• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Prezidentga qaraydigan shifokor ham yordam bera olmagan”. Mahmud Namozov 12 yoshli o‘g‘lining bevaqt o‘limini iztirob bilan yodga oldi (video)

    O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov “Chotki TV” YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida xonanda bir necha yil avval farzand dog‘ini ko‘rgani haqida iztirob bilan so‘zlab berdi.

    “Bu voqea Toshkentga endi kelganimda yuz bergan. Surxonda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega edim. Toshkentga kelib, katta qozonda ham qaynab ko‘raylik deb, shu yerga kelganmiz va jarga qulab ketganmiz. Hech kim bizga yordam bera olmagan. Oldin bizga yordam beramiz, degan odamlar sekin o‘zlaridan chetlashtirgan. Ikki o‘g‘lim Uspenskiy nomidagi musiqa maktab-internatida o‘qirdi. olti kun o‘qish, bir kun uyga dam olishga kelardi. Katta o‘g‘lim 14, ikkinchim 12 yosh. Kattam barabanda, ikkinchim violonchelda o‘qiydi. Qishki ta’tilda uyga kelganida kichkinam faqat yotib uxlaydi. Biz uning nega buncha ko‘p uxlashini tushuna olmaymiz. Keyin bilsak, u gepatitning og‘ir formasiga chalingan ekan. Bilmay qolibmiz. U yoq, bu yoqqa ko‘rsatgunimizcha, 5-10 kun ichida bola ko‘z o‘ngimizda o‘lib qoldi. Hech narsa qila olmay qoldik. Endi u paytdagi dod-voyni ko‘rsangiz edi, ahvolimiz juda abgor edi. Pulim, imkoniyatim bor, lekin hech narsa yordam bera olmadi. O‘sha paytda prezidentga qaraydigan shifokor ham kelib ko‘rib, kech qolganimizni aytdi. Sariq kasalning og‘ir formasiga uchragan ekan, bolamiz qo‘limizda jon berdi. Surxondaryoga qo‘yib kelishimiz kerak. Shunaqa qalin qor yog‘gan, tizza bo‘yi keladi. Uch mashinaga bo‘linib, yo‘lga chiqdik. Yo‘llar yaxmalak, yurib bo‘lmaydi. Soatiga 20-30 kilometr tezlikda yuryapmiz. Haydovchilar charchab, holdan toyib qoldi. O‘g‘lim mening mashinamda. Haydovchilar choy ichishga tushib ketdi. Tasavvur qiling, mashinada o‘tiribsiz, tushirilgan old o‘rindiqda bolangizning tanasi yotibdi. Shu paytda Toshkentga borib, nima topdim, degan o‘ylar o‘tgan xayolimdan. Shuning uchun keldimmi, deganman”, — deya hikoya qiladi Mahmud Namozov.

    Xonandaning aytishicha, farzandining o‘limidan so‘ng u qattiq tushkunlikka tushib qolgan.

    “Toshkentga qaytib, o‘g‘limning yettisini berdik. O‘sha paytda hayot to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ikki-uch kun uyda faqat yotganman. Ayolim o‘shanda tug‘ruqxonada ishlardi. U ishga chiqib ketdi. Bir kuni u ishdan keldi-da, qachongacha yotasiz, bo‘ldi endi, qolganlariga umr bersin, dedi. Aslida, u mendan ko‘proq kuyishi kerak, lekin u menga dalda bo‘lgan. Bu voqeani eslashni ham xohlamayman. Hozir eslayotganim — boshingizdan o‘tkazganingizni kimgadir aytsangiz, unga foydasi tegishi mumkin. Kimdir otasini yo‘qotadi, kimdir pulini, kimningdir uyi yonib ketadi, hayotda yo‘qotishlar bo‘ladi, lekin bu degani hayot tugadi, degani emas, Allohning ishiga hech qachon shak keltirish kerak emas. Hayot sinovlaridan munosib o‘tsakkina, ularning orqasidan bizga mukofot beriladi”, — deydi xonanda.

    Mavzuga doir: Mahmud Namozov: Yaqin o‘tmishda bunday keng ko‘lamli ko‘ngilsiz holat kuzatilmagandi

    16.09.2021, 12:24   Izoh (0)   55586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britni Spirs Instagram sahifasini o‘chirib yubordi

    16.09.2021, 10:55

    Epizod uchun million. Halit Ergench, Burak O‘zchivit va boshqa turk yulduzlari qancha gonarar oladi?

    16.09.2021, 08:58

    Instagram: Avariyaga uchragan aktrisa, yangi qo‘shiq kuylagan Zarina, Jahongir Xo‘jayev uy sotib oldi

    15.09.2021, 22:28

    “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi

    15.09.2021, 11:56

    The Sun nashri: Merilin Monro o‘zga sayyoraliklar tufayli o‘ldirilgan

    15.09.2021, 09:53

    Instagram: Bitta piardan 30 ming dollar topadigan Ahad Qayum, “O‘zbekiston go‘zali”ga gap otgan Yigitali Mamajonov, Dildora Niyozovaga turmush o‘rtog‘ining syurpri...

    14.09.2021, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.