• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Angela Merkel — GDRda yashagan cherkov xodimining qizi, birinchi kansler ayol va Germaniyani defitsitdan qutqargan inson. Merkel boshqaruvining 16 yillik davri haqida

    2021-yil kuzida Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatni 16 yil davomida boshqarganidan keyin iste’foga chiqadi. U iyun oyida Bundestagda so‘nggi bor qatnashgan, avgustda Rossiyaga safar qilgan. Merkel davri nafaqat uzoq davom etgan boshqaruv ekani bilan yodda qolarli, balki 2005-yilda u mamlakat tarixidagi eng yosh kansler va ushbu lavozimdagi birinchi ayol rahbarga aylangan.

    Angela Merkel

    Angela Merkel
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    16 yil davomida Merkel ko‘plab muammoli masalalar bilan to‘qnashdi — 2008-yilda jahon moliyaviy inqirozi, 2015-yilda migratsion inqiroz hamda 2020-yilda koronavirus pandemiyasi. U Germaniyada to‘rt marta hukumat shakllantira oldi, shundan uchtasi o‘z partiyasining asosiy raqibi sotsial-demokratlar bilan koalitsiya tuzgan holda tashkil qilingan.

    TJournal nashri GDRda yashagan protestant pastorining qizi qanday qilib katta siyosatga kirib qolgani, keyinchalik 10 yil ichida kansler kursisigacha yetib borgani, u yerda uzoq vaqt qolganining sabablarini tahlil qilgan.

    Polshaga borib taqaladigan shajara va Angelaning bolalik yillari.

    Germaniyaning bo‘lajak kansleri 1954-yil iyul oyida Gamburgda tug‘ilgan. Uning otasi — protestant pastori Xorst Kasner — polyaklarning Poznan oilasiga mansub, biroq Adolf Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan uch yil o‘tgach uni Kazmerchakdan Kasnerga nemislashtirgan.

    Merkelning bobosi Anna Kazmerchak hamda Lyudovik Voytsexovskiyning nikohsiz farzandi Lyudovik Berlinga birinchi jahon urushidan keyin kelib qolgan. U Germaniyada ham Poznandagi kabi politsiyachi lavozimida ishlagan. Bu yerda u nemis ayoli Greta, Angelaning bo‘lajak buvisi bilan tanishgan.

    Greta va Lyudmik Kazmerchak

    Greta va Lyudmik Kazmerchak
    Foto: Dpa

    Lyudmik Kazmerchak (o‘ngdan birinchi)

    Lyudmik Kazmerchak (o‘ngdan birinchi)
    Foto: Dpa

    Greta va Lyudvik Kazmerchak o‘g‘llari Xorst bilan

    Greta va Lyudvik Kazmerchak o‘g‘llari Xorst bilan
    Foto: Dpa

    Xorst oilasi Angela olti oylik chaqaloq vaqtida Hamburgdan GDRga ko‘chib o‘tadi. Yosh pastor Perleberg yaqinidagi Kvitsou qishlog‘ida ishlay boshlaydi, u vaqtlarda din vakillari sotsializm qurish yoki unga qarshi kurashish uchun Sharqiy Germaniyaga ko‘chib o‘tardi. Kasner tizimni tanqid qiluvchilar sirasiga kirmagan va har doim: “Biz sotsializm ichidagi cherkov bo‘lmoqchimiz, u bilan yonma-yon yoki unga qarama-qarshi tomondan turmaymiz”, – deya ta’kidlab kelgan.

    Pastor oilasini boqish uchun tomorqada ekin ekish, oila xo‘jaligini tashkil etishiga to‘g‘ri kelgan, echki sog‘ishni ham o‘rgangan. Yangi joyga ko‘chib kelganidan uch yil o‘tgach Xorst Kasner Templinda cherkov kollejini ochadi va bu GDRda pastorlar yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi. 10 yil ichida oilada yana ikki nafar farzand — Markus va Irene tug‘iladi.

    Angela bolaligining to‘kin-sochinlikda o‘tgani haqida ko‘p gapirgan, haqiqatan ham uning oilasi boshqalarga nisbatan ko‘p narsalarga ega edi. Kasnerlarda ikkita mashina bo‘lgan, ular GDR hududidan tashqariga chiqa olgan. Angela otasining kasbidan uyalardi: maktabda hatto otasining nima ish qilishi haqida so‘rashganida tushunarsiz qilib Pfarrer (pastor) emas balki Fahrer (haydovchi) deb aytgan vaqtlari ham bo‘lgan.

