• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ahmad Mas’ud Yevroparlamentda nutq so‘zlashga taklif etildi, ayollar uchun sport taqiqlangach, futbol bo‘yicha qizlar termasi Pokistonga ko‘chib ketdi. Afg‘oniston yangiliklari

    Ahmad Mas’ud Yevroparlamentga taklif qilindi

    Yevroparlament Afg‘oniston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi, u Panjsherdagi “Tolibon”ga qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas’udni Yevroparlament va Yevroittifoq Kengashi sessiyalariga taklif qilishni ko‘zda tutadi.

    Foto: Asia Plus

    Foto: Asia Plus

    “Kelinglar, afg‘on qarshilik frontining bahodir yetakchisini bundan 20 yil avval afsonaviy otasini taklif qilganimiz kabi Yevropa parlamentiga chaqiramiz. Afg‘oniston uchun yaxshiroq kelajak umidi hali o‘lgani yo‘q”, — dedi Yevroparlamentning Niderlandiyadan deputati Bart Grutxeys.

    Panjsher xalq lashkari yetakchisi Yevroparlament taklifini qabul qilish-qilmasligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Ahmad Mas’udning o‘zi Yevroparlament rezolyutsiyasi yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

    Mavzuga doir: Tojikistonda Panjsher va Afg‘oniston qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazildi (foto va video)

    Futbol bo‘yicha Afg‘oniston ayollar termasi Pokistonga ko‘chib ketdi

    Futbol bo‘yicha Afg‘oniston ayollar terma jamoasi Pokistonga jo‘nab ketdi, bu haqda Pokiston axborot vaziri Favad Chaudri ma’lum qilgan.

    “Biz Afg‘onistonning ayollar futbol jamoasiga xush kelibsiz deymiz, ular ‘Torxam’ nazorat-o‘tkazish punktiga yetib keldi”, — degan vazir.

    Avvalroq “Tolibon” madaniyat komissiyasi rahbari o‘rinbosari Ahmadulla Vosiq Avstraliyaning SBS News telekanaliga bergan intervyusida Afg‘onistonda ayollar, shu jumladan, milliy terma jamoalari sportchilari sport bilan shug‘ullana olmasligini aytgandi. “Islom va Islom amirligi ayollarga ularning yuzi va qomati ko‘rinadigan har qanday sport turi bilan shug‘ullanishni taqiqlaydi”, — degandi Vosiq. Shuningdek, uning qayd etishicha, islom ayollarga faqat zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqishga ruxsat beradi, sport esa zarurat hisoblanmaydi.

    Vosiqning aytishicha, “Tolibon” bu masalada murosaga bormaydi va bu hatto musobaqalarni tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarsa ham, “islom qadriyatlariga xiyonat qilmaydi”.

    Mavzuga doir: “Ularning hayoti xavf ostida”. “Tolibon” hukumatni egalladi, endi Afg‘onistonda ayollar futboliga nima bo‘ladi?

    “Tolibon” Afg‘onistonda tinchlik vazirligining barcha idoralarini yopdi

    “Tolibon” harakati Afg‘oniston Tinchlik vazirligining barcha hududiy idoralarini yopdi. Markaziy idoradagi ish to‘xtatildi, deya ma’lum qildi Bomiyon viloyatidagi muassasa rahbari Najibulla al-Kozay. Tinchlik vazirligi 2020-yilda “Tolibon” bilan yarashuv bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish uchun tuzilgan edi.

    Barcha hududiy idoralar yopildi. Viloyatlardagi vazirlik xodimlari Kobulga ketdi, markaziy ofisdagi ish to‘xtatildi”, — dedi Kozay. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan buyon qariyb ming kishi maosh olmayapti. Bomiyonda “Tolibon” binoni egallab olgan va barcha uskunalarni musodara qilgan.

