• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Milliy tiklanish” partiyasi TikTok’ni bloklashni taklif qildi

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi.

    Feruza Muhammadjonova

    Feruza Muhammadjonova
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni Navoiy shahridagi ikki o‘quvchi qiz TikTok ijtimoiy tarmog‘ida nojo‘ya so‘zlarni namoyish qilib, uni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqargan. Huquq tartibot organlari bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat Navoiy shahridagi 10-maktabda 16 yoshli o‘quvchilar ishtirokida huquqshunoslik darsi paytida sodir bo‘lgan.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi xabarlarda bu holat 8-sentabrda sodir bo‘lgani va shu kunning o‘zida yuzaga kelgan vaziyat maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga muhokama qilingani va holat bo‘yicha huquqbuzarlarning uzr so‘ragani aytilgan. O‘quvchilar esa bu harakati bilan shunchaki hazillashmoqchi bo‘lishganini qayd etgan.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ma’lum qilishicha, mazkur masala jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan ushbu vaziyatni umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitning nosog‘lomligidan, tarbiya jarayonining yetarli darajada tashkil etilmayotganidan dalolat beruvchi ayanchli holat deb baholaydi.

    “Afsuski, hozirda odob-axloqqa zid harakatlar media makonida urchib yotibdi. Ko‘p holda videoroliklarning asosiy qahramonlari maktab o‘quvchilari ekanligi masalaga yechim beradigan va uning ijrosini ta’minlaydigan soha vakillarini chuqurroq o‘ylantirishi kerak.

    ‘Milliy tiklanish’ demokratik partiyasi ushbu holat bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari suradi:

    Birinchidan, kechirim so‘rash urf, lekin u O‘zbekiston qonunchiligida jazo chorasi sifatida huquqiy oqibatni tug‘dirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, voyaga yetmaganlar tomonidan qilinadigan bunday xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish kerak.

    Ikkinchidan, kechirim so‘rash bugun jamiyatimizda tobora odatga aylanib qoldi. To‘g‘ri, kechirim so‘rash odati bizning jamiyatimizda qadriyat darajasida e’zozlanadi, biroq ayni kunda uni suiiste’mol qilish kundalik hayotimizda kuchayib bormoqda. Shu o‘rinda har bir fuqaro qonun oldida bir va teng javobgar ekanligini unutmasligi lozim. Zero O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: ‘O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar’, deb qayd etilgan.

    Uchinchidan, partiya aksariyat holda huquqbuzarliklarni namoyish etish hisobiga o‘z o‘quvchilarini ko‘paytirayotgan TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb hisoblaydi va shu bois ushbu tarmoq faoliyatini butunlay cheklash tarafdori.

    Zero OAV sohasidagi tadqiqotlar va kundalik hayot bugun, eng avvalo, maktab o‘quvchilari unga ipsiz bog‘langanlarini ko‘rsatmoqda. Yoshlarni ma’naviy olamiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan videokontentlar zararini bugun xolis baholash fursati yetdi. Biz tarbiyani ochiq axborotlar evaziga boy bermasligimiz kerak. TikTok’ka o‘xshagan axborot manbalari hisobiga to‘g‘ri kelayotgan infoepidemiyaning oldini olish uchun qonuniy choralar kuchaytirilishi kerak.

    To‘rtinchidan, partiya tarbiya fanini o‘qitish borasida parlament nazoratini doimiy ravishda kuchaytirib boradi va oliy ta’lim muassasalarida tarbiyachi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan fakultetlarni joriy qilish ishlarini jadallashtirish lozim deb hisoblaydi (Afsus, mana ikki yildirki ushbu masala yuzasidan hukumat qarorining ijrosi paysalga solinmoqda).

    Navoiyda so‘kong‘ich qizlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisa nafaqat ta’lim, mahalla, huquq tartibot idoralari mutasaddilari, balki yoshlar tarbiyasiga bevosita mas’ul tashkilotlarga va keng jamoatchiligimizga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi darkor.

    Biz farzandlar kamolotiga to‘sqinlik qiladigan har qanday xavflarni o‘zimiz aniqlab, uni hamkorlikda bartaraf etib, maktabni chin ma’noda ta’lim-tarbiya o‘chog‘iga aylantirishimiz mumkin. Bu borada jadidimiz Fitratning ‘Oiladagi yaxshi tarbiya maktab uchun katta madad’ ekanligi haqidagi fikrlarini hisobga olib harakat qilishimizdan boshqa chora yo‘q!”, – deb yozadi Feruza Muhammadjonova.

    Mavzuga doir:

    • Qarshida YPX xodimlari formasida videorolik tayyorlagan tiktokerlar jarimaga tortildi
    • Turkiyada TikTok uchun videorolik olayotgan 23 yoshli qiz tomdan tushib ketib halok bo‘ldi (video)
    • O‘zbekistonda faoliyati rasman cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilindi

    13.09.2021, 18:14   Izoh (0)   17168
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun pastladi

    13.09.2021, 17:17

    Zo‘r maosh va tinchlikparvar kuchlarning tinchlikbuzar shovqini. Xonobodliklar 9/11 dan keyin ochilgan AQSh aviabazasini qanday eslaydi?

    13.09.2021, 16:47

    AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqib ketishni boshladi — Reuters

    13.09.2021, 16:36

    Jurnalist va blogerlarga tahdid qilgan farg‘onalik bosh shifokor vazifasidan ozod qilindi

    13.09.2021, 15:34

    O‘zbekistonga 1,2 mln dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelindi

    13.09.2021, 14:39

    O‘zbekistondagi 6 ta bojxona posti tugatiladi

    13.09.2021, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.