    Angela Kasner, 1973-yil

    Angela Kasner, 1973-yil
    Foto: Dpa

    Merkel Templindagi politexnika maktabida tahsil olgan eng ilg‘or o‘quvchilardan biri bo‘lgan. Ayniqsa matematika va rus tili fanlaridan natijalari yaxshi edi, rus tilidan shahar, hudud va milliy miqyosdagi olimpiadalarda ishtirok etib, SSSRga sayohat qilish huquqini yutib olgan.

    “U nihoyatda mehnatsevar edi: leksikani avtobus bekatida o‘rganardi. Avval bunday yuqori darajada qobiliyatli o‘quvchilarim bo‘lmagan”, — deya hikoya qiladi Angelaning o‘qituvchisi Erika Benn.

    O‘quvchi Merkelning olimpiadadagi g‘olibligi o‘qituvchi ayolga qimmatga tushgan: uni partiya yig‘ilishida dehqon yoki ishchining emas pastorning qizi g‘olib chiqqani uchun rosa koyishgan. Benn o‘zini oqlash uchun qizning bu darajada bilag‘onligida aybdor emasligini ta’kidlagan.

    Leypsigda davom etgan ta’lim, barda barmenlik qilgani va akademik karyerasi.

    Maktabni tugatganidan keyin Angela Kasner Karl Marks universitetining (hozirda Leypsig universiteti) fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. Ta’limdan bo‘sh vaqtida barda barmenlik qiladi. “Bu har bir sotilgan stakan uchun o‘ttiz pfenning olib kelardi, men haftasiga 20 dan 30 markagacha daromad olardim, bu yotoqxonadagi ijara haqini to‘lashga yetadigan mablag‘ edi”, — deya eslaydi kansler.

    Merkel kokteyllar uchun masalliqni o‘zi sotib olardi, bu uning haftasiga ikkita diskotekada ichimlik sota olishiga imkon yaratgan. “Seminarlar tonggi soat 7 da boshlanar, diskotekalar esa yarim tungacha davom etardi. Tanaffus vaqtida olcha sharbatini olib kelish uchun tramvayda yo‘lga chiqardim”, — deya talabalik yillarini eslagan u.

    Angela talabalik vaqtida birinchi eri Ulrix Merkel bilan tanishgan. Ular to‘rt yil davomida birga yashagan va keyinchalik ajrashgan. Merkelning o‘zi ushbu davrni shunday eslaydi: “O‘rtamizda sevgi bo‘lgan deya olmayman. Atrofdagi hamma turmush qurayotgani uchun biz ham nikohdan o‘tganmiz”.

    Pragadagi professorlar va Angela Merkel (o‘ngdan uchinchi)

    Pragadagi professorlar va Angela Merkel (o‘ngdan uchinchi)
    Foto: Dpa

    1978-yil iyunda Angela diplom ishini a’lo bahoga topshirib, Berlinga ko‘chib o‘tadi. U bu yerda GDR fanlar akademiyasi qoshidagi fizika- kimyo institutiga ishga kiradi. Institutda ishlagan vaqtida Merkel GFR, Chexoslovakiya va SSSRga rus tili kurslariga borgan. Oradan sakkiz yil o‘tgach, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, uning ilmiy ishi o‘sha vaqtda eng yaxshilardan biri deb e’tirof qilingan.

    Institutda ishlagan vaqtida Angela ikkinchi eri kimyogar Yoaxim Zauer bilan tanishgan va 1998-yilda unga turmushga chiqqan. Merkelga onalik baxti nasib qilmagan. G‘arblik jurnalistning “Merkel xonim, nima uchun befarzandsiz? Karyerangiz uchun onalikdan voz kechganmisiz?”, – deya bergan savoliga “Yo‘q, voz kechamganman, shunchaki taqdir shunday kechdi”, – deb javob qaytargandi.

    GDRdagi siyosiy faoliyat va birinchi bor partiyaga a’zo bo‘lishi.

    Maktab davrida va universitetda o‘qigan vaqtida Merkel Erkin nemis yoshlari ittifoqiga a’zo bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Fanlar akademiyasida ishlagan vaqtida madaniyat masalalari bo‘yicha xodim lavozimida ham faoliyat olib borgan. Bir safar ittifoq rahbari Gyunter Valter kanslerning “targ‘ibot va tashfiqot masalalari bo‘yicha kotib” bo‘lib ishlagani haqida gapirgan, ammo Merkelning o‘zi ushbu ma’lumotni inkor etgan.

