sish rossiyalik amaldorlar uchun Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)ga aylandi: Vladimir Putin olti yil ichida reytingdagi kuchli 20 talikka kirish haqida buyruq berdi. Natijada, Rossiya yuqori pog‘onaga ko‘tarildi, ammo vazifa oxirigacha bajarilmadi: 2018-yilda Rossiya 31-o‘rinni egalladi. 2019-yilning bahorida kuchli 20 talikka chiqish maqsadi yana oldinga qo‘yildi, bu safar prezident topshirig‘ining ijrosi 2024-yilga to‘g‘ri kelayotgandi. 2019-yil oktabr oyida e’lon qilingan, endi ma’lum bo‘lishicha, tarixdagi so‘nggi Doing Business reytingda Rossiya uch pog‘onaga ko‘tarilib, 28-o‘rinni egallagan.

    Doing Business dunyo mamlakatlaridagi biznes yuritish sharoitlarini baholaydi. Tadqiqot mualliflari dunyoning 190 ta davlatini biznesni tartibga solish bo‘yicha 10 ta mezonga ko‘ra joylashtirgan: yangi biznesni ochishga sarflangan pul va vaqt; qurilish ruxsatnomalarini olish, elektr infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati, mulk huquqlarini ro‘yxatga olish, kredit olish, minoritar investorlar huquqlarini himoya qilish, soliqlarni to‘lash, xalqaro savdoni o‘tkazish, shartnomalarning bajarilishini ta’minlanishi va nihoyat bankrotlik protseduralari.

    Doing Business reytingi birinchi marta 2002-yilda e’lon qilingan.

    17.09.2021, 12:35   Izoh (0)   13411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda yana bir sobiq bosh vazir hibsga olindi

    17.09.2021, 11:39

    “Rossiya va AQSh rahbarlarining Jenevadagi uchrashuvi jahon geosiyosatida ijobiy o‘zgarish bo‘ldi” — Qozog‘iston prezidenti

    16.09.2021, 22:59

    Shimoliy Koreya ballistik raketalarni qanday maqsadda uchirganini ma’lum qildi

    16.09.2021, 21:11

    Tojikistonda bolalar koronavirusga qarshi emlanadi, JSST “Sputnik V”ni ma’qullash jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Koronaxabarlar

    16.09.2021, 20:26

    Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi. Turkmanistonda yana nimalar man qilingan?

    16.09.2021, 19:16

    Ahmad Mas’ud Yevroparlamentda nutq so‘zlashga taklif etildi, ayollar uchun sport taqiqlangach, futbol bo‘yicha qizlar termasi Pokistonga ko‘chib ketdi. Afg‘oniston...

    16.09.2021, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.