Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tadbirkorning 33 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati.
Qayd etilishicha, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.S. “X.B.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar olib kelib sotishni taklif qilgan. Shu orqali ko‘rilgan foydadan ma’lum qismini berib turishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan uning 33 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
X.S. olgan barcha pullarini 1XBet internet o‘yinlarida yutqazib qo‘ygani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Buxoroda ayolining 1,2 mln so‘mini o‘g‘irlab, uni ko‘ngilxushlikka sarflab yuborgan erkak buni yashirish uchun o‘zini o‘zi kaltakladi
- Toshkentda rahbarining 6 mln so‘m pulini totalizatorga tikib, yutqazib qo‘ygan yigit o‘zini pichoqladi
- Samarqandda o‘g‘irlagan qariyb 20 mln so‘mini totalizatorga tikib yuborgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Izoh (0)