    Merkel Germaniya sotsial birlik partiyasi (GSBP) yoki partiyaning bloklaridan birida a’zo sifatida faoliyat olib bormagan, shu bilan birga muxolifat harakati tarkibida ham faol ishtirok etmagan. Germaniya birlashuviga qadar bo‘lajak kansler demokratik sotsializm va GDR mustaqilligi tarafdorlaridan biri bo‘lgan. “GDRda islohotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsak, u holda G‘arbiy Germaniya yo‘lidan bormasligimiz kerak”, — degan edi u teologiya professori Kristofer Freyning rafiqasi bilan suhbatda.

    Foto: Imago

    Biograflar Merkelni “GDRning ikkinchi avlodi”ga mansub deyishadi, shaxs sifatida u Germaniya demokratik respublikasidagi hayotda tarbiya topgan, g‘arb jamiyatiga qiziqmagan, lekin tinchlik inqilobi arafasida o‘z vaqtida siyosiy hayotga kirib kelgan. Merkel tarixchi Boris Petelinning fikricha Berlin devori qulashining dastlabki soatlaridan faollar qatorida bo‘lmagan: Berlin devori qulagan kuni 1989-yil 9-noyabrda u dugonasi bilan birgan Brandenburg darvozalariga yaqin yerda bo‘lmagan, aksincha hammomda xordiq chiqargan.

    Merkelning siyosiy karyerasi 1989-yilda uning “Demokratik uyg‘onish” muxolifat partiyasiga qo‘shilishi bilan boshlangan. Dastlab u tizim administratori lavozimida faoliyat olib borgan, GFRdan kirib kelgan kompyuterlarni o‘rnatishga yordam bergan, keyinchalik partiya raisi Volfgang Shnurning shtatida kotibalik qilgan. 1990-yil avgust oyida partiya Xristian-demokratik ittifoq tarkibiga qo‘shilib ketgan.

    Angela Merkel Lotar de Mezyer bilan. 1990-yil

    Angela Merkel Lotar de Mezyer bilan. 1990-yil
    Foto: Berndt Zetnik

    Merkelning birinchi eri Ulrix ayolning fizik sifatida ishlagan vaqtida ham butun umr ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik fikri Angelaning xayolidan bir zum ketmaganini eslaydi: “Ortga qarab, uning siyosiy faoliyati omdali kechgani bejiz emasligini anglayman. Angela tafakkuri teran va katta energiyaga ega ayol, u har doim o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yardi”.

    XDIdagi yuksalishlar.

    Merkel Bundestagdagi deputatlik mandatiga 1990-yil dekabr oyidagi birinchi umumgerman saylovlarida erishgan. Kansler bo‘lgan Gelmut Kol uni kutilmaganda yoshlar hamda ayollar masalalari bo‘yicha vazir lavozimiga tayinlagan. Bonndagilar Merkelning ushbu lavozimni egallashiga uning yosh juvonligi va sharqiy hududdan ekani sabab bo‘lgani haqida gapirgan.

    Angelaning karyerasi Gelmut Kolning ishonchi sabab yuksalaverdi, oqibatda mamlakatdagi siyosiy kuchlar unga “Kolning qizi” laqabini berdi. Angela Merkel 1993-yilda Merkel XDIning Meklenburg-Old Pomeraniya yerlarining raisi, 1994-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish federal vaziri, 1998-yilda XSIning bosh kotibi, 2000-yilda partiya va Bundestagdagi parlament guruhi raisi lavozimlarida ishlagan.

    Angela Merkel kansler Gelmut Kol bilan

    Angela Merkel kansler Gelmut Kol bilan
    Foto: Dpa

    Merkelning kanslerlik kursisi tomon yurgan yo‘lida XDIga qilingan ehsonlar bo‘yicha mojaro asosiy burilish nuqtalaridan biri bo‘ldi. 1999-yil noyabr oyida Kolning partiyadan qonunga xilof ravishda millionlab pullar olgani aniqlanadi, ammo u kimlar bu pullarni berganini oshkor qilmaydi. Merkel kanslerni tanqid qilib chiqadi. Angela Frankfurter Allgemeine gazetasida XDIning eski gvardiyachilar bilan aloqani uzishi zarurligi haqida maqolasini chop ettiradi.

    Partiya o‘zining dastlabki mustaqil qadamlarini qo‘yishi, o‘ziga ishonishi, Gelmut Kolning o‘zi o‘ziga bergan ta’rifdagi “eski qari jangovar otsiz” ham siyosiy raqiblarga qarshi kurashishda davom etishini ko‘rsatishi shart.

    Angela Merkel XDI bosh kotibi

    Merkel ushbu tanqidiy chiqishini partiya rahbari Volfgang Shoyble bilan kelishmasdan chop etadi, oqibatda partiyada unga nisbatan nafrat ortadi, ayrim partiyadoshlari unga “oqpadar” va “uyadan chiqqan xoin” kabi nomlarni beradi.

    Lekin keyinchalik ko‘pchilik Angelani qo‘llab-quvvatladi: Shoyble iste’foga chiqdi, qurultoyda Merkel uchun 935 nafar a’zodan 897 nafari ovoz berdi. Tarixchi Svetlana Pogorelskaya partiya grandlarining Merkel variantini “o‘tish davri” uchun ko‘rib chiqqani, uning XDIni buncha uzoq vaqt davomida boshqarishiga ishonmaganligini qayd etgan.

    Bundestag saylovlaridagi g‘alaba va Angela Merkel birinchi hukumatining shakllantirilishi.

    2002-yildagi saylovlarda XDI/XSI nomzodi Volfgang Shoyble ishtirok etdi va taxmin qilinganidek mag‘lubiyatga uchradi. Bunda partiya ichidagi mojaro, amaldagi kansler Gerxard Shryoder Iroqdagi urush bo‘yicha pozitsiyasining ommaviyligi qayta saylanish uchun asosiy rol o‘ynadi.

    Muxolifatdagi yillari davomida Merkel partiyada tartib o‘rnatdi, oqibatda kansler Germaniya prezidentidan hukumati iste’foga chiqarib, muddatidan avval saylovlarni o‘tkazishni talab qilishiga to‘g‘ri keldi. 2005-yildagi saylovoldi kampaniyasi uch hafta davom etdi va Germaniya federativ respublikasi tarixidagi eng qisqa oraliqlardan biri bo‘ldi.

    Gerxard Shryoder hamda Angela Merkel

    Gerxard Shryoder hamda Angela Merkel
    Foto: Dpa

    Germaniya sotsial demokratik partiyasi poygada o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Partiya XDI/XSI guruhidan orqada qolib ketmadi. Saylovlar yakunida Merkel 35,2 foiz, Shryoder esa 34,4 foiz ovoz oldi. Bunday kichik farq mamlakatda og‘ir siyosiy vaziyatni yuzaga keltirdi: hech bir partiya ko‘pchilikni tashkil qilmasdi va hukumat tuza olmasdi. Koalitsiya tuzishning ham imkoni yo‘q edi XDI/XSI va GSDP, Erkin demokratik partiya va “Yashillar” zarur miqdorda ovoz to‘play olmagandi.

    Saylovlardan keyingi oqshomda ikkala nomzod ham hukumat tuzish niyati borligini ma’lum qildi, ertasi kuni koalitsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi. XDI/XSI oldidagi asosiy yechim “yashillar” yoki GSDP bilan katta koalitsiya tuzish edi. Dastlabki muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sotsial-demokratlar bilan kelishish muzokaralardan uzoq ketib qolmaslikning yagona yo‘llaridan biri edi.

    GSDP hamda XDI/XSI o‘rtasidagi muzokaralar ham og‘ir kechardi: qariyb bir oy davomida siyosatchilar kansler kim bo‘lishi borasida muzokara olib bordi. Oktabr oyida lavozimga nomzodini qo‘ygan Shryoder rahbarlik da’vosidan voz kechdi, natijada tarixda ilk bor Germaniya hukumatini ayol kansler – Angela Merkel boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Koalitsiyon kelishuvni tuzishga yana bir oy vaqt ketdi: 18-noyabrda partiyalar rahbarlari uni imzoladi.

    Barcha kanslerlarning portretlari

    Barcha kanslerlarning portretlari
    Foto: Dpa

    22-noyabrda Bundestag Angela Merkelni Germaniya federativ respublikasi kansleri lavozimiga tasdiqladi. Uning hukumat rahbari bo‘lishiga 202 nafar deputat qarshi chiqdi, biroq bu yetarli emas edi. Kelasi oyda “Nemis tili jamiyati” Kanzlerin (“Kansler ayol” yoki “Kanslerka”)ni yil so‘zi deb topdi. Tashkilot vakillari 10 yil avval ham Merkelga kansler (Kanzler) deb erkak jinsida murojaat qilishlari mumkin bo‘lganini bildirgan.

