Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida viloyat sha’nini himoya qilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindorlari — Asila Mirzayorova hamda Dovurxon Karamatovlarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etib, Olimpiadaning kumush medali sovrindorlariga avtomobillar, Olimpiada qatnashchisi Nuriddin Davlatovga esa 20 million so‘m pul mukofotini topshirgan.
“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, Dovurxon Karamatov o‘ziga berilgan Gentra avtomobilini jamoatchilik oldida otasiga topshirgan.
Tadbirda ta’kidlanishicha, Davurxon Karomatov hamda Asila Mirzayorovalarga Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni ham berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga Tahoe, Traverse, Trailblazer avtomobillari va Toshkent shahridan uylar topshirilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)