Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni Tokio—2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, ularning murabbiylari hamda ota-onalari bilan uchrashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, ularning murabbiylarini faxriy unvon, orden hamda medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon o‘qib eshittirilgan.

Farmonga muvofiq, Bahodir Jalolov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, Ulug‘bek Rashidov va Akbar Jo‘rayev “O‘zbekiston iftixori” medali bilan taqdirlandi.

Bekzod Abdurahmonov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni, Davlat Bobonov esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, sportchilarning murabbiylari va boshqa ishtirokchilar ham munosib taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasida Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi