O‘zbekiston shimoliga 8-sentabr kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelib, 9-sentabrda salqin havo massasi mamlakatning barcha hududini qamrab olgandi. “O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, 10-sentabr, juma kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelishi davom etadi.
Shu kuni kunduzi harorat 24-27 darajagacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari 12-15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va yakshanba kuni harorat 27-30 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)