    Tinchlik vazirligi 2020-yil yanvarida sobiq prezident Ashraf G‘ani farmoni bilan tashkil etilgan edi. Muassasaning hududiy idoralari yettita viloyatda faoliyat olib borgan. Hukumat almashgach, vazirlik toliblar va mahalliy jamoalar oqsoqollari va yetakchilari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazgan.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘onistondagi OTMlar faoliyati bir hafta ichida qayta boshlanishini ma’lum qildi

    “Tolibon” Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari sobiq ofitserini qatl qildi

    “Tolibon” harakati a’zolari afg‘on harbiylariga amnistiya e’lon qilish haqidagi va’dalariga qaramasdan, Hirot viloyatida Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari sobiq ofitseri Zalmay Achakzayni o‘ldirdi.

    Shuningdek, ba’zi xabarlarga ko‘ra, Nangarhor viloyatida bir bola va bir ayol toliblar tomonidan o‘ldirilgan, ular jangarilar otishmalari oqibatida halok bo‘lgan.

    “Tolibon” hozircha bu ma’lumotni tasdiqlagani yo‘q, ammo ularning ba’zilari aholi tomonidan qo‘lga olinib, mahalliy hukumatga topshirilgan. Nangarhor viloyati gubernatori bola va ayolning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlanganini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlar uchun umumiy amnistiya e’lon qildi

    “Tolibon” sobiq amaldorlarning pul va oltinlarini musodara qilish bo‘yicha reyd o‘tkazdi

    Toliblar Afg‘oniston sobiq amaldorlaridan naqd pul va oltin ko‘rinishida 12 million dollardan ortiq mablag‘ni musodara qildi.

    Mamlakat Markaziy banki bayonotida aytilishicha, Afg‘oniston jiddiy naqd pul yetishmovchiligiga duch kelgani tufayli afg‘on hukumatining sobiq a’zolariga nisbatan reydlar chog‘ida pul mablag‘lari musodara qilingan.

    Pullar Milliy xavfsizlik boshqarmasidagi yuqori mansabli amaldorlardan kelib tushgan. Toliblarning o‘zlari bankka naqd pullarni yetkazayotib, ular har bir sohada shaffoflik tarafdori bo‘lgani uchun mablag‘ni bank g‘aznasiga topshirganini ta’kidlagan.

    Ta’kidlanishicha, “Tolibon” istilosidan keyin mamlakat banklari dollar tanqisligini boshdan kechirmoqda va ularning ba’zilari yopilish arafasida turibdi. Qiyinchilikka duch kelgan banklar naqd pul yetishmovchiligi haqida toliblarga ma’lum qilganidan keyin ular sobiq hukumat amaldorlari aktivlarini tekshirishni boshlagan.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘oniston sobiq vitse-prezidentining oltinlarini olib qo‘ydi va odamlarni qatl qilishni boshladi. Afg‘oniston yangiliklari

    16.09.2021, 18:35   Izoh (0)   37027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navalniy, shahzoda Garri va Megan Markl, Mulla Abdulg‘ani Barodar va boshqalar. Time talqini bo‘yicha dunyoning 100 nafar eng nufuzli odamlari ro‘yxati e’lon qilin...

    16.09.2021, 16:34

    Turkmaniston chegarasida O‘zbekistondan noqonuniy ravishda qaytayotgan turkmanistonliklar qo‘lga olindi

    16.09.2021, 15:12

    AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya AUKUS mudofaa alyansini tuzdi

    16.09.2021, 13:26

    Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘z lavozimidan ozod etildi. “Tolibon” Kobulni egallayotgan paytda u Kritda dam olayotgan edi

    16.09.2021, 12:55

    Instagram o‘smirlarga ziyon keltirishini Facebook biladi, ammo buni sir saqlamoqda. Kompaniyaning foydalanuvchilar ruhiy salomatligi bo‘yicha tadqiqotlari natijala...

    16.09.2021, 11:43

    SpaceX tarixdagi birinchi noprofessional ekipajni koinotga uchirdi (video)

    16.09.2021, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.