• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish holatini o‘rgandi.

    Boshqaruv raisi boshchiligida 2021-yildagi ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi, innovatsion rivojlanish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, kapital qurilish dasturlari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

    Zavodning so‘nggi 8 oylik rejali ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasida hisobot berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida xomashyo qayta ishlash bo‘yicha yanvar-avgust davri uchun reja 849,0 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 951,9 ming tonna qayta ishlandi yoki reja 112,1 foizga, 2020-yilga nisbatan esa 78,0 foizga bajarilgani, avtobenzin ishlab chiqarish bo‘yicha reja 484,1 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 571,8 ming tonna ishlab chiqarildi. Natijada reja 118,1 foizga 2020-yilga nisbatan 103,3 foizga bajarilgani e’tirof etildi.

    O‘tgan davr mobaynida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi natijasida, 73,0 ming tonna AI-91, 26,1 ming tonna AI-92, 2,8 ming tonna AI-95, shundan 852 tonnasi QuWatt rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilib, dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha reja 124,5 ming tonna belgilangan. Amalda 177,5 ming tonna ishlab chiqarilib, reja 142,6 foizga, 2020-yilga nisbatan 44,2 foizga bajarildi. Shu jumladan, 29,8 ming tonna Yevro–4, 22,7 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilgan.

    Uchrashuvda zavod mutaxassislar guruhining “Taneko” AJ kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va tajriba almashinish maqsadida Tatariston Respublikasining Qozon shahriga xizmat safariga yuborilishi hamda bunga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Boshqaruv raisiga zavod mutaxassislari “Taneko” AJ kompaniyasining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va mahsulotlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilganligi va “Taneko” AJning kelajakdagi rivojlanishi bilan bog‘liq bir qator savolnomalar tayyorlaganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Muhokama davomida “Taneko” AJ bilan hamkorlikning asosiy qismlarini qayd etilib, “O‘zbekneftgaz” AJning ushbu kompaniya bilan o‘zaro aloqasi muhimligi ta’kidlandi.

    Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Zavod rahbariyati investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning borishi haqida ma’lumot berdi.

    Xususan, joriy yilning avgust oyida UOP (Angliya) va SK Ecoplant (Janubiy Koreya) kompaniyalari bilan birgalikda asosiy FEED loyihasi ishlab chiqildi va 2021-yilning oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng investitsion qaror qabul qilinadi va EPC (muhandislik, sotib olish, qurilish) bosqichiga o‘tiladi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi zavodning modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirishni optimallashtirish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.

    Bundan tashqari, 2021-yil yakuni bilan xomashyoni qayta ishlash rejasi 1 million 389,8 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 1 million 826,1 ming tonna qayta ishlanishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqaruv raisi 2020-yil yakuni bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib, 23 yillik tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, 2021-yil yakunida ushbu ko‘rsatkichni yanada yangilab 10 ming tonnaga oshirilishi lozimligini qayd etdi.

    Uchrashuv natijasida “O‘zbekneftgaz” AJni rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biri va mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlashning zarur elementi keng ko‘lamli va yangi loyihalarni amalga oshirish ekanligi qayd etildi.

    “Boshqa mamlakatlarning yetakchi neft-gaz korxonalarining istiqbolli rivojlantirish tajribasini o‘rganish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘z brend yoqilg‘imizni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yuqori qo‘shimcha qiymatli, kam tonnali neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish — bularning barchasi bizga yangi bozorlarni qamrab olish, sanoat va mamlakat iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlariga erishish imkonini beradi”, — deb ta’kidladi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.

    O‘z navbatida, qilingan ishlar o‘z natijasini bermoqda, jumladan, joriy yilning sentabr—dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI-91, 13,1 ming tonna AI-92,1,4 ming tonna AI-95, shundan 848 tonnasi QuWatt rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro-4, 11,4 ming tonna Yevro-5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilishi, 2021-yilning 2-chorak yakuniga qadar, Uzbekneftegaz GTL sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sig‘imlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

    Quvonarlisi esa bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Qisqa davrda esa AI-98 markali avtomobil benzini va GTL sintetik kerosinini jalb qilish orqali Jet A-1 aviatsiya yoqilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    12.09.2021, 11:30   Izoh (0)   10771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanish holati yana 600 kishidan kamaydi

    12.09.2021, 11:27

    Namanganda ayoli bilan suhbatlashib turgan tanishini rashk sabab kaltaklagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    12.09.2021, 10:25

    Buxoroda profilaktika inspektoriga 100 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    12.09.2021, 09:33

    Toshkentda qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmasdan ketishiga ruxsat bergan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

    12.09.2021, 09:11

    Qishloq xo‘jaligi vaziriga Agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi yuklatildi

    12.09.2021, 08:32

    Buxoroda hamkorlik shartnomasi talablarini buzgan xorij korxonasidan 66,5 ming dollar miqdoridagi qarzdorlik undirildi

    12.09.2021, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.