    Angela Merkel kansler lavozimini qabul qilib olmoqda

    Angela Merkel kansler lavozimini qabul qilib olmoqda
    Foto: Dpa

    Merkel birinchi hukumatining islohotlari.

    “Katta koalitsiya” ish samaradorligi borasida ancha sermahsul chiqdi: kansler Margaret Tetcher kabi “temir xonim”ga aylanmadi, balki “chayir, sabrli va kuchlar taqsimoti borasida yakuniy xulosa oydinlashmagunicha soya ortida turadigan” rahbar bo‘ldi, deya qayd etgan germanshunos Boris Petelin.

    Merkel hukumatida sotsial davlat hech qayoqqa yo‘qolib qolmadi, lekin kansler Germaniya sotsial demokratlari tomoniga ham o‘tib ketmadi. Koalitsiyaning asosiy islohotlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
    • QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) 16 dan 19 foizga yetkazildi va mamlakat budjetining defitsitining oldini olish maqsadida juda boy odamlarga soliq joriy qilindi, 2005-yilda budjet defitsiti 35 milliard yevroni tashkil qilardi;
    • federativ islohot o‘tkazilib, markaz va boshqa hududlarning vakolatlari qayta taqsimot qilindi;
    • ishsizlarga beriladigan to‘lovni tartibga soluvchi Hartz IV paketiga o‘zgartirish kiritildi: unga ko‘ra davlat ishlashni istamaganlarni qo‘llab-quvvatlashni asta-sekin to‘xtatdi, bo‘sh ish o‘rnida ishlash taklif qilinganidan birinchi bor rad etish uchun ijtimoiy to‘lov 30 foizga, ikkinchi bor “yo‘q” deyilganida 60 foizga, uchinchi marta rad etgan ishsizga esa to‘liq to‘lanmasligi belgilab qo‘yildi;
    • pensiya ilsohoti boshlandi, pensiya yoshini 2029-yilga qadar 65 dan 67 ga ko‘tarish belgilandi;
    • ta’lim islohotiga start berilib, Germaniyadagi barcha oliy ta’lim muassasalari Bolonya tizimiga o‘tkazildi, 90-yillarda jarayonning boshlanishi minglab talabalarning namoyishlar o‘tkazishiga sabab bo‘lgan.

    Angelar Merkel fuqarolarga telemurojaat qilmoqda

    Angelar Merkel fuqarolarga telemurojaat qilmoqda
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    Mavzuga doir: Angela Merkel nafaqaga chiqqandan so‘ng qancha pensiya olishi ma’lum bo‘ldi

    Merkel shakllantirgan birinchi hukumat faoliyatini muvaffaqiyatli deyish mumkin, sababi eng asosiy maqsadga ya’ni birlashgan Germaniya budjetida profitsitga erishildi, ishsizlar soni kamaydi. Iqtisodiy o‘sishga qaysidir ma’noda Shryoderning “Agenda-2010” islohotlar kompleksi ham turtki berdi.

    2008-yilda Merkel moliyaviy inqirozga qarshi turishiga, nafaqat Germaniya balki Yevropani ham qutqarishiga to‘g‘ri keldi. Kansler YeIga keskin moliyavisy siyosat yuritishni tavsiya qildi, ijtimoiy sarf-xarajatlarni qisqartirdi va Yevrohududning boshqa a’zolariga nisbatan talablarni kuchaytirdi. Bu vaziyatni barqarorlashtirdi, Germaniyaga inqirozli mamlakatlardan yuqorida turish imkonini berdi.

    Angela Merkel

    Angela Merkel
    Foto: Getty Images

    Hukumatning muvaffaqiyati kansler va partiyaning reytingiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi: Forbes jurnali ketma-ket o‘n marta Angela Merkelni dunyoning eng obro‘li ayoli deb topdi, The Times esa ikki marta dunyoning eng nufuzli 100 odami ro‘yxatiga kiritdi.

    Muxolifatda yuzlab nazariyalar ishlab chiqishingiz mumkin, biroq ularni amalga oshirishda ozchilik ekaningiz pand beradi. Federal kanslerga aylanganingizdan keyin, siz istagan narsalarning ko‘pchiligi amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rasiz.

    Angela Merkel, Germaniya kansleri

    Merkelning kansler sifatida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi muddatlari.

    Angela Merkel birinchi muddatidan keyin nemis hukumatini yana uch marta boshqardi: “qora-sariq” koalitsiya (Erkin demokratik partiya bilan ittifoq) va ikkita “Katta koalitsiya” (GSDP bilan ittifoq).

    Uning qayta saylanishida muammo bo‘lmagan: Germaniya xalqi Angela Merkelga shubha bilan qaramagan va doim unga ishongan. Bu 2013-yildagi debatlarda tomoshabinlarga qarab “Siz meni bilasiz-ku” deya murojaat qilganida ham o‘z aksini topgan. Mamlakat aholisi haqiqatan ham kanslerni bilishadi, kanslerning harakatlari mantiqiy va samimiy edi, bu saylovchilarga ham yoqardi.

    Merkel hukumatining eng yodda qolarli islohotlari sifatida muddatli harbiy xizmatning bekor qilinishi (armiya shartnomalarga o‘tgan va askarlar soni qisqargan), atom energetikasidan voz kechish (bosqichma-bosqich 2022-yilgacha tugatiladi) va bir jinsli nikohlar to‘g‘risidagi qonun (kansler ushbu hujjatni ovoz berish jarayonida qo‘llab-quvvatlamagan) bo‘lgani e’tirof qilinadi.

    Angela Merkel va Ursula fon der Lyayev

    Angela Merkel va Ursula fon der Lyayev
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    Tarixchi Boris Petelinning fikricha Merkel siyosiy faoliyatining yakuniy bosqichi 2015-yildagi migratsion inqiroz bo‘lgan. “Buni uddalaymiz” degan kansler qochoqlar uchun chegaralarni ochdi, oqibatda partiya, jamiyat ichida bo‘linishlar kuzatildi. ARD telekompaniyasining so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, 2015-yil apreldan oktabrgacha aholining Angela Merkelga bo‘lgan ishonchi 75 foizda 54 foizga tushib ketgan.

    2017-yildagi saylovlarda Merkel tarixda eng yomon natija qayd etdi — 30,2 foiz ovoz oldi. Sotsial-demokratlar ham yaxshi natijaga erishmadi va 24,6 foiz ovozga ega bo‘ldi. Hukumat tuzishga rekord darajada ko‘p 172 kun vaqt sarflandi va yana “Katta koalitsiya” hokimiyat tepasiga keldi.

    Shu yili 29-oktabrda Merkel XDIning raisligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligini va muddati tugaganidan keyin siyosatdan ketishini e’lon qildi. Kansler sodir bo‘lgan ishlarda kimnidir aybdor qilmoqchi yoki mas’uliyatni boshqa birovga yuklamoqchi emasligini aytgan. “Hammasi haqida o‘ylab ko‘rib, xulosa qilib oldim. Barchasi uchun, amalga oshgan yoki amalga oshmagan loyihalar uchun mas’uliyat mening zimmamda”, — degan u.

    Merkel bu jihatdan ham mantiqiy va ishonarli chiqish qildi: 2016-yilda Der Spiegel nashriga bergan intervyusida u siyosatdan ketadigan vaqtni his qilib, keyin yakuniy qaror chiqarishni istashini aytgan, faoliyatini “siyosiy bankrot” davrida yakunlamoqchi emasligi haqida gapirgandi.

    Merkel hukumatlari yuritgan tashqi siyosat: AQSh bilan do‘stlashishga urinish, Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi.

    Merkelning kanslerlik davrida Germaniyaning Yevropadagi o‘rni va ahamiyati yuksaldi. 2007-yilda mamlakat “Katta sakkizlik” sammitini rasmiy mezbon sifatida qabul qilgan bo‘lsa, bir yil o‘tgach YeIda iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun rahbarlik rolini o‘z zimmasiga oldi. Kanslerning o‘ziga xos taktikasi ish berdi: iqtisodiyotni qattiqo‘llik bilan boshqarib, iqirozdan qiynalgan ittifoq mamlakatlariga keng miqyosli yordam berish vaziyatdan chiqilishida muhim rol o‘ynagan.

    Siyosatshunos Yoxannes Varvik Germaniya federativ respublikasining Yevropada asosiy o‘ringa chiqishi sipolik madaniyati va mas’uliyatni mujassamlashtirgan Angela Merkelning nazokati bilan bevosita bog‘liq deb hisoblaydi.

    Bundestagdagi Angela Merkel

    Bundestagdagi Angela Merkel
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    AQSh bilan munosabatlar garchi kansler avval boshidan Amerika pozitsiyasini ushlab turgan bo‘lsa ham Merkelda og‘ir o‘tgan. Jorj Bush hamda Barak Obama prezidentliklari davrida ikki mamlakat ittifoqiga Osiyodagi maqsadlar xalal berdi, 2013-yilda esa kanslerning AQSh maxsus xizmatlari bilan bog‘liq telefon audioyozuvlari mojaroasi vaziyatni yanada chigallashtirgan.

    Donald Tramp davrida uning “Eng avvalo Amerika” shiori Germaniya bilan munosabatlar yaxshilanishiga to‘sqinlik qildi, 2017-yilda Merkel AQSh bilan munosabatlardan afsusda ekanini aytgan: “Boshqalarga ishonishimiz mumkin bo‘lgan davrlar ortda qoldi. So‘nggi kunlarda bunga amin bo‘layapman”.

    Donald Tramp va Angela Merkel

    Donald Tramp va Angela Merkel
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    Rossiya bilan munosabatlar 2005-yildan keyin Gerxard Shryoderning “yaqin do‘stlik” aloqalaridan, Merkelning pragmatik yo‘nalishiga o‘zgargan. Shunga qaramay Moskva bilan siyosatda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan, kansler kelishuvlarning hech birini bekor qilmagan.

    2014-yilda vaziyat o‘zgardi: Merkel Rossiyaning Qrimga nisbatan siyosatini keskin tanqid qildi va hududning bosib olingani, Ukraina sharqidagi qurolli nizo xalqaro huquq me’yorlariga zid ekanligini ta’kidladi. Bu Rossiya-Germaniya munosabatlarining yomonlashishiga sabab bo‘ldi. GFR kansleri g‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi va keyinchalik ularning muddatini uzaytirdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasining hajmi kamayib ketdi.

    Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy zaharlanganidan keyin Angela Merkel unga himoya va davolanish uchun sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi, Navalniy Germaniyaga olib kelingan vaqtda uni ko‘rgani kasalxonaga ham bordi. 2021-yil yanvarida kansler boshqa g‘arb yetakchilari bilan birga Rossiya hukumatidan siyosatchini tergov qamog‘idan chiqarishni talab qilgan.

    2021-yil avgustdia Merkel kansler sifatida oxirgi marta Moskvada bo‘ldi va bu yerda Vlamidir Putin bilan uchrashdi. U Rossiya hamda Germaniya o‘rtasida kelishmovchilik borligi, biroq mamlakatlar munosabatlarni davom ettirishni istashi haqida gapirgan.
    Angela Merkelning 16 yil davomida Federativ respublikani boshqarganiga qoyil qolish kerak, u Yevropaning eng katta va yetakchi mamlakatlaridan biriga ishonch bilan rahbarlik qilmoqda. Merkel Yevropa hamda jahon yetakchilari orasida eng obro‘li rahbarlardan biri.

    Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

    Angela Merkelning Rossiyaga kansler sifatida qilgan so‘nggi safari

    Angela Merkelning Rossiyaga kansler sifatida qilgan so‘nggi safari
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    Siyosatshunos Varvikning mulohazalariga ko‘ra Merkel ichki siyosatda uchta asosiy ishni tushunib amalga oshirgan: GFR global manfaatlarga ega, hammasiga yolg‘iz erishib bo‘lmasligini anglagan, Yevropada yetakchi rolida bo‘lishga intiladi. Bu yakunda uning xalqaro maydondagi harakatlarini belgilab berdi.

    Nima uchun Merkel kanslerlik lavozimida 16 yil o‘tirdi? Bu ko‘p emasmi?

    GFR konstitutsiyasiga ko‘ra bitta odam cheklanmagan miqdorda kanslerlik lavozimida o‘tirishi mumkin. Bu Germaniyaning parlamentar respublika ekanligi bilan bog‘liq, bunday boshqaruv shaklida hukumat rahbari to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, parlament tomonidan saylanadi. Saylovlarda fuqarolar partiya uchun ovoz beradi, siyosiy guruh o‘z vakilini o‘zi tanlab hukumat rahbarligiga tavsiya qiladi.

    Tarixchi-germanshunos Ivan Popov kanslerning uzoq vaqt davomida o‘z lavozimida qolishi parlamentda partiyalar koalitsiyasi tuzilgani bilan izohlanishini qayd etgan. “Agar parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi partiyalar o‘zaro kelisha olsa, hukumat o‘z o‘rnida qoladi”, — degan u.

    Angela Merkel

    Angela Merkel
    Foto: Germaniya kanslerining matbuot xizmati

    Germaniyadagi vaziyat kam uchraydigan holat emas: Yevroittifoqda faqat Fransiyada bosh vazir hukumat tepasida sakkiz yildan uzoqroq vaqt davomida qola olmaydi. Merkelga qadar GFRda ikki nafar uzoq vaqt hukumatni boshqargan kanslerlar bo‘lgan, ular Konrad Adenauer (14 yil) hamda Gemlut Kol (16 yil). Ivan Popov kansler sifatida Merkelning o‘ziga xos jihati u so‘llar va o‘nglar ommaviylashgan bir davrda uch marta sotsial-demokratlar bilan bir koalitsion hukumat tuzishga muvaffaq bo‘lgan.

    GSDP bilan tuzilgan barcha uchta koalitsiya ham ayrim siyosatshunoslar ushbu boshqaruvning uzoq vaqt davom etmasligi, hukumat parokanda bo‘lishini taxmin qilganiga qaramay, to‘liq muddat ishlagan. Merkel siyosiy faoliyatining bunday uzoq davom etishining siri kelisha olish qobiliyati, o‘zaro nomuvofiq kuchlar va g‘oyalarga ustomonlik bilan chap bera olishda.

    Ivan Popov, tarixchi olim, germanshunos

    Siyosatshunos Frank Dekker har bir siyosatchi ertami kechmi ketishi kerakligini tushinishi lozim deb hisoblaydi. Ekspertning fikricha bir kun kelib har qanday odam saylovchilarining joniga tegadi va aholi uni o‘z lavozimini tark etishga majbur qiladi.

    “XDI Merkel xonimning ahmoqona ishlar qilganini sezganida yoki u bilan saylovlarda ortiq g‘olib chiqmasligini sezganida Angela ancha avval o‘yindan chiqqan bo‘lardi. Tarafdorlarining o‘zi uni boshqaruvdan chetlatardi”, — deya qayd etgan Dekker.

    Tarixchi Boris Petelin so‘nggi yillarda XDIda Merkel bilan raqobatlasha oladigan kuchli siyosatchilar paydo bo‘lmagani, kanslerning o‘zi esa munosib siyosiy merosxo‘r topishda ikkilanib qolgan deb hisoblaydi. “Bunda xristian-demokratlarning o‘zi ham aybdor, ular guruh yetakchisini partiya brendiga aylantirib qo‘yishdi”, — deb yozgan olim.

    Mavzuga doir: Angela Merkel kansler sifatida so‘nggi marta Bundestag oldida nutq so‘zladi

    2021-yil 16-yanvarda XDI yangi partiya yetakchisi etib 59 yoshli Armin Lashetni sayladi. Germaniyada parlament uchun saylovlar 26-sentabrda bo‘lib o‘tadi. Yangi kansler lavozimida o‘z ishiga ovoz berish jarayonlari tugagach, koalitsion hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetganidan keyin kirishadi.

    Muhokamalar davrida ham hukumatni Angela Merkel boshqarib turadi. Bundestag amaldagi kanslerning 2021-yil dekabr oyiga qadar o‘z lavozimida qolishi mumkin deb hisoblamoqda.

    10.09.2021, 09:06   Izoh (0)   23375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lukashenko Moskvaga keldi. U Putin bilan Rossiya va Belarus birlashuvi rejasini tasdiqlamoqchi

    09.09.2021, 17:12

    OAV: Turkmaniston tashqi ishlar vaziri koronavirusga chalinib kasalxonaga yotqizildi

    09.09.2021, 16:26

    Erdo‘g‘on “Tolibon” bilan muloqot qilish zarurligini aytdi

    09.09.2021, 15:39

    Shimoliy Makedoniyada COVID-kasalxona yonib ketdi, kamida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

    09.09.2021, 14:57

    “Tolibon” yangi hukumatda ayollar uchun lavozimlar bo‘lishini va’da qildi

    09.09.2021, 14:21

    OAV: Shimoliy Koreyada respublika tashkil etilgan yilga bag‘ishlab harbiy parad o‘tkazildi

    09.09.2021, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.