• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Parijda “Bataklan” konsert zalida sodir etilgan Fransiya tarixidagi eng qo‘rqinchli terakt. Terrorchilar oradan olti yil o‘tgach sud qilinmoqda. Bu mamlakat tarixidagi eng katta sud jarayonlaridan biri bo‘ladi

    Fransiyada 2015-yil 13-noyabrda Parijda sodir etilgan bir nechta terrorchilik harakatlari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Teraktlar oqibatida 130 nafar odam halok bo‘lgandi. Dastlabki majlis 8-sentabrda Parijdagi adliya saroyida bo‘lib o‘tdi. Sud to‘qqiz oy davom etishi, yakuniy qaror esa 2022-yil mayda chiqarilishi kutilmoqda. Sudda 1800 nafar fuqaro guvoh sifatida ishtirok etadi, 330 nafar advokat ishlaydi. Meduza olti yil avval sodir etilgan mudhish jinoyatlar va ularning oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan.

    Parijdagi teraktning asosiy ishtirokchilaridan biri Saloh Abdesalom sud zalida gapirayotgani chizilgan surat. 2021-yil 8-sentabr

    Parijdagi teraktning asosiy ishtirokchilaridan biri Saloh Abdesalom sud zalida gapirayotgani chizilgan surat. 2021-yil 8-sentabr
    Foto: Alain Jocard / AFP / Scanpix / LETA

    Parijga qilingan hujumda IShIDning 10 nafar terrorchisi ishtirok etgan. Ular uchta guruhga bo‘linib, avvaldan rejalashtirilgan hujumlarni uyushtirishgan. Dastlab jangarilar Fransiya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasida kechayotgan futbol uchrashuvi vaqtida “Stad-de-Frans” stadionida portlashlarni sodir etishgan, o‘yingohda tomoshabin sifatida o‘sha vaqtda mamlakat prezidenti bo‘lgan Fransua Olland ham o‘tirgandi. Keyin terrorchilar Parijning 10 va 11-okruglarida kafe hamda restoranlarda o‘tirgan odamlarga hujum qilgan, shuningdek, Eagles of Death Metal rok-guruhi konsert berayotgan “Bataklan” zalida 100 ga yaqin odamni garovga olgan.

    Teraktlar oqibatida jami 130 nafar, jumladan “Bataklan”dagi 90 nafar odam halok bo‘lgan, yana 500 ga yaqin kishi turli darajadagi jarohatlar olgandi. Voqealardan ikki yil o‘tgach “Bataklan”dagi qirg‘indan omon qolgan 31 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilib, halok bo‘ldi, uni Parijdagi teraktlarning 131-qurboni sifatida qayd etishgan. Hujum qilgan jangarilarning 9 nafari o‘lgan, ayrimlari xudkush Kamari bilan o‘zini o‘zi portlatgan, bir nafar terrorchi politsiyachilar bilan otishmada halok bo‘lgan. Parijga qilingan ushbu hujum Fransiya tarixidagi eng katta teraktlardan biri hisoblanadi.

    Fransiya huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra terrorchilik harakatlarining tashkilotchisi, voqealardan bir necha kun o‘tgach Parij yaqinida Sen-Denida amalga oshirilgan maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirilgan Abdulhamid Abaud bo‘lishi mumkin. Parijga qilingan hujumda IShIDning Belgiyadagi bo‘linmasi a’zolari ishtirok etgan, ular 2016-yilda Bryusselda ham bir nechta teraktlarni amalga oshirgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha olti yil davomida 19 ta mamlakatda tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirildi. Tergovchilar jami 47 mingta so‘roq o‘tkazdi. Ish jami 542 tomdan iborat va ularni barchasini birga joylashtirilsa 53 metr balandlikdagi kichik minora bunyod bo‘ladi.

    Ishda 20 nafar ayblanuvchi aniqlangan, terrorchilarning faqat bir nafari hanuzgacha tirik. Bu kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Fransiya fuqarosi, 31 yoshli Saloh Abdesalom. U Belgiyada yashagan va Parijga hujum qilinishida asosiy rollardan birini bajargan. U xudkush-terrorchilarni Germaniya va Vengriyadan Bryusselga olib kelgan, ular orasida Parij teraktlarining ishtirokchilari ham bo‘lgan.

    Fransiyadagi teraktlar oldidan Abdesalom mehmonxonadan joy va avtomobillarni ijaraga olgan. Hujum kuni uch nafar xudkushni “Stad-de-Frans”ga eltib qo‘ygan, o‘zi ham xudkush sifatida portlashni amalga oshirishni maqsad qilgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra Saloh Abdesalom Parijning 18-oktugida o‘z mashinasini tashlab ketgan va nima uchundir bombasini faollashtirmagan. U Bryusseldagi do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan va uni Belgiyaga olib ketishgan.

    Abdesalom 2016-yil mart oyida Belgiyada Bryussel teraktlaridan bir necha kun avval hibsga olingan. Qo‘lga tushishidan ikki kun avval Belgiya politsiyachilari bilan otishma sodir etgan va buning uchun uni 20 yil qamoq jazosiga hukm qilishgan. Abdesalom qo‘lga tushganidan keyin Parijdagi teraktlar vaqtida fikrini o‘zgartigani va xudkush kamarini faollashtirmagani haqida gapirib bergan. O‘z navbatida ishni o‘rgandan tergovchilar “o‘lim kamari”ning nosoz bo‘lganini aniqlagan.

    Qolgan 19 nafar ayblanuvchi sirttan sud qilinmoqda, ular qidiruvga berilgan. Shundan besh nafari IShIDning yuqori lavozimdagi ishtirokchilari bo‘lib, ularning Yaqin Sharqda AQSh dronlar yordamida amalga oshirgan maxsus operatsiya vaqtida avizarbalardan keyin yo‘q qilingani haqida taxminlar mavjud, oltinchi terrorchi Turkiyadagi qamoqxonada jazo muddatini o‘tamoqda. Ishga aloqador qolgan ayblanuvchilar terrorchilarga vositachilik qilganlikda gumonlanmoqda: tergovchilar taxminiga ko‘ra ular qurol saqlash uchun joyni ijaraga olgan, hujum qilgan jinoyatchilarning chegaradan o‘tishiga ko‘maklashgan. Sud ishida ayblov e’lon qilinganlarning ko‘pchiligi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

    Ayblanayotganlar orasida teraktlar sodir bo‘lgan kunda xudkush sifatida o‘zini portlatishga tayyor bo‘lgan kimsalar ham bo‘lishi mumkin. Ishga aloqador dalillardan biri 2016-yil Bryusseldagi teraktdan keyin topilgan va ichida terrorchilarning rejalari yozilgan noutbuk. Parijdagi uchta nishondan tashqari Yevropada yana ikkita manzil bo‘lgan: bu Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti va qandaydri metro. Tergov taxminlaridan biriga ko‘ra terrorchilarning to‘rtinchi guruhi (ular orasida sudda ayblanayotgan ikki nafar kishi ham bor) Sxipxolga hujum uyushtirishni reja qilgan. Boshqa bir versiyada esa Saloh Abdesalomning mashinasini tashlab ketgan Parij 18-okrugidagi metroni portlatishga tayyorlangani aytiladi. Bu IShIDning Parijdagi terrorchilik harakatlaridan keyin bergan bayonotida ham oydinlashgan. Unda 18-okrugda joylashgan metrodagi portlash haqida ham gapirilgan, lekin aslida ushbu hududda portlash sodir bo‘lmagan.

    Sudning birinchi kunida ishga aloqador asosiy ayblanuvchi Saloh Abdesalom ko‘plab savollarni javobsiz qoldirdi. U sud zaliga yengi kalta qora ko‘ylak, qora shalvor va yuzida qora tibbiy niqob bilan keldi. Sud raisi Jan-Lui Peries ayblanuvchidan ismi-sharifini so‘ragan vaqtida u javob tarzida kalimayi-shahodatni aytgan. Abdesalom ota-onasi haqida berilgan savollarga ham javob bermagan. Unga nima ishlar bilan shug‘ullangan to‘g‘risida savollar berilganda, u IShID jangchisi bo‘lish uchun barcha kasblardan voz kechgani xususida gapirgan.

    Saloh Abdesalom o‘zi va ishga aloqador boshqa aybdorlarga nisbatan itga qilingandek muomala qilinayotganini bildirgan. “Sizlar bizga odamdek munosabatda bo‘lishingiz kerak”, — degan u. Bunga javob tariqasida sud zalidan “Sizlarchi? 130 nafar odamni o‘ldirganingizda qanday munosabat qildingiz?” degan hayqiriqlar yangragan. Sudya Abdesalomga cherkov sudida emas balki demokratik davlatdagi sud majlisida ishtirok etayotganini eslatgan.

    Parijda uyushtirilgan teraktlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud zamonaviy Fransiya tarixidagi eng katta jarayonlardan biri. Sud uchun Adliya saroyida 7 million yevro evaziga 600 kishiga mo‘ljallangan alohida sud zali qurildi. Qolgan nisbatan bir nechta xonalarga majlisni translyatsiya qilish uchun ekranlar o‘rnatilgan va ularga jami 2000 nafar odamni sig‘dirish mumkin, ammo jarayonga buncha odam emas, ularning muayyan qismi jalb etilishi rejalashtirilgan. Yangi sud zalida terrorchilikka aloqador shov-shuvli, katta ishlar ko‘rib chiqiladi. Parijga qilingan hujumlar yuzasidan boshlangan sud jabrlanuvchilar yoki halok bo‘lganlarning oila a’zolari jarayonni bevosita onlayn-translyatsiya orqali kuzatib turadigan, bevosita videotasvirga tushiriladigan mamlakatda juda kam kuzatiladigan hodisalardan biriga aylandi.

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    10.09.2021, 16:36   Izoh (0)   30592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daniya Yevropada birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi cheklovlarni butunlay bekor qildi

    10.09.2021, 14:42

    Pokiston “Tolibon”ga Panjsherni egallashda yordam bergani haqidagi ayblovlarni rad etdi

    10.09.2021, 14:13

    “Xitoy va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilik ikki davlatga ham, butun dunyoga ham xavf soladi” — Si Szinpin

    10.09.2021, 13:14

    Yevroittifoq: “Tolibon” inklyuziv hukumat tuzish haqidagi va’dasini bajara olmadi

    10.09.2021, 12:27

    Putin va Lukashenko Rossiya va Belarus o‘rtasidagi barcha hamkorlik dasturlarni kelishib oldi

    10.09.2021, 11:15

    Angela Merkel — GDRda yashagan cherkov xodimining qizi, birinchi kansler ayol va Germaniyani defitsitdan qutqargan inson. Merkel boshqaruvining 16 yillik davri haq...

    10.09.2021, 09:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.