• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

    Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 20-avgust kuni Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqotdagi nutqida “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq” kabi so‘zlarni eng ko‘p tilga oldi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘ida nutqini lingvistik tahlil qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari o‘z nutqida jami 4 241 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “tadbirkor” — 107 marta, “biznes” — 34 marta, “korxona” — 29 marta, “soliq” — 21 marta, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit” — 15 marta, “tizim” — 14 marta, “sharoit”, “bank”, “startap” — 13 marta va “eksport” so‘zi — 12 marta tilga olingan.

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 

    Bir qator asosiy iboralarga alohida e’tibor qaratildi, “biznes vakillari” — 8 marta, “ochiq muloqot” — 7 marta, “imtiyozli kredit” — 4 marta takrorlangan. Shuningdek, nutqda “Yangi O‘zbekiston”, “kichik biznes”, “yosh tadbirkor”, “yakka tadbirkor”, “moliyaviy xizmatlar”, “aylanma mablag‘” va “eng ilg‘or” kabi iboralar har biri 3 martadan tilga olingan.

    Uch so‘zdan iborat iboralardan “yakka tartibdagi tadbirkor” va “kuch — bu tadbirkorlar” iboralarining har biri 3 marta qayd etilgan. Shuningdek, nutqda “aholi va tadbirkorlar”, “litsenziya va ruxsatnoma”, “bog‘cha va maktab”, “kichik biznes uchun”, “imtiyozli kredit ajratiladi”, “qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, “qarzdorlik uchun jarima”, “band qilgan shaxs” va “oilaviy mehmon uylari” iboralarining har biri 2 martadan tilga olingan.

    Shu tariqa, nutqdan ko‘rinadiki, prezident tadbirkorlarni islohotlarning asosiy kuchiga aylantirishga e’tibor qaratdi hamda soliq, kredit, investitsiya, biznes yuritish sharoitlari va eksportni rivojlantirish kabi muhim masalalarni ham alohida ta’kidladi.

    “Bu so‘zlarning ko‘p takrorlanishi nutqda asosiy e’tibor tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va kredit mexanizmlarini kengaytirish, soliq yukini yengillashtirish hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilganini ko‘rsatadi”, deyiladi tahlilda.

    So‘nggi to‘rt yilda qilingan lingvistik tahlillar

    O‘tgan to‘rt yil ichida prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lgan muloqotlarida ishlatgan so‘zlari muayyan tendensiyalarni ko‘rsatdi. “Tadbirkor” so‘zi eng ko‘p takrorlangan bo‘lib, bu tadbirkorlar davlat siyosatida markaziy o‘rin egallaganini ko‘rsatadi. “Soliq” so‘zi 2023-yili ancha ko‘p ishlatilgan, keyingi yillarda esa kamaygan, bu esa soliq ma’murchiligini bosqichma-bosqich isloh qilish va tadbirkorlar uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratilayotganini ko‘rsatadi.  

    “Kredit” va “investitsiya” so‘zlari doimiy ravishda ishlatilib, moliyalashtirish va sarmoya jalb qilish siyosatining uzluksizligini ta’kidlaydi. “Xizmat” so‘zi 2024-yili 3-4 baravar ko‘paygan va 2025-yili ham e’tibor markazida bo‘lgan. Bu mamlakatda xizmat ko‘rsatish sohasiga e’tibor kuchayganini, turizm, ta’lim va tibbiyot kabi xizmat yo‘nalishlari iqtisodiy siyosatning muhim drayveriga aylanganini ko‘rsatadi.

    2025-yilda “startap” so‘zining ishlatilishi keskin ortdi. Bu holat davlat tomonidan innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot va yoshlar tashabbuslariga strategik yo‘nalish sifatida katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘nggi yillarda “infratuzilma” va “sharoit” kabi atamalar ham ko‘proq tilga olingan. Bu biznes muhitini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratishning doimiy vazifa ekanini anglatadi.

    So‘nggi to‘rt yillik tahlil davlat rahbarining chiqishlaridagi asosiy e’tibor bosqichma-bosqich soliq va kredit siyosati masalalaridan xizmat ko‘rsatish sohasi, startaplar hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalariga o‘ta boshlaganini ko‘rsatdi. 

    2022—2025-yillarda eng ko‘p ishlatilgan so‘zlarning qiyosiy tahlili

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 

    So‘zlarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti prezident eng katta e’tiborni huquqiy muhit va investitsiyaviy iqlim masalalariga (21 foiz), shuningdek, startaplarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashga (17 foiz) qaratganini ko‘rsatdi.

    21 avgust, 15:58   Izoh (0)   524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuzdagi qora nuqtalardan qutulishning 5 ishonchli usuli

    Go‘zallik | 21 avgust, 17:50

    Hindiston yadroviy qurol tashishga qodir raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

    Dunyo | 21 avgust, 17:30

    O‘zbekistonda Cobalt avtomobili ishlab chiqarish kamaydi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 17:26

    Toshkentda noqonuniy qurilish sabab yer cho‘kishi sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 17:15

    Hindistonda onlayn pulli o‘yinlar taqiqlanadi

    Dunyo | 21 avgust, 17:05

    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

    Reklama | 21 avgust, 15:51

    44 yoshli braziliyalik darvozabon tarixdagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi

    Sport | 21 avgust, 17:00

    Nima uchun biroz mizg‘ib olgach odam o‘zini yomon his qiladi?

    Maslahatlar | 21 avgust, 16:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.