Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ebru Shahin va Akin Akinozuning karyera borasida mashhurlikka erishishiga sababchi bo‘lgan “Beqaror” seriali o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Daily Sabah

Foto: Daily Sabah

69 qismdan iborat, 3 fasl davom etgan serialda Miran va Reyyan juftligini gavdalantirgan yulduzlar so‘nggi vaqtda o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sabab o‘z qahramoni bilan hamkasbining ismini tilga olmagan holda xayrlashishni ma’qul bilgan.

Foto: Daily Sabah

Foto: Daily Sabah

Akin Instagram sahifasida rolini ijro qilish davomida sevishning buyuk kuch ekani va sevilish eng qiymatli ekanini ko‘rsatgani uchun Miranga minnatdorchilik bildirgan.

https://www.instagram.com/p/COGGvt6HFXF/

“Eng muhimi, men sevgan va meni sevgan insonlar oldida mas’uliyatni bilmasdan turib haqiqiy erkak bo‘lmasligimni o‘rgatding. Sen sabab oilam borligini his qilish hamda yaqinlarimning qadrini bilishni va mo‘jizalarga ishonishni o‘rgandim. Bilasanmi, aynan sen tufayli taqdirimdan minnatdor bo‘lishim uchun ko‘plab sabab borligini tushunib yetdim”, — deb yozgan aktyor, Miran va u bir-birlarini to‘ldirganlari, shuningdek, endi otlangan yo‘llarining so‘ngiga yetib kelganlarini qo‘shimcha qilgan.

Foto: Daily Sabah

Foto: Daily Sabah

Ebru Shahin ham Reyyan bilan o‘zining Instagram sahifasida vidolashgan. Suratga olish ishlari iqlimi yomg‘irli, bahorda qahva rangi singari jigarrang ko‘rinishda bo‘ladigan, odamlari kambag‘al, ammo mehribon yerlarda kechganini ta’kidlash bilan xayrlashish maktubini boshlagan Ebru serial ijodkorlari ba’zida o‘qigan, eshitgan ammo haqiqiy insonlar hikoyasi bilan bo‘lishganini ma’lum qilgan.

https://www.instagram.com/p/COGOD0AAPKc/

“Mening Reyyanim, sen meni o‘stirib, chegara nima ekanligini o‘rgatding. Men esa senga chegaralarni bosib o‘tishga yordam berdim. Sen meni yomonliklarga tabassum bilan sukut saqlab, hammasini vaqtga tashlab qo‘yish, sabrli bo‘lishga, men esa adolat qidirish uchun gapirishga o‘rgatdim seni. Endi yovuz kimsaning qasrida emas, o‘z hikoyangdagi saroydasan”, — deb yozgan aktrisa gavdalantirgan qahramoni bolalarni sevishga, ayollarni esa jasoratli bo‘lishga o‘rgatishiga umid qilishini bildirgan.

Foto: Daily Sabah

Foto: Daily Sabah

“Boshidan bizning yonimizda bo‘lgan muxlislarimiz hamda qadrli hamkasblarimga hayoti davomida go‘zalliklar va sevgi bilan yuzlashtiradigan yo‘llarni topishini tilayman. Meni tinglagan va tushungan barchaga rahmat”, — degan Ebru.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi